10-vaziyat.
Talaba o’qituvchiga: «Men daftarimni olib kelish (uy vazifasini bajarish va
boshqalar)ni esimdan chiqaribman», - dedi. Bu vaziyatda Sizning javobingiz qanday bo’ladi?
Javob variantlari:
1) «YAna shu hol!»;
2) «Bu hol siz uchun mas`uliyatsizlik, e`tiborsizlik bo’lib tuyulmayaptimi?»;
3) «Menimcha, Sizning ishga jiddiyroq qarash vaqtingiz etib keldi»;
4) «Men nima uchunligini bilishni istar edim»;
5) «Balki buning uchun Sizda imkoniyat bo’lmagandir»;
6) «Siz nima deb o’ylaysiz, nima uchun bu haqida har gal Sizga eslatishim kerak»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
11-vaziyat.
Talaba o’qituvchi bilan suhbatda shunday deydi: «Men xohlardim, Siz menga
boshqa bolalarga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lsangiz». Ushbu vaziyatda Siz qanday yo’l
tutasiz? Javob variantlari:
1) «Nima uchun men Sizga boshqalarga qaraganda yaxshiroq munosabatda bo’lishim
kerak?»;
2) «Men talabalarni yoqadigan, yoqmaydigan va sevimli o’quvchilarga ajratishni
xohlamayman»;
3) «Menga sizdek talab qo’yadigan odamlar yoqmaydi»;
4) «Men nima uchun Sizni boshqa talabalar orasida ajratishim kerakligini bilmoqchi
edim?»;
5) «Agarda men sizga «Sizni boshqa talabalardan ko’ra yaxshi ko’raman» desam xursand
bo’lasizmi?»;
6) «Siz nima deb o’ylaysiz, aslida men sizga qanday munosabatdaman?»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
12-vaziyat.
Talaba o’qituvchiga u o’qiyotgan fanni yaxshi o’zlashtira olmasligi haqida
gapirib shunday dedi: «Men Sizga mavjud holatni aytdim. Menga ayting-chi, bunga sabab nima
va men nima qilishim kerak?». Javob variantlari:
1) «Menimcha Sizning aqliy rivojlanishingda kamchiliklar bor»;
2) «Sizda xavotirlanishga hech qanday asos yo’q»;
3) «Aniq bir javob aytishdan oldin men bu muammoni yaxshilab o’rganib chiqishim
kerak»;
4) «Biz bir oz kutaylik, ishlaylik va bu muammoni muhokama qilishga bir muncha vaqtdan
keyin qaytamiz. Men bu masalani hal etamiz deb o’ylayman»;
5) «Men sizga hozir aniqlab bera olmayman, o’ylab olishim kerak»;
84
6) «Hech xavotirlanmang, menda ham shunday bo’lgan. Ko’p qiynalganman»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
13-vaziyat.
Talaba o’qituvchiga shunday dedi: «Mashg’ulotlarda aytayotgan fikrlaringiz
va himoya qilayotgan g’oyalaringiz menga yoqmaydi». Bu vaziyatda Siz talabaga qanday javob
qaytarasiz? Javob variantlari:
1) «Bu juda yomon»;
2) «Siz balki ularning mohiyatini tushunmasangiz kerak?»;
3) «Men keyingi mashg’ulotlar davomida sizning fikringiz o’zgaradi, deb ishonaman»;
4) «Siz qanday g’oyalarni himoya qilar edingiz?»;
5) «Do’stni faqat sen tanlamaysan, seni ham tanlashadi»;
6) «Siz nima deb o’ylaysiz, nima uchun bularni men gapiraman va himoya qilaman»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
14-vaziyat.
Talaba guruhdagi o’rtoqlaridan biriga o’zining yomon munosabatini yaqqol
ko’rsatib shunday dedi: «Men u bilan birga o’qish (ishlash)ni xohlamayman». SHunda siz nima
deb javob berasiz? Javob variantlari:
1) «Nima bo’pti»;
2) «Hech iloji yo’q, baribir majbursiz»;
3) «Bu to’g’ri ish emas»;
4) «Bunday bo’lsa u ham Siz bilan o’qish (ishlash)ni xohlamay qoladi-ku?!»;
5) «Nima uchun?»;
6) «Men o’ylaymanki, siz haq emassiz»;
7) . . . . . . . . . . . . . . .
85
Do'stlaringiz bilan baham: |