3. Saqlanmaslik. Turistik xizmatlarning saqlanmasligi (saqlash mumkin emasligi). Turistik xizmatlarning hayotiyssikli moddiy tovardan tubdan farq qiladi, xususan saqlash bosqichining mavjud bo‘lmaganligi bilan turistik xizmatlarni saqlanmasligi bozor kon’yukturasini yaxshilab o‘rganishni, talab va taklifni mutanosibligini talab etadi, chunki xizmatlar talab bo‘lmagunga qadar «omborlarda» turib qoladigan mahsulot emas. 4. Sifatning doimiy emasligi (xizmatlar sifati ko‘p hollarda manbaning holati, xizmat ko‘rsatuvchining malakaviy tajribasi, kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi). Mehmondo‘stlik sohasidagi xizmatlar o‘zining o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Bunday o‘zgaruvchanlikning bir necha sabablari mavjud. Birinchidan, bunday turdagi xizmatlar bir vaqtning o‘zida ko‘rsatiladi va qabul qilinadi, bu esa ularning sifatini nazorat qilish imkoniyatini cheklaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |