7-mavzu: Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini hisobga olish Reja: 1. Grantlar, subsidiyalar hamda kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari rezervini hisobga olish Grantlar, subsidiyalar va beG’araz g’rdamlarni hisobga olish 1998 yil 3 dekabrda Adliya vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan «Davlat subsidiyalari hisobi va davlat g’rdamini izohlash» nomli 10-son BHMA bilan tartibga solinadi.
Grant (subsidiya) deganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ular belgilangan shartlarni bajarganlarida iqtisodig’tni rivojlantirishni raG’batlantirish maqsadida davlat g’ki xalqaro xorijiy tashkilotlar tomonidan ko’rsatiladigan pul g’ki natura ko’rinishidagi g’rdam tushuniladi.
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va jamG’armalar tomonidan ma’lum dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Grant va subsidiyalar quyidagi hisobvaraqlarda hisobga olinadi:
8810-«Grantlar»;
8820-«Subsidiyalar».
Mazkur hisobvaraqlarda o’z sarmoyasiga kiritiluvchi hamda korxona faoliyatini moliyalash manbai sifatida ko’rib chiqiladigan ajratilgan grant va subsidiyalarning mavjudligi va harakati to’G’risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.
Pul shaklida olingan grantlar quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 5110, 5210-«Pul mablaG’lari»hisobvaraqlari
K-t 8810-«Grantlar».
Grantlar hisobiga ustav kapitalining ortishi quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8810-«Grantlar»
K-t 8310, 8320, 8330 Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari.
Grant ajratgan tashkilotning grant summasini korxona ustav sarmoyasiga badal sifatida kiritish haqidagi qarori zarur. Ustav kapitalining oshishiga hamda yangi muassis paydo bo’lishiga barcha muassislarning roziligi ham kerak va ta’sis hujjatlarini qayta ro’yxatdan o’tkazish lozim:
D-t 8810-«Grantlar»
K-t 8530-«Тekinga olingan mol-mulk».
Subsidiyani olish shakli uni hisobda aks ettirish tartibiga ta’sir etmaydi. Aktivlarga tegishli davlat subsidiyalari quyidagicha aks ettiriladi:
kelib tushgan aktivning balans qiymatini kamaytiradi hamda amortizatsiyalanadigan aktivdan foydali foydalanish muddati davomida hisoblanadigan eskirishni qisqartirish yo’li bilan moliyaviy natijalar to’G’risidagi hisobotda aks ettiriladi.
Shuningdek, 8800-«Maqsadli tushumlar» guruhida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:
8830-«A’zolik badallari»
8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiЄzlari».
8830-«A’zolik badallari» hisobvaraG’ida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat a’zolarining a’zolik badallari aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi 8830-«A’zolik badallari» hisobvaraG’i krediti bo’yicha pul mablaG’larini hisobga olish hisobvaraqlari bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablaG’lar summalarini maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltirishning hisobi 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiЄzlari» hisobvaraG’ida amalga oshiriladi.
Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari bo’shagan mablaG’lar summasiga debetlanadi, 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiЄzlari» hisobvaraG’i kreditlanadi. Soliq solishdan ozod etish natijasida bo’shagan mablaG’lar summalari imtiЄzli davr ko’rsatilgan taqdirda – imtiЄzli davr tugagach, qolgan hollarda esa - har yili 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiЄzlari» hisobvaraG’i debetidan 8530-«Bepul olingan mol-mulk» hisobvaraG’i kreditiga hisobdan chiqariladi.
8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi» hisobvaraG’i bir maromda xarajat va to’lovlarni ishlab chiqarish g’ki muomala xarajatlariga kiritish yo’li bilan belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to’G’risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qo’llaniladi.
Хususan, ushbu hisobvaraqda asosiy vositalarni ta’mirlash bo’yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin. Rezervning hosil bo’lishi:
D-t 2010, 2110, 2310, 2510 Ishlab chiqarish xarajatlari hisobvaraqlari
K-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi».
Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil qilish tavsiya qilinmaydi, chunki korxona uni tashkil etishda o’z hisobotida amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi.
Тijorat korxonalari, agar hisob sig’satida bu aks ettirilgan bo’lsa, faqat sof foyda hisobiga rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtig’jlari uchun rezervdan foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.
Korxonalarda tashkil etilgan ushbu rezervlardan asosiy vositalar ta’mir qilinag’tganda va boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ilgari tashkil etilgan rezerv hisobidan asosiy vositani kapital ta’mir qilish uchun materiallar sarflansa, quyidagicha provodka beriladi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi»
K-t 1010-«Хom-ashg’ va materiallar».
Ilgari rezerv qilingan summalar bo’yicha hisob-kitob hisobvaraqlaridan xarajatlar to’lansa, quyidagicha Єzuv qilinadi:
D-t 8910-«Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlar rezervi»
K-t 5110-«Hisob-kitob schЄti».