1-mavzu mashinasozlik sanoati va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Sanoat va mashinasozlikni tarixiy rivojlanish yuli



Download 34,91 Kb.
bet4/4
Sana01.06.2022
Hajmi34,91 Kb.
#625519
1   2   3   4
Bog'liq
1-MAVZU MASHINASOZLIK SANOATI VA UNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI

Sanoat va mashinasozlikni tarixiy rivojlanish yuli.

“Mashinasozlik texnologiyasi” aloxida ilmiy fan sifatida mashinasozlik sanoatida 300 yildan ortik vaqt davomida rivojlandi. Ishlab chiqarish mezonini, ishlab chiqarish jarayonlarini va mexanizmlarni yig’ish va ajratishni ilmiy yulga yondashishini aniqladi.


Ishlab chiqarish jarayoni bu – inson tomonidan tabiat jismlarini sifatli kilib o’zgartirilishi tushunaladi.
Inson ishlab chiqarishni amalga oshirishida o’z oldiga 2 ta vazifani qo’yadi:
1. Ishlab chiqarish uchun kerakli bo’lgan xom ashyoni olish;
2. Ishlab chiqarishda materiallardan unumli foydalanish (tejash).
Inson xar bir texnologik jarayonni amalga oshirishda xar xil ish kurollaridan foydalanadi va ularni yaratadi, vaxolanki bu jarayonda ish kurollari muhim vazifani bajaradi. Ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi shuni kursatadiki ish kurollari kadimdan rivojlanib kelgan va tosh davridagi toshdan yasalgan kurollardan, to xozirgi avtomatlashtirilgan mashina zavod va tsexlargacha.
Oldingi vaqtda texnologik jarayonlar bir muncha fark kilgan. Ish kurollarini silliklash (jilvirlash) vazifasini utovchi toshlar bilan charxlangan. Keskichlar kulda ushlanib detallarga ishlov berilgan, keyinchalik ularni ushlab turishda yogochlardan foydalanilgan. Oldingi vaqtning eng muhim yutugi bu charx toshni aylanma xarakat bilan ishlatilishi. Keyinchalik aylanma xarakat orqali keramik buyumlar, sung tsilindrik shakldagi yogochlarga, suyak va keyinchalik metallarga ishlov berishda foydalanildi.
Ishlab chiqarish unmdorligini oshirish maksadida bir vaqtda keskichga ham materialga xarakat uzatilgan.
Ish kurollarini rivojlanishi va takominlashuvi inson intellektiga va mexnat jarayoniga ta`sir utkazadi. Agar ilk ish kurollarini ishlatishda inson jismoniy kuvvatini ko’p sarf etgan bulsa, xozirgi kunda ularni takominlashuvi insonning jismoniy kuvvatini kam, akliy intellektini ko’p ishlashiga olib keldi.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi, yangi takomillashtirilgan yuqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega bo’lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning eng yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi, nazariy bilimlarni chuqur egallagan hamda yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi.
Chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan sharoitning boshlang’ich bosqichda o’zgacha tus olishi kerak. Haqiqiy mutaxassis bo’lishni orzu qilgan talabalar, yangi sharoitda o’z orzusiga erishish uchun texnikaviy fanlarni amaliy va nazariy jihatdan chuqur egallagan bo’lishlari kerak. Etukli, mustaqil o’z fikriga, bilimiga, taklif va mulohazalariga ega bo’lishlari kerak.
Keng profilli mutaxassislarni nazariy va professional tayyorlashdagi fundamental fanlar ahamiyatini oshirishga asoslanib, fanning eng yangi yutuq va ilg’or tajribalarini yana ham to’laroq aks ettiruvchi o’quv reja va dasturlarni doimo takomillashtirib borish kerak.
Bakalavr – mexaniqni texnologik jixatdan tayyorlashda fundamental fanlarning ahamiyatini oshirish uchun texnologiya’ning asosiy nazariy savollari umumfanning tegishli bo’limlariga bog’lab bayon etiladi.
Umumiy va umum mutaxassislik fanlarining asosiy qismi birinchi va ikkinchi kurslarda o’rganilib, ixtisoslashtirilgan fanlar uchinchi va to’rtinchi kurslarda o’rganiladi.
Mashinasozlik texnologiyasining ob’ekti texnologik jarayon hisoblanadi, predmeti bo’lib esa-texnologik jarayonning qonuniyatlarini tashqi va ichki bog’lanishlarini o’rnatish va tadqiqodlash hisoblanadi.
Texnologiyaning rivojlanish tarixiga kelsak, bu juda ham qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson paydo bo’libdiki u o’z extiyojini qoniqtirishga harakat qiladi. Buning uchun u tabiat predmetlarini olib, uning shakli, o’lchamlari va sifatini o’zgartirib, o’z extiyoji va talabini qondiruvchi buyum yaratadi va bu jarayon tinimsiz takrorlanib turli tuman insonni talabiga javob beruvchi buyumlar bunyod etilib kelinadi. Insonning talabi va imkoniyatlari cheksizdir. U, doimo yangilik yaratuvchidir, har bir yaratgan buyumi texnologik jarayon orqali vujudga keladi. Inson paydo bo’lishi bilan texnologiya degan atama paydo bo’lgan desak xech ham adashmagan bo’lamiz. Bundan ming yil oldin dunyoga mashxur bobolprimizdan A.R. Beruniy ilmiy izlanishlarida bunyod etilgan uskunalar, mashxur tabib Ibn Sinoning tibbiyotdagi kashfiyotlari, Mo’g’ullar ixtilosini daf qilishda urishlar taktikasiga asos solgan bobomiz Amir Temur Ko’ragoniy qural aslahalari, ularning koinot ilmida tengi yo’q va koinotni o’rganish uchun Abservatoriya qurdirgan va bir nechta ilmiy kashfiyotlar qilgan nabiralari Mirzo ulug’bek va jihoz ko’p allomalarimizning ilmiy kashfiyotlari texnologiyaga bog’liq bo’lgan.
Uzoq oldingi zamonlarda ishlab chiqarish juda ham sodda (primetiv) bo’lgan. Qurollar jilvirlash xususiyatiga ega bo’lgan oddiygina toshlar bilan charxlangan; boshida keskich asbob ishchi holatida qo’l bilan ushlab turilgan, keyinchalik tutqichga daraxt novdalari yoki hayvonlar paylari bilan bog’lab qo’yilar edi.
O’sha zamonning yutug’laridan biri aylanuvchi toshni qo’llash bo’ldi – charxlash dastgohining timsoli kabi.
Keyinchalik aylanma harakatni keramikali buyumlarni tayyorlash uchun qo’llashdi, undan keyin esa – yog’ochdan, hayvonlar suyaklaridan va oxirida metalldan silindr shaklidagi buyumlar tayyorlash uchun qo’llanilaboshlandi.
Shuning bilan bir qatorda ishlanuvchi materialni harakatga keltiruvchi moslama qo’llandi. O’sha vaqtlarda tokarlik dastgohini eslatuvchi buyumga komon yoyi (ipi) bilan aylanma harakat berib, kremniyli keskichni qo’l bilan ushlab turib ishlov berilar edi. Asta-sekin ot bilan aylanma harakatlanuvchi uzatmali tokarlik dastgohi yaratildi, ammo keskich asbob baribir qo’lda ushlab turildi.
Metallarga ishlov berishning qadimgi tarixi juda kam o’rganilgan. Ammo X asrdayoq rus ustalari turli tuman qurollar, uy ro’zg’or predmetlari va sh.o’. tayyorlash texnikasiga ega bo’lishgan. XII asrda rus qurolsozlari keskich asbobni yoki ishlanuvchi tanavorni aylantiruvchi qo’l uzatmali parmalash va tokarlik qurilmalarini qo’llashgan. XIV-XVI asrlarda qurol tayyorlash uchun suv tegirmoni aylanma harakat beruvchi tokarlik va parmalash dastgohlaridan foydalanishgan.
XVI asrda Tula shaxrining atrofidagi Oka daryosi yonidagi Pavlov qishlog’ida maxalliy temir rudasini ishlatishga asoslangan metallishlovchi sanoat barpo etildi. Shunday bo’lsa ham keskich asbob qo’lda ushlab turilgan. Ammo, metall ishlab chiqaruvchi sanoat Pyotir I zamonasiga kelib asta-sekin rivojlanaboshladi, ustaxonalar fabrika va zavodlarga aylantirilib turli dastgoh, qurilma va moslamalar bilan jihozlantirildi.
Bu davrga kelib (1680-1756 yy.) yashagan rus mexanigi va ixtirochisi A.K. Nartov (1718-1725) dunyoda birinchi bo’lib tokarlik dastgohi uchun tanavor bo’ylab tishli g’ildirak va reyka yordamida harakatlanuvchi mexaniq support yaratdi. Biroq, u bundan tashkari qator original dastgohlar yaratdi (vintqirquvchi, tishqirquvchi, arralovchi va boshq.). Jumladan u, qurol, tanga va h.k. tayyorlash uchun qator texnologik jarayonlar ishlab chiqdi.
1714 yilda M.V. Sidorov Tula qurolsozlik zavodida “cuv ta’sir etuvchi mashinalar” yaratdi. Shu paytda soldat Yakov Vatishev 24 qurol stvolini birvaqtda parmalaydigan, stvolni artadigan va tozalaydigan tegirmonni yurituvchi uztmasi qo’llanilgan dastgohlar yaratdi. Ularning ishlarini XVIII asr va XIX asr boshlarida usta-mexaniqlar: A. Surin, Ya. Leont’ev, L. Sobakin, P. Zaxov va jihozlar davom etdirishdi.
Shu davrda iqtidorli rus olimi M.V. Lomonosov (1711-1765) lobotokarlik, sferatokarlik va jilvirlash dastgohlarini qurdi.
Bug’ mashinasini ixtirochisi I.I. Polzunov (1728-1764) bug’ qozonini ba’zi bir detallarini tayyorlash uchun maxsus tsilindir yo’nuvchi va jihoz dastgohlarni yaratdi. I.P. Polzunov suv sirti o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan suzg’ich (poplovok) ya’ni oddiy avtomatik qurilma yaratib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashga birinchi qadamni qo’yishga sababchi bo’ldi.
Rus mexanigi I.P. Kulibin (1735-1818) soat mexanizmini tishli g’ildiraklarini tayyorlash uchun maxsus dastgohlar yaratdi.
O’sha vaqtda xarbiy ishlab chiqarish yagona ommaviy ishlab chiqarishning namunasi bo’ldi; u ishlab chiqarish texnologiyasiga o’zaroalmashinuvchanlik prinsipini kiritilishiga asos bo’ldi.
Ma’lumki o’zaroalmashinkvchanlik tamoili bo’yicha ishlab chiqarishni tashkil etish instruktsiyasi Rossiyada ishlab chiqildi va Tula zavodiga yuborildi, Bu deyarli 25 yil avval fransuz muxandisi Leblandan va deyarli 100 yil avval angliyalik ishlab chiqaruvchilar s’yezdigacha, ya’ni Djozef Vitvord o’zaroalmashinuvchanlikning asosiy vazifalarini ifodalab bergunga qadar amalga oshgan edi.
XIX asr oxiri XX asr boshida ba’zi bir korxonalarda detillarning ishchi chizmalarida tayyorlash qo’yimlari (dopusklari) ko’rsatilaboshlandi.
Texnologik jarayonlarning o’rganilaboshlanishi, ya’ni tanavorlarga ishlov berish uslublari, buning natijasida o’lchamiga, shakliga, sifatiga va uning ishiga qo’yiluvchi talablarga mos keluvchi tayyor buyum olinishi, o’tgan asrning birinchi yillariga to’g’ri keladi.
Tabiat predmetlarini sifatini o’zgartirib, o’z ehtiyojini qondira oladigan buyumlar yaratish jarayoniga texnologik jarayon deyiladi.
Texnologiya so’zi yunoncha so’zlar birikmasidan tashkil topgan bo’lib, texne - san’at, mahorat, ustalik yoki uddalash usulini ifodalasa, logos - o’qitish, fan so’zini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda texnologiya - mahorat yoki uddalash usuli (ish bajarish tartibi-majmui yoki rejasi).
1804 y. akad. V.M. Saverin texnologiya to’g’risidagi birinchi qoidani ifodaladi va ”texnologiya - hunarmandchiliklar va zavodlar to’g’risidagi ilim” deb aniqlik kiritdi.
Texnologiyaning rivojiga russ bilimdonlari A. Andrey Choxov, M.V. Sidorov, Ya. Batish’ev, A.K. Nartov va jihozlar o’z hissalarini qo’shdilar.
Mashinasozlik texnologiyasida to’planib qolgan tajribolarni birinchilardan bo’lib tasvirlab berganlardan biri Moskva Universitetining proffessori I. Dvigubskiiy bo’ldi. 1807 y. u “Nachalnie osnovaniya texnologii ili kratkoe opisanie rabot na zavodax i fabrikax proizvodimix” nomli kitobini yozdi.
1885 y. proffesor I.I. Timening (1838–1920) «Osnovi mashinostroeniya, organizatsiya mashinostroitelnix fabrik v texnicheskom i ekonomicheskom otnoshenii i proizvodstva rabot» nomli ishi chiqdi. U birinchi bo’lib “Kesish nazariyasining asosiy qonunlarini ifodasini berdi.
1890-1900 yy. prof. A.P. Gavrilenkoning (1861–1914 yy.) “Texnologiya metallov” nomli kitobi chop etildi. Unda metallarga ishlov berish texnologiyasi tajribasining rivojlanishi umumlashtirilgan. Bu darslik rus muxandislarining bir necha avlodilari ta’lim olishlari uchun qo’llanma vazifasini bajardi.
1917 y. Sovet ittifoqi barpo etilgandan keyin dastgohsozlik sanoati yuqori unumdorlikka ega bo’lgan va yuqori aniqlik beruvchi turli texnologik maqsadlar uchun turli dastgohlarni va takomillashgan keskich asboblarni yaratdi. Bularning hammasi, ittifoq muxandislari va olimlari tamonidan mexaniq ishlov berish texnologik jarayonlarining qonuniyatlarini ilmiy asoslarini yaratish imkonini berdi.
XX asrning boshlarida texnikaning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida to’planib qolgan turli detallarga ishlov berish, ularni yig’ish texnologik jarayonlari to’g’risidagi tajribalarni umumlashtirib ba’yon etishning zarurati paydo bo’ldi. Bundan tashqari Oliy o’quv yurtlarining o’quv dasturlariga mashinasozlik texnologiyasi, moslamalarni, sexlar va zavodlarni loyihalash (masalan, “Texnologiya avtomobilestroeniya”, ”Texnologiya traktorostroeniya”, “Texnologiya stankostroeniya” va boshq.) kabi fanlar kiritildi.
Mashinasozlik texnologiyasi bo’yicha birinchi mexnat natijasini chop etgan A.P. Sokolovskiy bo’ldi. Uning 1930...1935 yy.da besh tomlik kitoblari chop etildi va 1938 y.da “Nauchnie osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli mexnati chop etildi. 1933 y.da A.I. Kashirinning “Osnovi proektirovaniya texnologicheskix protsessov” va 1935 yili V.M. Kovanning «Texnologiya avtotraktorostroeniya » nomli hamda 1944 y. “Texnologiya mashinostroeniya” nomli 1959 y. “Osnovi texnologii mashinostroeniya ” va xuddi shungi o’xshash nomlik 1967 y.da MVTU ning V,M. Kovan boshchiligidagi kollektiv avtorlar nomi bilan V.S. Korsakov muxarrirligida darsliklar chop etilgan.
O’lchamlar zanjir nazarisini va bazalash qoidalarini yaratgan va texnologik ilmiy izlanishlarning echimini topish bilan ko’p shug’ullangan B.S. Balakshin 1944 yilda “Texnologiya stankostroeniya”, 1959,1966,1969 yillarda “Osnovi texnologii mashinostroeniya” darsliklarini yaratdi.
1985 y. A.A. Matalinning “Texnologiya mashinostoeniya” nomli ; 1986 y. A.A. Gusev, E.R. Koval’chuk, I.M. Kolesov va boshq. “Texnologiya mashinostoeniya” (maxsus qism) MOSSTANKIN darsliklari chop etildi. !997 va !999 yy.da I.M. Kolesovning “Osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli darsligi bunyod etildi.
1965 va 1973 yy.da B.L. Bespalov, L.A. Gleyzer, I.M. kolesov va boshq. ning “Texnologiya stankostroeniya” (maxsus qism) darsligi chop etilgan.
1998 y. MVTU-MGTU avtorlar jamoasi A.M. Dalskiy muxarrirligida 1-tom V.M. Burtsev i dr. “Osnovi texnologii mashinostroeniya” va 1999 y. G.N. Melnikov muxarrirligida 2-tom V.M. Burtsev i dr. “Texnologiya stankostroeniya” darsiklari chop etildi.
2002 y. A.G. Suslav va A.M. Dal’skining “Nauchnie osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli ilmiy monografiyasi chiqdi va 2004 y.da A.G. Suslovning “Texnologiya mashinostroeniya” nomli darsligi chiqdi.
2005 va 2007 yy.da B.M. Bazrovning “Osnovi texnologii mashinostroeniya” darsligi chop etildi.
Mashinasozlik texnologiyasi zavodlar, ilmiy-tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari jamoatlari ilm va sanoat ishchilarining katta mehnati natijalarini umumlashtirilishi asosida ilm sohasi kabi shakillanaboshladi.
Mashinasozlik texnologiyasi asoslari, asosan ittifoq olimlari: B.S. Balakshin, N.A. Boradachev, K.V. Votinov, V.I. Dement’ev, F.S. Demenyuk, M.E. Egorov, A.A. Zikov, A.I. Kashirin, V.M. Kovan, V.S. Korsakov, A.A. Matalin, S.P. Mitrofanov, M.P. Novikov, A.V. Podzey, E.V. Rijov, E.A. Satel, I.A. Time, A.P. Sokolovskiy, D.V. Charnko, A.B. Yaxin, P,I. Yasheritsin va ko’p jihozlar tomonidan yaratilgan.
Agar ilm ilmiy bilimlar tizimi bo’lsa, unda bilim olish jarayoni ilmiy bilish (bilim olish) hisoblanadi.
Mashinasozlik texnologiyasi miqyosida ilmiy bilishning shakllanish jarayonini uch bosqichga ajratish mumkin: 1) texnologik jarayonlar to’g’risida empirik izlanish va empirik bilimlarning boshlang’ich yig’ilishi tug’ilishi va rivojlanish; 2) texnologik jarayonlarni bajarishda o’ringa ega bo’lgan xodisalar majmuining birinchi ilmiy suratlarining tug’ilishi; 3) nazariyalarni qurish.
Adabiyotlar
1. Peregudov L.V., Ҳashimov A.N., SHalagurov I.K., Peregudov S.L. Avtomatlashtirilgan korxona stanoklari. – T.: O`zbekiston, 2001.
2. VolkevichL.I., Kuznetsov M.N. Usov B.A. Avtomati i avtomaticheskie linii. – M. Visshaya shkola, 1986, CH. 1–2.
3. Molchanov G.N., Smetakin K.I. Stanki s CHPU., - T. O`qituvchi, 1993 yil.
4. SHerov K.T., Maxmudov L.N., Ataullaev A.O. metodicheskie ukazaniya dlya vipolneniya laboatornix rabot po predmetu «Vvedenie v spetsial’nost’». Navoiy, 2007 g.
5. www.ziyonet.uz
6. www.referat.uz
Download 34,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish