Go’zaloy: - Ustoz mening dadamlar ham o’z bog’larida turli xil uzum navlarini yetishtiradilar.
Tarbiyachi: -Barakalla Go’zaloy, Kamoliddin ota, Olimjon ota kabi bog’bonlarimizni faqat Uzumzor ko’chasi emas, balki Andijonda ham juda yaxshi taniydilar. Aziz bolajonlar, biz o’z ko’chamiz bilan qanchalik faxrlansek arziydi.
Bolajonlar: -Vatan so’zining ma’nosini bilasizlarmi
Javoxir: - Men onajon Vatan arabcha so’z bo’lib, tug’ilgan joy degan ma’noni bildiradi.
Tarbiyachi: Kim Vatan haqida she’r aytib beradi.
Muhammadaziz:
Vatanim onamdek, munis makonim
Andozam olingan payvandi jonim
Ona tilim, ota tarixim shonim
Vatanim - g’ururim sha’nim, iymonim
Kelajagi buyuk hur O’zbekistonim!
Shu payt eshik ochilib guruhga sexrgar momo kirib keladi.
Tarbiyachi: - Assalomu alaykum buvijon hush kelibsiz
Sexrgar momo: Va alaykum assalom xushvaqt bo’linglar. Sizlarning suhbatingizni eshitib, bu bilimdon bolalar yana nimalarni bilar ekan deya kelaverdim.
Tarbiyachi: -Juda soz, qani davramiz to’riga marhamat qiling buvijon. Biz sizga go’zal va navqiron viloyatimiz Andijon haqida gapirib beramiz.
Qani Nigoraxon Andijon haqida she’r aytib bering.
Nigoraxon:
- Tuprog’ingda unib, kaftingda o’sdim
Oftobim erkalab taftingda o’sdim
Ildizin joningga, qoningga tutash.
Sening shon shavkating shaxdingda o’sdim
Otamga o’xshaysan jonim Andijon
Onamga o’xshaysan jonim Andijon
Tarbiyachi: Barakalla Nigoraxon
Aziz bolajonlar tobora gullab yashnayotgan go’zal Andijonimizga hech qachon ko’z tegmasin. Buyuk sarkarda, shoh va shoir bobomiz bir umr ko’rmoq ilinjida yashagan Boburning yurtidir bu. Bu zaminda buyuk, insonlar, olimlar-u, hofizlar, shoirlar, qo’yingki buyuk Vatanimizni dunyoga bo’y cho’zilishiga hissa qo’shgan olim-u fuzalolar yetishib chiqqan viloyat hisoblanadi. Biz ularning davomchisi sifatida ularning boy madaniyati, san’at va ular qoldirib ketgan ma’naviy boyliklarini avaylab asrashimiz kerak.
Muhtaram Prezidentimiz 2018-yil 19-20 may kunlari viloyatimizga qilgan tashrifi davomida ular Andijon haqida shunday fikrlarini bildirgan edilar.
- Andijonning o’zini o’rni bor, bizning davlatimizda Andijonning o’zini yo’nalishi bir, bizning davlatimizda. Mening eng katta maqsadim Andijon har safargidek yuqori va birinchi o’rinlarda bo’lishi kerak , hamma soha bo’yicha.
- Andijonliklar bunga javoban o’z mehnati, bilimi salohiyati, intilishi bilan «labbay» deb javob beradilar.
Sexrgar momo: - Barakalla qizim, bu suhbatdan so’ng mening sizlarga yana havasim ortdi. Viloyatingizda bundanda yuksaklarga ko’tarilishiga ishonaman.
Tarbiyachi: - Onamdek ardoqli, azizsan Vatan
Sen menga qadrdon tug’ilgan makon
Men seni avaylab asrayman har chog’
Vijdonimdek toza, tushirmasman dog’
Bolalar charchab qolmadinglarmi. Bo’lmasam biz sizlar bilan jismoniy daqiqa qilib olamiz.
Tarbiyachi:
Oyog’imiz taq-taq-taq
Qo’limiz chapak-chapak
Boshimiz sarak-sarak
Qo’limizni ko’tardik
Sekin yonga uzatdik
Endi ehtiyot bo’lib
Joyimizda aylandik
Qo’lni pastka tushurdik
Doira bo’ylab yugurdik
Joyimizga o’tirdik
Bolajonlar, mana charchoqlarimizni ham oldik. Qani endi suhbatimizni yana davom ettirsak. Kim menga Vatan mavzusida maqollar aytib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |