Kasanachi shaxslar tomonidan ish vaqtidan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari. Ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ish bajarishni o’zining yashash joyida yoki o’z hohishiga ko’ra boshqa tura rjoy binolarida (ammo, ish beruvchining ishlab chiqarish joylarida emas), ish beruvchining ko’rsatmalari, topshiriqlariga binoan va kim berishdan qat’i nazar uskunalar, asboblar, materiallar va boshqa istifoda etiladigan resurslardan foydalangan holda tovarlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish maqsadida amalga oshiriluvchi jismoniy shaxs kasanachi sanaladi. Kasanachilarning mehnati O’zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligi tomonidan 1998 yil 5 avgustda tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 28 avgustda 487-raqam bilan ro’yxatga olingan «O’zbekiston Respublikasida kasanachilik mehnatini tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizom» bilan boshqarib boriladi. Kasanachilarning ish vaqti ish jadvallari yoki ichki mehnat tartibi qoidalari bilan qat’iy ravishda boshqarib turilishi mumkin emas, negaki kasanachilar o’z ish vaqtlarini o’zlari taqsimlaydilar. Binobarin, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish va bayram kunlaridagi ishlarga taalluqli masalalarni tartibga solish Mehnat Kodeksining bunday ishlar uchun oshirilgan miqdorda haq to’lashga oid normalari ularga tatbiq etilmaydi. Kasanachi bilan tuziladigan mehnat shartnomasida umumiy masalalar bilan bir qatorda quyidagilar aniq belgilab qo’yilishi zarur:-ish beruvchi uni qachon va qancha miqdorda xom ashe bilan ta’minlaydi, kasanachi esa tayyor mahsulotni qachon va qancha miqdorda topshiradi;-bu boradagi majburiyatlar bajarilmaganligi uchun o’zaro javobgarlik (shu jumladan, xom ashyo yo’qligi, ishlar hajmini ta’minlamaganlik uchun bekor turib qolgan vaqtga haq to’lash va shu kabilar);-mahsulot tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarni qoplash tartibi; ish haqi va boshqa pul mukofotlari to’lash shartlari va tartibi, shuningdek, boshqa masalalar. Kasanachilik qilayotgan xodimning aybi bilan mahsulot vaqtida tayyorlanmaganligi yoki sifatsiz tayyorlanganligi xodimni belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortishga, shu jumladan, mehnat shartnomasini bekor qilishga, shuningdek, umumiy asoslardagi moddiy javobgarlikka asos bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Normal mehnat sharoitlaridan chetlashganda ish vaqtin
ihuquqiy jihatdan tartibga solish.
Tungi vaqtdagi ish. Mehnat Kodeksi 122-moddasining birinchi qismiga binoan, soat 22.00 dan to soat 6.00 gacha bo’lgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi. Tungi vaqtdagi ishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, tungi vaqtda ish smenasi u yoki toifadagi xodimlar uchun belgilab qo’yilgan i shvaqti muddatiga nisbatan kamida bir soatga qisqartiriladi. Mehnat Kodeksi uchinchi qismida tungi ish muddatini kunduzgi ish muddatiga tenglashtirish mumkin bo’ladigan faqat ikki holat keltirilgan xolos: xususan, bunday qilishga ishlab chiqarish uzluksiz bo’lgan joylarda, hamda, bir kun dam olinadigan olti kunlik ish haftasi sharoitida mehnat smenasi bo’lib ishlayotgan joylarda yo’l qo’yiladi.
Tungi paytda ish vaqtidan foydalanishning boshqa bir o’ziga xos xususiyati ayrim toifadagi xodimlarni tungi vaqtdagi ishga jalb etish cheklanishida o’z aksini topgandir. Mehnat Kodeksining 228-moddasiga binoan, homilador ayollarni, hamda, o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni tungi vaqtdagi ishlarga faqatgina ularning roziligi bilan jalb qilish muumkin. Boz ustiga bunday rozilik bo’lgan taqdirda ham, homilador ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar tungi vaqtdagi ishlarga bunday ish ona va bolaning sog’ligi uchun xavf tug’dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo’lgan taqdirdagina qo’yilishi mumkin. Mehnat ayollar va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollar tungi vaqtdagi ishlarga bunday ish ona va bolaning sog’lig’i uchun xavf tug’dirmasligini tasdiqlovchi qo’shilishi mumkin. Mehnat Kodeksining 220-moddasiga binoan, nogironlar tungi vaqtdagi ishlarga faqatgina ularning o’z roziligisiz bilan, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo’lsa, qo’yiladi. Qonun hujjatlarida o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlarni tungi vaqtdagi ishlarga jalb etishni beistisno taqiqlaydi.
Va nihoyat, o’ziga xos, yana bir xususiyat shunda ko’rinadiki, tungi vaqtdagi ishga oshirilgan miqdorda haq to’lanadi. Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun, tungi mehnat xalq xo’jaligining qaysi tarmog’i korxonalarida foydalanilganidan qat’i nazar, kamida bir yarim baravar miqdorda haq to’lash nazarda tutilishi kerak.
Dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlardagi ish. Korxonada xodimlarni dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish tartibini belgilashda (tayin etishda) qonun hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan cheklashlarga qat’iy rioya etish kerak. Jumladan, Mehnat Kodeksi 220-moddasining beshinchi qismmiga binoan, nogironlarni dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etishga ularning roziligi bilangina, basharti ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlanmagan bo’lsa, yo’l qo’yiladi. Mazkur Kodeksning 228-moddasiga binoan, homilador ayollarni va o’n to’rt yoshga to’lmagan bolasi (o’n olti yoshga to’lmagan nogiron bolasi bor) bor ayollarni ham ish beruvchi dam olish kunlaridagi ishlarga faqatgina ularning roziligi bilangina jalb etishga haqlidir. Qolaversa, o’n sakkiz yoshga to’lmagan xodimlar, shu Kodeksning 245-moddasiga binoan, har qanday holatda ham dam olish kunlaridagi ishlarga qo’yilmaydi. Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, Mehnat Kodeksi 132-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sanab o’tilgan cheklashlarning hammasi tegishli toifadagi xodimlarni bayram (ishlanmaydigan) kunlaridagi ishlarga jalb etishga ham tatbiq qilinadi.
Ish vaqtidan tashqarii bajarilgan ish. Xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatidan tashqari ishlash ish vaqtidan tashqari ish, deb hisoblanadi. Shuni unutmaslik kerakki, mehnat shartnomasida ilgari, ya’ni nogironlik belgilangunga qadar ish vaqtining normal muddati shartlashilganiga qaramay I va II guruh nogironlari uchun qonun hujjatlarida belgilangandan (haftasiga 36 soatdan) ortiqcha ishlangan vaqt i shvaqtidan tashqarii bajarilgan ish hisoblanadi, hamda, Mehnat Kodeksining 157-moddasiga binoan, kamida ikki hissa miqdorda haq to’lanishi kerak.
Quyidagilarni, hatto, o’zlari rozilik bergan taqdirda ham ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish taqiqlanadi:
-o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslar
(Mehnat Kodeksining 245-moddasi);
-I va II guruh nogironlari, agar ular uchun bunday ishlar tibbiy tavsiyalarda taqiqlangan bo’lsa (Mehnat Kodeksining 220 moddasi);
-ish smenasining muddati o’n ikki soat qilib belgilangan xodimlar (Mehnat Kodeksi 124-moddasining uchinchi qismi);
-mehnat sharoiti o’ta og’ir va o’ta zararli ishlarni bajaruvchi xodimlar (Mehnat Kodeksi 124-moddasining uchinchi qismi);
-ish vaqtidan tashqari bajariladigan ishlarning muddati qonunda belgilab qo’yilgan chegaradan ortiqcha bo’lgan beistisno barcha xodimlar.
Umumiy qoidaga ko’ra, ish vaqtidan tashqari ishning muddati har bir xodim uchun surunkasiga ikki kun davomida to’rt soatdan ortiq bo’lmasligi lozim, ya’ni agar xodim birinchi kuni ish vaqtidan tashqari to’rt soat ishlagan bo’lsa, ertasi kuni, hatto, o’z roziligi bo’lgan taqdirda ham uni bunday ishga jalb etishga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Demak, agar birinchi kuni ish vaqtidan tashqari ishning muddati uch soatni tashkil etgan bo’lsa, ertasi kuni mazkur xodim Mehnat Kodeksining 125-moddasiga binoan, ish vaqtidan tashqari ishga ko’pi bilan faqat bir soatga qo’shilishi mumkin.
Mehnat sharoiti og’ir va zararli ishlarni bajarishda umumiy qoidadan farqli ravishda ish vaqtida tashqari ishlarning chegara normasi ikki baravar kam bo’ladi, aniqroq qilib aytganda, xodim surunkasiga ikki kun davomida ish vaqtidan tashqari paytda bunday ishni bajarishga ko’pi bilan ikki soatga qo’yilishi mumkin.
Aytaylik, agar xodim mehnat sharoiti og’ir va zararli ishda birinchi kuni ish vaqtidan tashqari ikki soat ishlagan bo’lsa, ertasi kuni ui bunday ishga jalb etishga yo’l qo’yilmaydi.
Bundan tashqari, Mehnat Kodeksining 125-moddasida ish vaqtidan tashqari ishning yillik normasi chegarasi ham belgilab qo’yilgan. Bunday ishning muddati har qanday hollarda ham yiliga bir yuz yigirma soatdan ortiq bo’lmasligi shart.
Mehnat Kodeksi 157-moddasining birinchi qismiga bioan, ish vaqtidan tashqari ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida, bordi-yu, xodimning iltimosiga ko’ra, boshqa dam olish kuni berish bilan kompensatsiya qilinadigan bo’lsa, kamida bir hissa miqdorida haq to’lanadi. Jumladan, bir qancha korxonalarning jamoa shartnomalarida oldindan nazarda tutilgan asoslarga ko’ra, aytaylik, smenadosh ishga kelmay qolganligi sababli, avariyalar bilan bog’liq shoshilinch ishlarni amalga oshirishda va boshqa ba’zi hollarda ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun ikki hissadan ham ko’proq miqdorda haq to’lash nazarda tutiladi.
Eslatib o’tish o’rinliki, ilgarigi Mehnat qonunlari kodeksi homilador ayollarni va uch yoshga to’lmagan bolasi bor ayollarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etishni taqiqlardi. Endilikda Mehnat Kodeksi ish vaqtidan tashqari roziligi bilan yo’l qo’yadi, demak ilgarigi cheklash o’z ahamiyatini yo’qotdi.
Navbatchilik. Barcha navbatchiliklarni bir necha guruhga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |