Standart masalalarga misollar
1. 8 va 6 sonlarning eng kichik umumiy karralisini, ya’ni EKUK ini toping.
2. 9, 10, 22 va 25 sonlari orasida nechta o‘zaro tub sonlar jufti bor?
3. Tomonlari 12, 13 va 5 ga teng bo‘lgan uchburchak yuzasini toping.
4. kvadrat tenglamani yeching.
5. Hisoblang:
Nostandart masalalar
- Nostandart masala shartida berilgan “Ma’lumlar” nostandart
ko‘rinishda berilishi mumkin.
- “Ma’lumlar”“Noma’lumlar”ni topish uchun keragidan ortiq ham bo‘lishi
mumkin, shuningdek, yetarli bo‘masligi ham bo‘lishi mumkin.
- Nostandart masalalarni yechishning standart usullari yo‘q, har biri
o‘zgacha yondashuvni talab qiladi.
- Darsda nostandart ko‘rinishdagi masalalar deyarli yechilmaydi.
Nostandart masalalarga misollar
1. Quyida berilganlar asosida kvadrat yuzini toping:
2. Tenglamani natural sonlarda yeching:
3. Ushbu tasdiqni isbot qiling: uchta son arifmetik progressiya tashkil qilishi uchun a2, b2 va c2 sonlari ham arifmetik progressiya tashkil qilishi zarur va yetarli.
4. Trapesiya asoslari 4 va 12 ga teng. Trapesiya asoslariga parallel va diogonallar kesishish nuqtasidan o‘tuvchi kesma uzunligini toping.
5. Quyidagi tenglamani haqiqiy sonlarda yeching:
ZAMONAVIY TA’LIMDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALAR
Blended learning (aralash o‘qitish)
Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.
Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi –“ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.
Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim va masofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blended learning masofaviy ta’lim (Distance learning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fake learning) va internet orqali ta’lim (Onlin learning)dan iborat.
Vebinar metodi
Bugun masofaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998 yilda bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web –texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni yetkazadi, balki ular bilan muloqotga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham sub’ekt-sub’ekt paradigmasiga o‘tmoqda.
Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |