Rezyumeni kamchiliklardan holi ekanligini tekshiring
rezyume yozilgan tilni yaxshi biladigan odamdan uni tekshirib berishini soʻrang.
hamma narsa ketma-ket joylashtirilganligini tekshiring: masalan, agar siz qisqartmani bir marta ishlatgan boʻlsangiz, uni rezyumeyingiz davomida takrorlang (lekin barcha nomlarni toʻliq keltirganingiz maʼqul).
juda uzun iboralar, qiyin va tushunarsiz soʻzlar va qisqartmalar yoʻqligini tekshiring.
rezyumeyingiz bir xil uslubda ekanligiga ishonch hosil qiling.
oʻqilishi oson formatni tanlang: katta maydonlar, kichik boʻlmagan, lekin juda katta ham boʻlmagan shrift, satrlar oraligʻi yetarlicha.
rezyumeyingizni Word formatida yuborganingiz maʼqul.
Agar siz xalqaro kompaniyalardagi lavozimlarga daʼvogarlik qilsangiz, rus va ingliz tillarida rezyume yozishingizni tavsiya qilamiz. Ingliz tilidagi rezyumega qoʻyiladigan talablar rus tilidagi rezyume bilan bir xil.
18-Mavzu Biznes rejani tuzish tartibi. Biznes-rejaning asosiy tarkibiy qismlari
Biznes-rejani tuzish
Biznes-reja nimani anglatadi?
Biznes-reja – bu hujjat tuzuvchi va investorlar uchun tushunarli yoʻriqnoma boʻlib, u biznes-tizim mexanizmlari yordamida asosiy keltirilgan gʻoyani moddiy dunyoda amalga oshiradi.
Biznes-reja quyidagilardan iborat boʻlishi lozim:
Tashkilot toʻgʻrisida maʼlumotlar
Mazkur boʻlimga tashkilot, faoliyat turi va uning muassislari toʻgʻrisida maʼlumotlar joylashtiriladi.
Bu yerda siz gʻoya tahlilini keltirishingiz, kuchli va zaif tomonlarni, shuningdek imkoniyatlar va tavakkalchiliklarni ochib berishingiz kerak boʻladi. .
Ushbu boʻlimda raqobat va sotish bozorlari toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilishi lozim. Bu yerda sizning faoliyatingizga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ijobiy va salbiy omillarni keltirish lozim.
Mazkur boʻlimda korxonangiz xodimlarining soni, ularning lavozimlari va ular oladigan ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot joylashtirilishi lozim.
Mazkur boʻlim faqat tovarni ishlab chiqarish bosqichlari, ularni kuzatib boruvchi texnik jarayonlarga bagʻishlanadi. Bu yerda aktivlaringizda mavjud xonalar, texnik uskunalar, sizning rahbarligingizda ishlaydigan yoki ishlayotgan oʻqitilgan va malakali xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar yoziladi. Shuningdek, bu yerda siz zarur hollarda ishlab chiqariladigan material hajmini koʻpaytiradigan yoki kamaytiradigan usullar tavsiflab beriladi.
Moliyaviy reja (foyda va zararlar tahlili)
Biznes-rejaning mazkur qismi daromadlar va harajatlar rejasini, muayyan vaqt oraligʻida mahsulotni realizatsiya qilishning taxminiy rejasini oʻz ichiga olishi kerak.Kreditni qaytarish jadvali
Mazkur boʻlimga talab etilgan kredit summasi, kredit muddati va kredit boʻyicha oylik toʻlovlar hamda qarz oluvchining toʻlov qobiliyati toʻgʻrisida yakuniy xulosa aks ettirilgan kredit jadvali joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |