1-Mavzu: Mehnat qonunchiligi asoslari Mehnat muhofazasi


-Mavzu: Kasbiy kasalliklar



Download 65,59 Kb.
bet3/18
Sana14.07.2022
Hajmi65,59 Kb.
#797005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
MEHNAT

3-Mavzu: Kasbiy kasalliklar
Shaxsiy kompyuter bilan ishlashda axborot olishning asosiy manbai kompyuter monitori bo‘lgani uchun ko‘z tizimida ham zo‘riqish kuchayadi. Bulardan tashqari, kompyuter monitori yoki yordamchi qurilmalari ishlashi jarayonida organizmga turli xil elektromagnit nurlar, elektrostatik maydon va tovush shovqinlari salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada organizmga quyidagi salbiy holatlar o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda :

  • Ko‘z xiralik ;

  • Quruq ko‘z sindromi;

  • Osteoxondroz;

  • Tunnelli sindromi;

  • Allergiya;



Ko‘z xiralik


Ko‘z xiralik xastaligiga duchor bo‘lgan insonlar (tibbiyot mutaxassislari atamasi bo‘yicha miopiya) uzoqdagi obyektlarni xira ko‘rib, ma’lumotlarni o‘qib, anglashlari qiyinchilik bilan kechadi. Lekin bunday insonlar yaqin masofadagi obyektlarni, masalan, kitob yoki kompyuter monitoridagi yozuvlarni bemalol o‘qishlari, anglashlari mumkin. Bu holat tasvir ularning ko‘z qorachig‘ida markazlashgan holda yo‘naltirilganidan emas, balki tasvir ularga yaqin masofada bo‘lgani uchun yuzaga keladi. Tajriba va tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, miopiya maktab yoshidagi o‘quvchilarda va katta yoshdagi kishilarda ham ko‘z tizimining zo‘riqishi va aqliy mehnat bilan shug‘ullanish natijasida rivojlanar ekan.
Kompyuter oldida o‘tirib ishlovchi foydalanuvchilarda ham monitor ekranidagi dinamik harakatlanuvchi tasvirlarning almashishi, ayniqsa, yaqin masofadan turib, turli xildagi kliplar, filmlar yoki o‘yinlar bilan shug‘ullanish ko‘z tizimiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun monitor ekrani bilan foydalanuvchi orasidagi masofa kamida 50 sm dan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Ko‘z xiralik xastaligini oldini olishda ish o‘rnidagi yorug‘lik manbaining to‘g‘ri yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega. Lyuminestsentli lampalar o‘rniga oddiy lampochkali chiroqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sababi luminestsentli lampalar ishlashida yorug‘likning lipillashi, ba’zi noxush shovqinli tovushlar chiqishi kuzatiladi. Yorug‘lik manbaining nuri monitor ekranida akslanmasligi kerak. Shuning uchun kompyuter monitori quyosh nuriga qarama-qarshi bo‘lgan joyga o‘rnatilmagani ma’qul. Xonada chiroqni o‘chirib kompyuter monitorini kuzatish yoki ishlash umuman mumkin emas. Sababi qorong‘i xonada ekran orqali tarqatilayotgan nur kuchlanishi ko‘z tizimining zo‘riqishiga olib keladi. Har bir soat oraliqida ko‘z gimnastikasi mashqlarini bajarib turish tavsiya etiladi.

Quruq ko‘z sindromi


Oddiy holatlarda inson ko‘zlarini bir minutda yigirma marta pirpiratadi. Shaxsiy kompyuter bilan ishlashda, teleko‘rsatuvlar ko‘rishda va kitob o‘qishda pirpiratish chastotasi uch barobar kamayadi. Bu esa o‘z navbatida ko‘zning shilliq pardasi qurishiga olib keladi. Bunday holat quruq ko‘z sindromini keltirib chiqaradi. Bunda ko‘zning qichishi, qizarishi, achishi holatlari ro‘y beradi. Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, go‘yoki ko‘zga o‘zga jism o‘rnashib qolgandek. Kompyuter ekrani oldida mukkasidan ketib ishlash quruq ko‘z sindromini kuchaytiradi.

Osteoxondroz


Tibbiyot sohasidagi statistik ma’lumotlarga qaraganda umurtqa pog‘onasi kasalliklarining 80 foizi osteoxondroz sababli vujudga kelar ekan. 
Osteoxondroz — umurtqa oralig‘i diski to‘qimalarining yedirilishi va bo‘g‘inlarning ezilishi natijasida kelib chiqadi. Agar sog‘lom umurtqalararo disk vertikal holatda 500 kg ga ekvivalent kuchni ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lsa, osteoxondroz bilan og‘riganlarda 200 kg yuk umurqalararo diskning strukturasi buzilishiga olib keladi.
Kompyuter bilan ishlashda osteoxondroz kasalligiga duchor bo‘lmaslik uchun avvalo kompyuter oldida to‘g‘ri o‘tirish kerak va hech vaqt suyanchiqsiz kursida o‘tirish kerak emas. Maxsus kompyuter kreslosidan foydalanish yaxshi samara beradi, chunki bunday kresloni foydalanuvchi o‘z tanasiga moslab sozlab olishi mumkin. Ish boshlashdan avval kreslo holatini o‘zingizga moslab tayyorlab olishingiz kerak. Har bir soat oralig‘ida albatta jismoniy mashqlarni bajarish kerak. Agar mashqlarni bajarish xonadagi boshqa xodimlar oldida noqulay bo‘lsa, yo‘lak orqali bir necha qavat yuqoriga ko‘tarilib yana pastga qarab harakatlangan ma’qul. Xonaning temperaturasi past darajada bo‘lishi ham osteoxondroz kasalligi rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bunday hollarda issiq va qulay kiyinishga to‘g‘ri keladi.

Tunnelli sindromi


Tunnelli sindromida klaviatura yoki sichqoncha qurilmasi bilan uzoq vaqt ishlash oqibatida barmoqlar va qo‘l bo‘g‘inlari, ayniqsa, bosh va ko‘rsatkich barmoqlar uvishib qolishi, shishishi holatlari kuzatiladi.
Shaxsiy kompyuterlar paydo bo‘lgunicha, yozuv mashinkasi bilan ishlovchi kotibalar, musiqachilar, haydovchilar, chizmalar bilan ishlovchi konstruktorlar va boshqa kasb egalarida tunnelli sindrom kasbiy xastalik sifatida ma’lum bo‘lgan. Shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchilar sonining keskin ortishi bu xastalikka duchor bo‘lganlar sonining ko‘payishiga olib kelmoqda. Buning sababi kompyuter klaviaturasida uzoq vaqt ma’lumotlarni kiritish yoki sichqoncha qurilmasi yordamida boshqarish bilan band bo‘lgan foydalanuvchilar barmoqlari bilan bir necha ming marta harakatlarni amalga oshiradilar.
Biroq bunday holatlarda qo‘l tirsagi deyarli harakatlanmaydi. Bu esa tirsak paylarining ezilishi va qo‘l nerv to‘qimalari tizimining zo‘riqishiga olib keladi.
Bunday zo‘riqishlarning oldini olish maqsadida klaviatura va sichqoncha qurilmasining ergonomik talablarga javob beradiganlarini olib o‘rnatish kerak. Har bir soat oralig‘ida quyidagi mashqlarni 1 2 minut bajarib turish tavsiya etiladi :

  • qo‘llaringiz barmoqlarini yig‘ishtirib musht holiga keltiring va yana qo‘yib yuboring;

  • tirsaklaringiz bilan soat strelkasi yo‘nalish bo‘yicha va unga teskari yo‘nalishda aylanma harakatlar qiling;

  • qo‘llingizni oldinga cho‘zib, barmoqlaringizni birma-bir harakatlantiring.

Tunnelli sindrom oldini olish uchun ish joyini yaxshi tashkil etish va kreslo suyanchiqda to‘g‘ri holatda o‘tirish tavsiya etiladi.

Download 65,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish