Bolalar javobi: Ha
Muslima: Opa men ham she’r aytsam maylimi?
Tarbiyachi: Marhamat
1. Muslima:
Dehqon bobom yarim yil
Qildi meni parvarish,
Olti oy ertayu kech
Sira tugamaydi ish.
2-bola:
Shuncha mehnat uchun
Unga eng zo’r mukofot
Yerning farzandi degan
Mo’tabar muqaddas zot
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar juda ko’p she’r yod olibsizlar rahmat. Yana kim biladi?
3-Bola:
Oppoqina oshnang- men
Yumshoqqina oshnang - men
Egningdagi shu nimcha
Bari menman bilib ol
Paypoqlaring ham o’zim
Aytsam tugamas so’zim
Tarbiyachi: Judayam yaxshi, she’rlarni baingiz juda yaxshi aytib berdinglar, endi topishmoq aytaman topa olasizlarmikin.
Topishmoqlar:
1. Oq gulim oppoq gulim,
Ushlab ko’rsam yumshoq gulim.
Terib xirmon qilgan edim,
Bo’lib ketti «Oq tog’» gulim.
Do'stlaringiz bilan baham: |