Evristik o‘qitish metodi Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning yechimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani yechish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar.
Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. Shuningdek, buyuk didakt I.Ya.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan.
EDVAYZER,_FASILITATOR_VA_MODERATORLIK_FAOLIYaTI'>XORIJIY TA’LIMDA TYuTOR, EDVAYZER, FASILITATOR VA MODERATORLIK FAOLIYaTI Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.
TYuTOR - ( Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi.
EDVAYZER (advisor)-fransuzcha “avisen”“o‘ylamoq”) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi.
FASILITATOR - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis–yengil, qulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy yechimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyani rivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi.
MODERATOR - qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi. Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog yoki o‘qituvchi deb yuritiladi.