1-Mavzu: Mеhnаtgа хаq to’lаsh bo’yicha ijtimоiy sug’urtа vа hisоbdоr shахslаr bilаn hisоb kitоblаr. Reja



Download 153,09 Kb.
bet43/57
Sana12.03.2022
Hajmi153,09 Kb.
#491761
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Bog'liq
buxgalteriya hisobi amaliyot

Хo’jalik muomalalarining mazmuni

Hisobvaraqlar korrespondensiyasi

debet

Kredit

1.

Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foydaning aks ettirilishi

9210

9310

2.

Boshqa aktivlarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishidan olingan foydaning aks ettirilishi

9220

9320

3.

Shartnoma shartlarini buzganligi uchun undirilgan boqimanda, jarima va burdsizliklarning aks ettirilishi

4860

9330

4.

Хaridorlarga oldingi yillarda jo’natilgan mahsulot bo’yicha qaytadan hisoblash natijasida hisobot yilida olingan foydaning aks ettirilishi

4010

9340

5.

Da’vo muddati o’tgan kreditorlik va deponentlik qarzlarini hisobdan chiqarishdan olingan foydaning aks ettirilishi

6910-6990
6720

9360

6.

Qaytarilmaydigan pul mablaG’larining kirim qilinishi

5110-
5120

9380

7.

Тovarlar va tayg’r mahsulotlar ortiqchaligining aniqlanishi

2810,
2910

9390

8.

Mulkiy suG’urta organlari tomonidan suG’urta to’lovlarining tushishi

6510

9390

9.

Hisobot davri oxirida asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarning yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi

9310,9320,
9330,9340,
9350,9360,
9370,9380,9390

9900

5. Davr xarajatlari hisobi
Davr xarajatlari tarkibiga korxona ishlab chiqarish jarag’ni bilan bevosita boG’liq bo’lmagan xarajatlar kiradi. Bular jumlasiga boshqaruv, tijorat bilan boG’liq xarajatlar, shuningdek umumxo’jalik xarajatlari, jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo’yicha xarajatlar ham kiradi. Bu xarajatlar korxona asosiy faoliyati va mahsulot sotish bilan boG’liq bo’lmaganligi, lekin ma’lum bir jarag’nlarni amalga oshirish bilan boG’liq bo’lganligi uchun ular operatsion xarajatlar, umumiy va ma’muriy xarajatlar deyiladi. Ular mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga boG’liq bo’lmagani, va aksincha, vaqt bilan, xo’jalik faoliyatining davomiyligi bilan boG’liq bo’lgani sababli ular davr xarajatlari deb yuritiladi.
Mahsulot sotish, ma’muriy xarajatlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar davr xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Hisobvaraqlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari»
9420-«Ma’muriy xarajatlar»
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar»
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari».
Nizomga binoan sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
- temir yo’l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport vositalari bekor turib qolganligi uchun to’langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan boG’liq mehnatga haq to’lash xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);
- ularning ijtimoiy suG’urta ajratmalari;
- savdo ehtig’jlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-tovoG’i va anjomlarining eskirishi;
- gaz, g’qilG’i, elektr energiyasi xarajatlari;
- tovarlarni saqlash, ularga ishlov berish va ularni sortlarga ajratish xarajatlari;
- savdo reklamasi xarajatlari;
- tashish, saqlash va sotish choG’ida tovarlarning norma doirasida va undan ortiqcha yo’qotilishi;
- o’rash-joylash materiallari xarajatlari;
- mol-mulkni majburiy suG’urta qilish xarajatlari;
- mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlari;
- ventilyatorlar, mashinalar va ularning harakatlanuvchi qismlarini o’rnatish va saqlash, tuynuklar, o’yiqlar va boshqalarning atrofini o’rash bo’yicha joriy (nomukammal tusdagi) xarajatlar;
- maxsus kiyim-bosh va poyafzalni yuvish va tuzatishga materiallar qiymati;
- umumiy ovqatlanish va savdo xodimlari tibbiy ko’rikdan o’tkazilganligi uchun tibbig’t muassasalariga haq to’lash;
- kassa xo’jaligini va tushum inkassatsiyasini yuritish chiqimlari;
- umumiy ovqatlanish korxonalarida qoG’oz salfetkalar, qoG’oz dasturxonlar, qoG’oz stakanlar va tarelkalar, bir marta foydalaniladigan anjomlar qiymati;
- sotish bozorlarini o’rganish bo’yicha belgilangan normativlar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar (marketingga, reklamaga sarflangan xarajatlar);
- ilgarigi ish joy bo’yicha lavozim oklad miqdorini saqlagan holda boshqa tashkilotlar, korxonalardan, shuningdek, vaqtinchalik o’rindoshlik bo’yicha xodimlarga to’lanadigan okladlardagi farq;
- sovun, apteka dori-darmon vositalarining qiymati;
- soliqlar (yer uchun, mulk uchun, avtotransport vositalari uchun);
- umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llarini saqlashga va ta’mirlashga ajratmalar;
- bank xizmatlariga to’lovlar.
Yuqorida keltirilgan xarajatlar 9410-«Sotish bo’yicha xarajatlar» hisobvaraG’ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisovaraq bo’lib, qaysi davr bo’lmasin uning oy boshida qoldiq summasi bo’lmaydi. Hisobvaraqning debet tomonida tovarlarni sotish bilan boG’liq bo’lgan xarajatlar ko’rsatilsa, kredit tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
9410-«Sotish bo’yicha xarajatlar» hisobvaraG’ining analitik hisobi 15-sonli qaydnomada xarajatlarning debet va kredit oboroti ko’rsatiladi. Debet oborotining jami summasi №1, 2, 7, 10/1-jurnal orderlarda aks ettirilsa, kredit bo’yicha oborot summalari esa №11-jurnal-orderida aks ettiriladi.
Korxonalar ishini olib borish, uyushtirish va boshqarish tegishli xarajatlarni talab qiladi. Har bir korxona bunday xarajatlarni qoplash uchun tegishli ajratmalar qiladi va bu ajratmalar 9420-«Ma’muriy (boshqaruv) xarajatlar» hisobvaraG’ida hisobga olinadi.
Unga quyidagi xarajatlar kiradi:
- boshqaruv xodimlariga tegishli bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari;
- boshqaruv xodimlariga tegishli ijtimoiy suG’urta ajratmalari;
- xizmat yengil avtotransporti va xizmat mikroavtobusini saqlash, g’llash va ijaraga olish xarajatlari;
- xo’jalik yurituvchi sub’ekt va uning tarkibiy bo’linmalarini tashkil etish va ularni boshqarish xarajatlari;
- boshqaruvning texnik vositalari, aloqa uzellari, signalizatsiya vositalari, hisoblash markazlarini va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan boshqaruvning boshqa texnik vositalarini saqlash hamda ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- ijara, xizmatlar ko’rsatilgani uchun aloqa uzellariga haq to’lash (AТS, uyali, yo’ldosh, peyjing aloqa);
- shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlari uchun belgilangan normativlar doirasida va ulardan ortiqcha haq to’lash;
- ma’muriy boshqaruv ehtig’jlari uchun binolar va xonalar ijarasi uchun haq to’lash;
- ma’muriy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy vositalarni saqlash va ularni tuzatish, shuningdek eskirish xarajatlari;
- yuqori tashkilotlar va yuridik shaxslar birlashmalar: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlarga va boshqa xarajatlarga ajratmalar;
- xodimlarni va ishlab chiqarish jarag’ni bilan boG’liq bo’lmagan mol-mulkni majburiy suG’urta qilish;
- boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish bo’yicha belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha xarajatlar;
- belgilangan normalar doirasida va undan ortiqcha miqdordagi vakillik xarajatlari;
- umumiy ovqatlanish korxonalari va boshqalarga binolarni tekin berish va kommunal xizmatlar qiymatiga haq to’lash xarajatlari;
- bevosita ishlab chiqarish jarag’niga tegishli bo’lmagan, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo’lgan jamG’armalarni saqlash va ulardan foydalanish bilan boG’liq joriy xarajatlar, shu jumladan yo’l qo’yiladigan normalar doirasida va ulardan ortiqcha ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga chiqarilganligi (tashlanganligi) uchun to’lovlar.
Boshqa operatsion xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- Yangi tashkil etilag’tgan xo’jalik yurituvchi sub’ektda ishlash uchun mutaxassislar tayg’rlash va ularni qayta tayg’rlash xarajatlari, normalar doirasida va ulardan ortiqcha mutaxassislar tayg’rlash hamda qayta tayg’rlash bundan mustasno.
- Loyiha va qurilish-montaj ishlarida chala ishlarni bartaraf etish xarajatlarini qoplash, shuningdek ob’ekt qoshidagi omborgacha transportda tashish choG’idagi shikastlanishlar va buzilishlar, korroziyaga qarshi himoya nuqsonlari tufayli kelib chiqqan taftish xarajatlari (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) va shunga o’xshash boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga mazkur xarajatlar chala ishlar, shikastlanish g’ki zarar ko’rish uchun javobgar bo’lgan yetkazib beruvchi g’ki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hisobiga undirilishi mumkin bo’lmagan darajada amalga oshiriladi.
- Maslahat va axborot xizmatlariga haq to’lash.
- Auditorlik xizmatlariga haq to’lash, shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektning qatnashchilaridan (mulkdorlardan) birining tashabbusi bo’yicha o’tkaziladigan auditorlik xizmatlariga haq to’lash.
- O’zining xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklarini asrashdan ko’rilgan zararlar.
- Salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarning ishlab chiqarish jarag’nida bevosita qatnashuvi bilan boG’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari.
- Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bilan boG’liq bo’lmagan ishlar (xizmatlar)ni (shahar va shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga g’rdam berish va boshqa xil ishlarni) bajarish xarajatlari.
- Kompensatsiya va raG’batlantirish tusidagi to’lovlar.
- O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga ko’ra kompensatsiya to’lovlari.
- Bir yo’la to’lanadigan mukofotlar va taqdirlashlar, shu jumladan xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zining qaroriga ko’ra ko’p yillik xizmati uchun haq to’lash (naturadagi to’lovlar ham shu jumlaga kiradi), shuningdek, ular bo’yicha ijtimoiy jamG’armalarga o’tkazilgan summalar.
- Qonun hujjatlariga g’ki xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’zining qaroriga muvofiq majburiy ishga kelmagan vaqti g’ki past haq to’lanadigan ishni bajarganlik uchun haq to’lash.
- Vaqtincha mehnat lag’qatini yo’qotgan taqdirda qonun hujjatlari bilan belgilangan, haqiqiy ish haqi miqdorigacha qo’shimcha haq.
- Asosiy ish joyi xo’jalik ishchilariga, xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishchi va mutaxassislariga ular ishdan ajragan holda malaka oshirish va mutaxassislarni qayta tayg’rlash tizimida o’qigan vaqtda ish haqi to’lash.
- Ikki va undan ko’p bolalari g’ki o’n olti g’shgacha nogiron bolasi bo’lgan ag’llarga qonunchilikka muvofiq qo’shimcha mehnat ta’tili haqini to’lash.
- Хodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa narsalarni bepul berish g’ki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
- Хodimlarning (ovqatlanishi, yo’l kirasi, davolanish va dam olishga, ekskursiya va sag’hatlarga yo’llanmalari, sport seksiyalarida, to’garaklarda, klublardagi mashG’ulotlari, madaniy-ko’ngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga qatnashishi, xodimlarning shaxsiy obunasi va iste’moli hamda boshqa shunga o’xshash to’lovlari) xarajatlarini qoplash.
- Ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar:
- Qonunchilikka muvofiq bolani ikki g’shga to’lgungacha parvarish qilish bo’yicha har oylik nafaqani to’lash bo’yicha xarajatlar.
- Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqag’tgan mehnat faxriylariga bir yo’la to’lanadigan nafaqalar.
- Amaldagi qonunchilikka muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan ularning qayta tashkil etilishi, xodimlar va shtatlar sonining qisqarishi munosabati bilan bo’shab qoladigan xodimlarga to’lovlar.
- Хodimlarga to’lanadigan moddiy g’rdam.
- SoG’liqni saqlash ob’ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, soG’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’ektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’ektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlash ishlarini o’tkazishga amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo’shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlar doirasidagi va ulardan ortiqcha xarajatlar.
- Vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob’ektlarini saqlash xarajatlari (boshqa manbalar hisobiga qoplanadigan xarajatlardan tashqari).
- Bank va depozitariy xizmatlariga to’lovlar.
- Ekologiya, soG’lomlashtirish va boshqa xayriya jamG’armalariga, madaniyat, xalq ta’limi, soG’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.
- Byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar, yiG’imlar, amaldagi qonunchilikka muvofiq to’lanadigan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt xarajatlariga qo’shiladigan maxsus byudjetdan tashqari jamG’armalarga ajratmalar.
- Zararlar, jarimalar, penyalar:
- Bekor qilingan ishlab chiqarish buyurtmalari bo’yicha yo’qotishlar.
- Moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolishi normalari doirasidagi va normalaridan ko’proq, bevosita ishlab chiqarish jarag’niga tegishli bo’lmagan yo’qotishlar hamda kamomadlar.
- Ishlab chiqarish zahiralarini va tayg’r mahsulotni eng past baholash usuli g’ki sotishning sof qiymati bo’yicha qayta baholash g’ki bahosini pasaytirish natijasidagi zararlar.
- Idishlarga doir muomalalar bo’yicha zararlar.
- Sud xarajatlari.
- Тo’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zahiraga ajratmalar.
- Qonunchilikka muvofiq da’vo bildirish muddati o’tgan va undirilishi noreal bo’lgan boshqa qarzlar bo’yicha debitorlik qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar, shuningdek qonunchilikka muvofiq yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisoblashishlar bo’yicha to’lanishi shubhali qarzlarni hisobdan chiqarishdan ko’rilgan zararlar.
- Hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillar operatsiyalar bo’yicha ko’rilgan zararlar.
- Тabiiy ofatlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayg’r mahsulotlar va boshqa moddiy boyliklarning nobud bo’lishi va buzilishi, ishlab chiqarishni to’xtatish va boshqalar tufayli yo’qotishlar) tufayli ko’rilgan qoplanmaydigan yo’qotishlar va zararlar, shu jumladan tabiiy ofatlar oqibatlarining oldini olish g’ki oqibatlarini bartaraf etish bilan boG’liq xarajatlar.
- Aybdorlari aniqlanmagan kamomadlardan g’ki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo’lmagan hollarda ko’rilgan zararlar.
- Хo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan uch va undan ko’p yil mobaynida ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan ko’rilgan zararlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa mulkini (aktivlarni) sotishdan ko’rilgan zararlar, shuningdek xo’jalik yurituvchi sub’ektning asosiy vositalari boshqa mulklari (aktivlari)ning hisobdan chiqarilishi, tekin berilishi va boshqacha yo’qotishlaridan ko’rilgan zararlar.
- Хo’jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulotni yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan g’ki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, vaqtida to’lanmagan to’lovlar va boshqa xil choralar, shuningdek yetkazilgan zararlarni to’lash bo’yicha xarajatlar.
- Soliq qonuni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
- Тo’langan boshqa jarimalar.
- Boshqa xarajatlar.
Yuqoridagi keltirib o’tilgan xarajatlar 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvaraG’ida hisobga olinadi.
9440-«Kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari» hisobvaraG’ida hisobot davrida soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, ammo ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlarni rejalashtirilgan samaraga erishilgan holda, kelgusi hisobot davrlarida soliqqa tortiladigan bazadan kamaytiriladigan xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobot davri oxirida 9440-hisobvaraqning debetida yiG’ilgan xarajatlar 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» hisobvaraG’iga o’tkaziladi. 9440-hisobvaraqning debetida hisobga olingan xarajatlar balansdan tashqari 010-«Vaqtli tafovutlar bo’yicha xarajatlar» hisobvaraG’ida yiG’ib boriladi. Sodir bulgan muomalalar summasiga 9440-hisobvaraqning debeti bilan birga, 010-hisobvaraqda ham g’zib boriladi. 010-hisobvaraqning chiqimiga hisobga olingan xarajatlar bu tadbir uchun sarflangan xarajat va undan olinadigan samara muddatiga qarab, tuzilgan maxsus komissiya raschЄtiga asosan hisobdan chiqarilganda g’ziladi.

Download 153,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish