1-мавзу: «Мещнат социологияси» фанининг ма=сади, вазифалари ва ижтимоий–и=тисодий фанлар билан узвий бо\ли=лиги



Download 1,23 Mb.
bet78/144
Sana05.01.2022
Hajmi1,23 Mb.
#320207
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144
Bog'liq
Sotsiologiya va madaniyatshunoslik (1)

Mehnat faoliyati-bu vaqt va makonda qat’iy qayd etilgan, ishlab chiqarish tashkilotiga birlashgan odamlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar va funktsiyalarning maqsadga muvofiq faoliyatida quyidagi maqsadlar qo’yiladi:

-moddiy ne’matlar, hayotni ta’minlash vositalarini yaratish;

-turli maqsadli ahamiyatga ega bo’lgan xizmatlar ko’rsatish;

-axborot va uning manbalarini to’plash, uzatish va h.k.



Mehnat muomalasi-bu ishlab chiqarish tashkilotidagi inson omilining ro’yobga chiqish yo’nalishi va jadalligini ko’rsatuvchi yakka tartibdagi va guruhiy xatti-harakatlardir. Mehnat muomalasi tuzilishini quyidagi tarzda tasavvur qilish mumkin:

-tsiklli ravishda takrorlanib turadigan, natijalari bo’yicha bir xil, standart maqom-rolli vaziyatlarni yoki holatni takror hosil qiluvchi harakatlar;

-marjinal (lotincha marginalis-chetda turuvchi) xatti-harakatlar; ular bir holatdan ikkinchi holatga o’tish fazalarida shakllanadi;

-muomala sxemalari va andozalari, tez-tez uchrab turadigan muomala namunalari;

-barqaror e’tiqodlar rejasiga o’tkazilgan ixcham ma’naviy sxemalarga asoslangan xatti-harakatlar;

-biror voqyea-hodisa ta’sirida amalga oshiriladigan harakatlar;

-kuchli hissiy holat bilan bog’liq xatti-harakatlar;

-ommaviy va guruhiy muomala andozalarini anglab va anglamasdan takrorlash;

-majbur qilish va ishontirishning turli shakllarini qo’llovchi sub’yektlar ta’siridagi xatti-harakatlar.

Mehnat muomalasini quyidagi asoslar bo’yicha tabaqalashtirish mumkin:

-predmetli-maqsadli yo’nalish bo’yicha;

-muayyan maqsadga erishishning makon-zamon istiqboli chuqurligi bo’yicha;

-mehnat muomalasi konteksti bo’yicha; ya’ni ishlab chiqarish muhitining nisbatan barqaror omillari, sub’yektlari va aloqa tizimlari majmui bo’yicha;

-mehnat muomalasi va uning ijtimoiy-madaniy namunalarining predmetli maqsadli yo’nalishiga qarab aniq natijalarga erishish usullari va vositalari bo’yicha;

-mehnat muomalasining tahlikasi strategiyasini ixchamlash, asoslash chuqurligi va tipi bo’yicha;

-Mehnat muomalasi turli omillar:

-xodimlarning ijtimoiy va kasbiy tavsiflari;

-keng ma’nodagi ish sharoitlari, shu jumladan, ishlab chiqarish va turmushdagi mehnat sharoitlari, mehnat haq to’la shva hokazolar;

-normalar va qadriyatlar;

-mehnat sabablari tizimi ta’sirida shakllanadi.

Mehnat muomalasi kishilarning shaxsiy va guruhiy qiziqishlari bilan yo’lga solinadi, hamda, ularning ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi.

Muomala turlarining xususiyatlari va tavsifi.

Muomala tadqiqotchi o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqib, tahlil va bayon qilish jarayonidir.

Funktsional muomala. Bu kasb faoliyatini amalga oishirishning muayyan shakli bo’lib, ish o’rni texnologiyasi bilan belgilanadi. Funktsional muomala murakkablik va ixtisoslashuv darajasidan qat’i nazar, har bir mehnat jarayoniga xosdir. Iqtisodiy muomala. Har qanday muomala natijaga, sarflangan inson resurslarining miqdori va sifatiga asoslanadi. SHaxs ishlab chiqarish jarayonida o’zining kasbiy qobiliyatlarini qo’llab, xarajatlar va ularning o’rnini to’ldirishning optimal balansiga amal qiladi. Aks holda, agar kompensatsiya (tovar, pul natura shaklida ijtimoiy, iqtisodiy) bo’lmasa, faoliyatga qiziqish so’na boshlaydi. Iqtisodiy muomalaning quyidagi turlarini ifodalash mumkin:

-«eng ko’p mehnat sarflab eng ko’p daromad olish»;

-«eng kam mehnat sarflash evaziga kafolatlangan daromad olish».

-«eng kam mehnat sarflash evaziga eng kam daromad olish».

Iqtisodiy muomala bir qancha omillar:

-texnikaviy omil (yangi texnika va texnologiyadan foydalanish);

-tashkiliy omil (ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishni yaxshilash);

-ijtimoiy –iqtisodiy omil (mehnat sharoiti, mazmuni, uni normalash va haq to’lash);

-ijtimoiy-psixologik omil (jamoadagi axloqIy-psixologik iqlim, mehnatdan qoniqish hosil qilish);

-shaxsiy omil (xodimning ta’limiy va madaniy darajasi);

-ijtimoiy-siyosiy omil (yollanma ishchilarning birdamligi, kasaba uyushmalari va hokazo) ta’sir ko’rsatadi.

Xodimning iqtisodiy muomalasiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim omil uning mulkchilik shakliga munosabatidir.




Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish