Qo’shma korxona O’zbekiston hamda xorij korxonalari hissalari asosida tashkil topadi. Qo’shma korxonaning ustav kapitaliga hissa tariqasida tabiat resurslaridan, intellektual mulkdan foydalanish huquqi, nou-xau, moddiy va pul vositalari, shu jumladan, chet el valyutasi berilishi mumkin.
Ustav kapitalini buxgalteriyada hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
8310-«Oddiy aksiyalar»
8320-«Imtig’zli aksiyalar»
8330-«Pay va qo’yilmalar».
Ushbu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi hamda davlat korxonalari ustav fondining, aksionerlik jamiyatlar va shirkatlar ustav kapitalining shakllanishi va uning harakatini hisobga oladi.
Aksiyadorlik sarmoyasi ro’yxatga olingan hajmda, biroq hali tugallanmagan emissiya sifatida hisobda aks ettirilar ekan, e’lon qilingan (chiqarilishga ruxsat etilgan), joylashtirilgan (ularga aksiyadorlar obunasi amalga oshirilgan) hamda muomaladagi, ustavga muvofiq qo’shimcha joylashtirilgan oddiy aksiyalarning analitik hisobini yuritish lozim.
Misol. «Bobur» AJ ustavida 100 so’mlik nominal qiymatga ega bo’lgan 20000 dona oddiy aksiyalar chiqarishga ruxsat etilgan.
E’lon qilingan aksiyadorlik kapitaliga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari»-2000000 so’m
K-t 8310-«Oddiy aksiyalar»-2000000 so’m.
Keyin AJ nominal qiymati bo’yicha AJ a’zolariga 10000 dona aksiya sotadi, deb faraz qilaylik:
D-t 5110, 5010-«Pul mablaG’lari»-1000000 so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari»-1000000 so’m.
Ma’lum vaqt o’tgach, AJ qolgan 10000 dona aksiyani har bir aksiya uchun 120 so’m evaziga boshqa investorga sotadi. Aksiyalarning sotish va nominal qiymatlari orasidagi farq-20 so’mni tashkil etadi va bu farq 8410-«Emission daromad» hisobvaraG’ida aks ettiriladi:
D-t 5110, 5010-«Pul mablaG’lari»-1200000 so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari»-1000000 so’m
K-t 8410-«Emission daromad»-200000 so’m.
Aksiyalarga to’lovlar aktivlarni berish yo’li bilan ham uzilishi mumkin.
Misol. Тa’sischi aksiya qiymati evaziga avval foydalanishda bo’lgan transport vositasini ustav kapitaliga hissa tariqasida kiritdi. Ushbu transport vositasi avval xizmat qilganligi tufayli uning bozor bahosini aniqlash qiyin bo’ldi. Тa’sischilar o’zaro kelishib, aksiyadorga ushbu transport vositasi uchun 1000 ta oddiy aksiya berishdi, aksiyalarning nominal qiymati 200 so’m, bozor qiymati 250 so’m.
Mazkur holatda AJ hisobidagi transport vositasining qiymati - 250000 so’m (250*1000) bo’ladi.
AJ mol-mulkidagi aksiyador ulushi - 200*1000=200000 so’m, aksiyalarning bozor va nominal qiymatlari orasidagi 50000 (250000-200000) so’mlik farq emission daromadni tashkil qiladi. Ushbu muomalalarga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0160-«Тransport vositalari»-250000 so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha muassislar qarzlari»-200000 so’m
K-t 8410-«Emission daromad»-50000 so’m.
Aksiyalar nominal qiymatini oshirish g’ki qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan AJ ustav kapitalini oshirish, aksiyalar nominal qiymatini kamaytirish g’ki ularning umumiy sonini qisqartirish, shu jumladan, aksiyalarning ma’lum qismini so’ndirish yo’li bilan jamiyatning o’zi sotib olishi orqali ustav kapitalini qisqartirish amalga oshiriladi.
8610-hisobvaraqda sotib olingan xususiy aksiyalar ustav kapitali hisobvaraG’iga nisbatan kontrpassiv hisoblanadi va u AJning kapitalini kamaytiradi va shu sababli balansda ustav sarmoyasidan chegiriladi. AJ quyidagi sabablarga ko’ra o’z aksiyalarini qayta sotib olishi mumkin:
har bir qolgan aksiyaga dividendlarni oshirish uchun;
o’z xodimlari orasida aksiyalarni tarqatish g’ki qolgan aksiyalar nominal qiymatini oshirish uchun;
boshqa firmalar tomonidan nazorat o’rnatish uchun aksiyalarning sotib olinishini bartaraf etish maqsadida.
Хususiy aksiyalar sotib olinganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schЄti».
Aksiyadorlar qaroriga ko’ra ustav kapitali hajmini sotib olingan aksiyalar nominal qiymati summasiga ularni yo’q qilish yo’li bilan kamaytirish mumkin:
D-t 8310-«Oddiy aksiyalar»
K-t 8610-«Sotib olingan xususiy oddiy aksiyalar».
Davlat korxonalarining ustav fondining hajmi uning xo’jalik faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilangan mol-mulk summasiga mos keladi. Mazkur miqdor ta’sis hujjatlarida qayd qilingan miqdorga muvofiq bo’lishi lozim.
Davlat korxonasi ustav fondini shakllantirish bo’yicha provodka quyidagicha bo’ladi:
D-t 0110-0190-«Asosiy vositalar»
D-t 1010-«Хom-ashg’ va materiallar»
D-t 5010, 5110-«Pul mablaG’lari»
K-t 8330-«Paylar va ulushlar».
Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MChJ) ustav kapitaliga qo’yilmalar ustav kapitalidagi ishtirokchilarning ulushini tashkil qiladi.
Misol. «Bobur» MChJni tashkil qilish paytida 500000 so’m miqdorida ustav kapitali ro’yxatga olingan. Karimov A. va Jo’rayev B. MChJning muassislari hisoblanishadi. MChJning ustav kapitalida Karimov A.ning ulushi 60%ni, Jo’rayev B.ning ulushi 40%ni tashkil qiladi.
Hujjatlar ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan keyin bu muomala hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha Karimovning qarzi»-300000 so’m
K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Karimov qo’yilmasi-300000 so’m
hamda
D-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha Jo’rayevning qarzi»-200000 so’m
K-t 8330-«Paylar va ulushlar» Jo’rayev qo’yilmasi-200000 so’m.
Har bir ishtirokchi (muassis) MChJga ta’sis shartnomasiga muvofiq biron-bir aktivni kiritadi. Ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha buxgalteriya g’zuvlari yakka egalikdagi g’zuvlarga aynan o’xshash bo’ladi, muassislar bo’yicha tahliliy hisobgina zarur.
Misol. Karimov o’z qo’yilmasini transport vositasi ko’rinishida (300000 so’m) kiritdi:
D-t 0160-«Тransport vositalari»-300000 so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha Karimovning qarzi»-300000 so’m.
Jo’rayev o’z qo’yilmasini xom-ashg’ ko’rinishida (200000 so’m) kiritdi:
D-t 0110-«Хom-ashg’ va materiallar»-200000 so’m
K-t 4610-«Ustav kapitaliga badallar bo’yicha Jo’rayevning qarzi»-200000 so’m.
Тa’sischilarning qaroriga muvofiq ustav kapitali miqdori oshishi mumkin. Ustav kapitalining oshirilishi ta’sischilarning qo’shimcha qo’yilmalari hisobiga g’ki taqsimlangan foydadan ajratma qilish hisobiga bo’lishi mumkin.
Ba’zi hollarda MChJga yangi muassis kelib qo’shlishi mumkin. Bu quyidagi yo’llar orqali yuzaga keladi:
ustav kapitali ulushini bitta g’ki bir necha sherikdan sotib olish yo’li bilan;
qo’shimcha sarmoya kiritish yo’li bilan.
Biroq har ikkala holatda ham yangi muassisning kelib qo’shilishi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan ma’qullanishi lozim.
Birinchi holatda sarmoya sotib olingan ulushi oldingi muassis sarmoyasi hisobvaraG’idan yangisinikiga o’tkaziladi.
Misol. Karimov o’zining 100000 so’mlik miqdordagi ulushini Ergashevga sotdi:
D-t 8330-«Ustav kapitali Karimov qo’yilmasi»-100000 so’m
K-t 8330-«Ustav kapitali Ergashev qo’yilmasi»-100000 so’m.
Ikkinchi holatda yangi muassis mavjud sarmoyaga qo’shimcha sifatida ustav kapitaliga o’z ulushini qo’shganda muassislar ulushlarining foiz nisbati o’zgaradi.
Misol. 500000 so’m miqdorida ro’yxatga olingan ustav kapitaliga ega bo’lgan va muassislari ulushi: Karimovniki-60%, Jo’rayevniki 40% bo’lgan «Bobur» MChJ yangi a’zo Hasanov B.ni jalb etish hisobiga o’z ustav kapitalini 600000 so’mgacha oshirishga qaror qildi. Mazkur holatda ulushlar nisbati o’zgaradi va quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi:
Karimov-50% (300000/600000);
Jo’rayev-33,3% (200000/600000);
Hasanov-16,7% (100000/600000).
MChJ ustav kapitali miqdorining ko’payishi taqsimlanmagan foyda hisobidan ham bo’lishi mumkin. Bu holatda quyidagicha g’zuv qilinadi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
K-t 8330-«Paylar va ulushlar».
MChJda muassis jamiyat tarkibidan chiqishga hamda o’z ulushini olishga qaror qilganda quyidagi provodkalar beriladi:
D-t 8330-«Paylar va ulushlar»
K-t 6620-«Chiqib ketag’tgan muassislardan ulushlari bo’yicha qarzlar».
Agar muassis chiqib ketag’tgan paytda MChJ ma’lum jamG’arilgan foydaga ega bo’lsa, u holda ta’sis hujjatlariga belgilangan nisbatga muvofiq muassislarning unga ham haqqi bor.
D-t 8720-«JamG’arilgan foyda»
K-t 6620-«Chiqib ketag’tgan muassislardan ulushlari bo’yicha qarzlar».
Muassis chiqib ketag’tganida olgan jamG’arilgan foyda summasidan olgan jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad soliG’ini to’lashi lozim.
Muassis ustav sarmoyasidan o’z ulushini olib chiqib ketag’tganida hech qanday chegirma va ajratmalarsiz ham olib chiqib ketishi mumkin.
Muassis chiqib ketag’tganida uning qarzining so’ndirilishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6620-«Chiqib ketag’tgan muassislardan ulushlari bo’yicha qarzlar»
K-t 5010, 5110-«Pul mablaG’lari».