4-savolni bayoni. Mantiq fanini, hususan tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganish fikrlash madaniyatini o’stiradi. Fikrni to’gri qurish malakasini rivojlantiradi. Bahs yuritishda o’zining va boshqalarning fikriga tanqidiy munosobatda bo’lishiga . cuhbatdoshining mulohazalaridagi hatolarni ochib tashlashga yordam beradi.
Uning ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O’quv jarayonining samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchlarning , terminlarning aniq bo’lishiga, muammolarning mantiqan to’g’ri qo’yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini to’g’ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to’g’ri foydalanishga bog’liq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, odatda, ilmiy nazariyalarning strukturasini o’rganishda, formal ziddiyatlar bo’lsa ularni aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |