Biopreporatlar ishlab chiqarish.
33.Hayvonlar o’laksalarini zararsizlantirish va utilizatsiya qilish bo’yicha utilizatsiya qurilmalaridagi ishlarda doimiy va bevosita band bo’lgan xodimlar 5 soat
34.Utilizatsiya korxonalarida hayvonlar o’laksalarini va konfiskatlarni zararsizlantirish va utilizatsiya qilishda doimiy va bevosita band bo’lgan xodimlar.
Murdalar va murda materiallari bilan bog’liq ishlarda band bo’lgan xodimlar.
35.Vrach (shu jumladan, bo’lim, labaratoriyaga rahbar vrach), o’rta va kichik tibbiy xodim, ishlab chiqarish xonalari farroshi. 5 soat
36.Ilmiy-tadqiqot institutlarining prozektor va murdaxonalarda ishlovchi xodimlari 5 soat
Sud-tibbiyot ekspertizasi byurosi.
37.Sud-tibbiyot eksperti (shu jumladan, bo’lim, bo’linma rahbari), murdalar va murda materiallari bilan ishlash chog’ida. 5 soat
38.O’rta va kichik tibbiy xodim, murdalar va murda materiallari bilan ishlash chog’ida. 5 soat
Sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot va ta’lim muassasalari tibbiy xodimlarining umumiy kasblari.
39.Laboratoriyalar, bo’linmalar va bo’limlarning murda qonini va murda to’qimalarini tayyorlash va konservatsiyalashda band bo’lgan xodimlari. 5 soat
Gamma-nurlantirish manbalari sifatida radioaktiv moddalarni qo’llash.
40.Gamma-terapiyada va eksperimental gamma-nurlantirishda bevosita band bo’lgan xodimlar:
a)bemorlarga radioaktiv preparatlar qo’yilgan holda xizmat ko’rsatish va uning palatalarida 5 soat
b)gamma-qurilmalar bilan ishlashda 5 soat
v)radiomanipulyatsiya kabinetlarida va labaratoriyalarida gamma-preparatlar bilan ishlashda 4 soat
Rentgenli nurlanish
41.Rentgen spektral, rentgen tuzilmali tahlil, sanoat rentgenografiyasi qurilmalarida va rentgen panjaralari rastrlarini nazorat qilishda bevosita band bo’lgan xodimlar. 5 soat
42.Rentget diagnostikasida, flyuorografiyada, vizual nazoratli rotatsion rentgen terapiyasi qurilmasida bevosita band bo’lgan xodimlar. 4 soat
Rentgenli nurlanish, ultrabinafsha nurlanish, elektr magnit maydoni.
43.Elektr-hisoblash mashinalaridagi video terminallardagi va elektron-hisoblash tizimlaridagi ishlarda bevosita band bo’lgan xodimlar. 4 soat
Xususan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1997 yil 11 martda qabul qilingan 133-son qarori 8-ilovasining 4,3-bandiga binoan, elektron-hisoblash mashinalari, videoterminalar va elektron hisoblash tizimlarida bevosita band bo’lgan xodimlar ish vaqtining muddati to’rt soatdan oshishi mumkin emas. «Bevosita band bo’lgan» deb yuritiluvchilarga, masalan, kompyuterda matnlarni terish yoki muayyan tartibda joylashtirish, dasturlar tuzish, kompyuter grafikasini bajarish vash u singari ishlar bilan band xodimlar kiradi.
To’liqsiz ish vaqti. To’liqsiz i shvaqti to’liqsiz ish kuni yoki to’liqsiz ish haftasini qamrab oladi. Ish vaqti to’liqsiz deb sanalishi uchun uning muddati aniq qancha soatga kamaytirilishi qonun hujjatlarida belgilab berilmagan. Binobarin, ish vaqtining muddati teng yarmiga, uch, ikki soatga yoki bundan ham kamroq muddatga, umuman, qanchaga kamayishidan qat’i nazar barcha hollarda to’liqsiz ish vaqti, deb hisoblanadi. Shunday qilib to’liqsiz ish vaqti-normal yoki qisqartirilgan ish vaqtining bir qismi bo’lib, uning muddati xodim bilan ish beuvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
To’liqsiz ish vaqti bilan qisqartirilgan ish vaqtining mushtarak jihati ishning davom etish muhlati bo’lib, har ikkala holda ham bu muhlat ish vaqtining qonun hujjatlarida belgilangan normal muddatidan kam bo’ladi.
Shu bilan birga, to’liqsiz ish vaqti qisqartirilgan ish vaqtidan anchalik farq qiladi, ularni amaliyotda to’g’ri qo’llash uchun bu farqlarni, albatta, bilib qo’llash kerak. Birinchi farqi ularni belgilash tartibining o’zida ko’rinadi. Chunonchi, ayrimtoifadagi xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan muddatini belgilash bevosita qonun hujjatlarida nazarda tutilgan. Ish beruvchi uni, hatto, ish vaqtining normal muddati doirasida uzaytirishga, shu jumladan, xodimning roziligi bo’lgan taqdirda ham uzaytirishga haqli emas.
To’liqsiz ish vaqti xususiga kelganda shuni aytish kerakki, yuqorida sanab o’tildan tartibdan farqli ravishda qonunda faqat bir narsa, ya’ni uni belgilash haqida xodim bilan ish beruvchi o’rtasida kelshuv tuzilishi mumkin ekanligi ko’rsatilgan, xolos. Oyni shu sababli, to’liqsiz ish vaqtini belgilashga mehnat shartnomasining qo’shimcha shartlaridan biri, deb qaraladi. To’liqsiz ish vaqtining qisqartirilgan ish vaqtidan yana bir farqi-ularga haq to’lash boshqa-boshqa amalga oshirilishidadir. Masalan, olti kunlik ish haftasi asosida faoliyat olib borayotgan korxonada ikkita xodimga 36 soatlik ish haftasi muddati belgilangan deylik. Lekin, ulardan biri voyaga yetmagan, ya’ni yoshi o’n olti bilan o’n sakkiz orasida. Shu bois, kata yoshli xodim ish vaqtining bu muddati to’liqsiz ish vaqti sanaladi va unga ishlab berilgan vaqtiga mutanosib ravishda haq to’lanishi kerak. O’spirin uchun esa 36 soatlik qisqartirilgan ish haftasi ish vaqtining normasi bo’lib, unga haq ish vaqtining normal muddatida tegishli lavozim (vazifa) bo’yicha ishlayotganlarga to’lanadigan miqdorda to’lanishi lozim.
Xullas, umumiy tartibning mohiyati shundan iboratki, to’liqsiz ish vaqti, asosan, mehnat sharotnomasi taraflarining kelishuvga binoan belgilanishi mumkin.
Qonun hujjatlarida xodimga uning iltimosiga ko’ra, ish beruvchi to’liqsiz ish vaqtini joriy etishni rad qilish haqli ravishda bo’lmagan va joriy etishi shart bo’lgan bir necha hollar nazarda tutiladi. Xususan, mehnat kodeksining 229-moddasida ish beruvchi zimmasiga shunday majburiyat yuklatilgan, unga ko’ra, homilador ayollarning yoki o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollarning iltimosiga ko’ra, ularga to’liqsiz ish vaqti joriy etilishi shart. Binobarin, ish beruvchi ona g’amxo’rligidan bebahra qolgan bolalarni tarbiyalayotgan ularning o’z otasi yoki boshqa qarindoshlarining, shuningdek, o’z vasiyligi va homiyligida voyaga yetmagan bolalar bo’lgan vasiylar va homiylarning to’liqsiz ish vaqti belgilash xususidagi iltimosini ham qanoatlantirishi zarur. Mehnat Kodeksining 229-moddasida ko’rsatilishicha, tegishli tibbiy xulosa bo’lgan taqdirda oilaning betob a’zosini parvarish qilish bilan band bo’lgan shaxsga ish beruvchi to’liqsiz ish vaqti belgilashga majbur. Shu Kodeks 220-moddasining ikkinchi qismi talablariga binoan, TMEKning ishlayotgan nogironlarga to’liqsiz ish vaqti joriy etish haqidagi tavsiyalarini bajarish ish beruvchi uchun majburiydir.
Mehnat Kodeksining 119-moddasining uchinchi qismiga binoan, to’liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlayotgan xodimlar mehnatiga mansab maoshi hisobidan kelib chiqib ishlangan vaqtga mutanosib ravishda, mehnat haqi ishbay asosida bo’lganda esa, ishlab chiqarilgan mahsulotga qarab haq to’lanadi.
To’liqsiz ish vaqti shartlari asosida ishlaydiganlarga boshqa xodimlarga bo’lganidek ish haqiga shaxsiy ustamalar va Rag’batlantirish yo’sinidagi boshqa pul to’lovlari belgilanishi mumkin.
Ish vaqti rejimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |