1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maksad va vazifalari Reja



Download 68 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2023
Hajmi68 Kb.
#925245
1   2
Bog'liq
1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maksad va vazifalari

Manbalar turlari


Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, o`tmishni o`zida aks ettirishga karab kuyidagi olti asosiy guruxga bo`lish mumkin.
Moddiy (ashyoviy) manbalar. Ma`lumki, kishilik jamiyati tarixi kariyb 40 ming yillik davrni o`z ichiga oladi, lekin yozuv paydo bo`lganiga esa ko`p vakt o`tganicha yo`k.
Masalan, tsivilizatsiyaning ilk o`choklaridan biri bo`lmish Markaziy Osiyoda dastlabki yozuv arameycha xat negizida taxminan eramizdan avvalgi birinchi ming yillik o`rtalarida paydo bo`lgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning ma`lumotiga ko`ra, yurtimizda arab istilosiga kadar o`n sakkiz yozuv turi mavjud bo`lgan ekan. Lekin, afsuski, ko`xna tariximizni o`zida aks ettirgan yozma yodgorliklarning katta kismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning ko`pchiligi boskinchilik urushlari vaktida, kolaversa tabiiy ofatlar okibatida yo`k bo`lib ketgan.
Ilk tarixning ayrim lavxalari o`tmishdan kolgan va insonning ijtimoiy faoliyati bilan boglik bo`lgan moddiy yodgorliklarda, anikrogi ularning bizgacha saklangan koldiklari etib kelgan.
Xullas, moddiy (ashyoviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istikomat kilgan va dafn etilgan joylar, ularning mexnat va urush kurollari, bino va turli inshootlar (kal`a va kasrlar, xammomlar va karvonsaroylar, xunarmandchilik ustaxonalari xamda suv inshootlari va boshkalar)ning koldiklari, uy-ro`zgor buyumlari va zeb-ziynat takinchoklari tushuniladi. Moddiy yodgorliklarni kidirib topish va o`rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -kadimiy, logos – ilm; o`tmish xakidagi ilm; kishilik jamiyatining uzok o`tmishni o`rganuvchi ilm, kadimshunoslik) shugullanadi.
Etnografik manbalar. Xalklarning kelib chikishi bilan boglik bo`lgan material va ma`lumotlar etnografik manba xisoblanadi. Masalan, xalk, kabila va urug nomlari, inson ko`li va akl –zakovati bilan yaratilgan kurol va buyumlarning naksh va bezaklari, kishilar ongida, shuningdek, ogzaki va yozma adabiyotda saklanib kolgan o`tmish urf-odat va an`analari, kishilarning turmush tarzi etnografik manba xisoblanadi. Bularning barchasini etnografiya (yunon, etnos – xalk, grapxo – yozaman, xalk xakida ma`lumotlar; xalkshunoslik) ilmi tekshiradi va o`rganadi.
Lingvistik manbalar. Lingvistik manbalar deb tilimizdagi, anikrogi uning leksik-so`z boyligi tarkibidagi uzok o`tmishdan kolgan, ijtimoiy – iktisodiy, ma`muriy va yuridik atamalar, masalan, xiroj - o`rta asrlarda axolidan, asosan dexkonlardan olinadigan asosiy solik; daromad soligi; ushr – daromadning o`ndan bir kismini tashkil etgan solik; zakot – chorva va mulkdan kambagallar uchun yiliga bir marta olinadigan solik; cuyurgol – shaxzodalar va amirlarga toju taxt oldida ko`rsatgan katta xizmatlari uchun beriladigan er-suv; tansukot – kamyob, e`tiborga molik buyum, mato; podshoxlar, xonlar va nufuzli kishilarga kilinadigan tortik; cherik - ko`shin; korovul - ko`shinning oldi va yon tomonlarida boradigan maxsus xarbiy bo`linma; xalifa –Muxammad paygambarning o`rinbosari, o`rta asrlarda arab musulmon feodal davlatining boshligi; mirishkor – to`grisi – miri shikor, podshox va xonlarning ov kushlari va ov xayvonlarini tasarruf etkvchi mansabdor; mirob – suv taksimoti bilan shugullanuvchi mansabdor; kozi –shariat asosida ish yurituvchi sud`ya; yorlig -o`rta asrlarda xukmdor tarafidan beriladigan rasmiy xujjat; vakfnoma –masjid, madrasa, xnakox va mozorlarga in`om e`tilgan er - suv xakidagi tuzilgan maxsus xujjat va boshka atamalar juda ko`p uchraydi. Bu va shunga o`xshash atamalar shubxasiz kimmatli tarixiy material bo`lib, ajdodlarimizning ijtimoiy – siyosiy xayotini o`rganishga yordam beradi. Ularning kelib chikishi va etimologiyasini lingvistika (lotin, lingua – til) fani o`rganadi.
Xalk ogzaki adabiyoti. Ogzaki adabiyot madaniyatning eng kadimgi kismi bo`lib, uning ildizi ibtidoiy jamoa va ilk feodalizm tuzumiga borib takaladi. Ogzaki adabiyotning ayrim namunalari kadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Tabariy, Mas`udiy, Beruniy, Firdavsiy, Ibn al-Asir kabi shark olimlarining asarlari orkali bizgacha etib kelgan. Kayumars, Jamshid va Siyovush xakidagi afsonalar, Amort va Sparetra, To`maris va Shirok xakidagi kissalar shular jumlasidandir.
Urugchilik davri tarixini, ayniksa, patriarxal – munosabatlarini o`rganishda “Alpomish”, “Go`ro`gli” kabi dostonlar, shuningdek, xalk ertaklari, marosim ko`shiklari, matal va topishmoklarning roli xam benixoyat kattadir. Bu xalk durdonalari turli ijtimoiy tabakaga mansub kishilarning turish – turmushi, ma`naviy kiyofasi, urf-odati, ayniksa, uzok o`tmishda xukm surgan ijtimoiy munosabatlar xakida kimmatli ma`lumot beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan fol`klor (nem. Fol`k – xalk, lore – bilim; donishmandlik, xalk donoligi) fani shugullanadi.
Yozma manbalar. Tarixiy manbalarning muxim va asosiy turidir. Insonning ijtimoiy faoliyati, anikrogi kishilarning o`zaro munosabatining natijasi o`larok yaratilgan va o`sha zamonlarda sodir bo`lgan ijtimoiy-siyosiy vokealarni o`zida aks ettirgan manba sifatida o`rta asr (U1-X1X asrlar) tarixini o`rganishda muxim o`rin tutadi. Yozma manbalar o`z navbatida ikki turga bo`linadi:
Oliy va maxalliy xukmdorlar maxkamasidan chikkan rasmiy xujjatlar (yorliklar, farmonlar, inoyatnomalar, moliyaviy-xisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar).
Ijtimoiy-siyosiy, ayniksa, iktisodiy munosabatlarga oid masalalarni o`rganishda rasmiy xujjatlar, moliyaviy - xisobot daftarlari va yozishmalarning axamiyati benixoya kattadir. Rasmiy xujjatlar ijtimoiy-siyosiy xayotni ma`lum yuridik shaklda bevosita va ko`p xollallarda aynan kayd etishi bilan kimmatlidir. Lekin ularning orasida, ayniksa, rasmiy yozishmalarda soxtalari xam uchrab turadi. Shuning uchun xam ulardan foydalanilganda dikkat-e`tibor va zo`r extiyotkorlik talab kilinadi. Xujjatlar ustida ish olib borganda, undan biron ijtimoiy-siyosiy vokea yoki faktni talkin etish uchun foydalanish jarayonida, bittasi bilan kifoyalanmasdan, o`xshash bir necha xujjat, manbalarni ko`shib o`rganmok zarur, chunki bitta xujjatda fakat bir kelishuv yoki fakt ustida gap boradi. Shuning uchun fakat bir xujjat bilan ma`lum ijtimoiy-siyosiy masala ustada kat`iy fikr yuritib, umumlashtirib kat`iy xulosaga kelib bo`lmaydi. Tarixiy, geo-kosmografik, xamda biografik asarlar to`grisida shuni aytish kerakki, ular xukmron sinfning topshirigi bilan yozilgan va shu tufayli ularning saxifalarida ko`prok podshoxlar va xonlarning, amirlar va yirik ruxoniylarning xayoti va faoliyati yoritilgan, moddiy boylik yaratuvchi mexnatkash xalkning tarixi esa ko`p xollarda chetlab o`tilgan.
Mojaz rasm-miniatyuralar. X-XIX asrlar davomida ko`lyozma kitoblarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis mo``jaz rasmlar xam tarixiy manba bo`lib xizmat kiladi. Yurtimiz tarixi va moddiy ashyolar, xanarmandchilik, kiyim-kechak, me`morlik obidalari va umuman moddiy madaniyatimiz xususiyatlarini o`rganmokchi bo`lsak, nafis mo``jaz tasviriy san`at namunalari- miniatyura rasmlar kimmatli manba rolini o`taydi. Chunki ularda tarixiy ashyolar tasviri aynan, ba`zan badiiy ijod xususiyatlariga moslashtirilgan xolda aks ettiriladi.
Masalan, buyuk musavvir ustod Kamoliddin Bexzodning “Samarkanddagi Bibixonim masjidining masjida kurilishi” nomli mashxur rasmini eslatish kifoya. Bu rasmda XU asrdagi kurilish jarayoni, unda ishtirok etayotgan ustalar to`grisida mukammal tasavvur beriladi. Bunday rasmlardan tarixni o`rganishda tasviriy vosita sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz so`nggi yillarda chop etilgan manbalarda ulardan shunchaki befark foydalanishlarini ko`rishimiz mumkin. Umuman, bizgacha etib kelgan kadimgi devoriy rasmlar va ko`lyozma kitoblarga ishlangan xamda aloxida murakka`lardagi rasmlar axamiyati juda katta.
Manbashunoslikka oid adabiyotlarni taxlili. Bizning tariximiz juda boy, yozma yodgorliklarimiz ko`p bo`lishiga karamay, o`z madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning o`ziga xos xususiyatlari va jaxon madaniyati xazinasiga xissa bo`lib ko`shilganlarini aloxida ko`rsatdigan manbashunoslik fani soxasida yaratilgan mukammal dasrlik va ko`llanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani soxasida olib borilgan deyarli uch ming yildan uzokrok davr davomida to`plangan tajriba umumlashtirilgani yo`k.
Xozircha mavjud darslik va ko`llanmalar ichida akademik B.Axmedovning “O`zbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan olishimiz mumkin. Kimmatli ma`lumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar yanada mukammal darslik uchun asos bo`lib xizmat kiladi.
A.Xabibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” ko`llanmasida xam kator ijobiy xususiyatlar mavjud bo`lib, ulardan tarixiy manbashunoslik bo`yicha darslik tuzishda foydalanish mumkin.
A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan ma`ruzalar majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini xarakterlashga xarakat kilingan va manbalalar to`grisidagi ma`lumotlar manba nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi.
Manbashunoslik fani ko`p asrlik an`anaga ega bo`lsa-da, yurtimiz manbashunosligi yukorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga xarakat kilindi. Manbashunoslikni o`rganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy tadkikotlar, yozma yodgorliklar nashrlari va birlamchi yozma manbalar bilan bevosita ishlashga to`gri keladi. Bu soxada Ya.Gulomov, B.A.Axmedov, A.O`. O`rinboev kabi yirik olimlar asarlari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharkshunoslik institutida saklanayotgan ko`lyozmalar tavsifini o`z ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog xamda maxsus katalog – fixristlar, tadkikotlar bo`lgusi manbashunoslar uchun namuna bo`lib xizmat kilishi mumkin.
Talabalar yordamchi manba sifatida entsiklopedik komuslardan foydalanish mumkin. Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniksa arab yozuvidagi turkiy til va garb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini yaxshi bilishi kerak. Bu soxada rus tili xam ma`lum mavkega ega. Manbashunoslik tarix fanining bir kator yordamchi soxalari – paleografiya, diplomatika, geral`dika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va xronologiya ko`dga kiritgan yutuklariga tayanadi.
Paleografiya (yunon. Paleo - kadimiy, grapxo – yozaman; kadimiy yozuv) kadimiy ko`lyozma asarlarning kogozi, mukovasi, siyoxi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi.
Diplomatika (yunon. Diploma – ikki buklangan kogoz; xujjat) rasmiy xujjatlarni o`rganish va taxlil kilish bilan shugullanadi.
Geral`dika (yunon. Geral`d –gerb, belgi, nishon) kadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilarni (masalan, kadimgi turkiy kabilalarning tamgalari) o`rganadi.
Sfragistika (yunon. Spragis –muxr) kadimiy muxrlar (podshoxlar, xonlar, amirlar va kozilar muxrlari) va ularning yozuvlarini tekshiradi.
Epigrafika – (yunon. Epi –ustida, tepasida, grapxo – yozuv; biron narsa; buyum ustidagi yozuv) tosh, metall buyumlar, yogoch va boshka kattik buyumlar ustiga o`yib yozilgan kadimgi bitiklarni o`rganadi.
Numizmatika (lotin. Numis –pul) kadimiy pullarni, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaktini tekshiradi.
Metrologiya (yunon. Metron -o`lchov, logos – tushuncha – bilim; o`lchovlar xakida tushuncha) o`tmishda turli mamlakat va xalklar orasida amalda bo`lgan ogirlik, masofa va satx o`lchovlarini o`rganadi.
Xronologiya (yunon. Xronosvakt, logos - tushuncha, bilim; vakt xakida tushuncha) kadimgi xalklar orasida va mamlakatlarda amalda bo`lgan yil xisobi va takvimni o`rganuvchi soxa. Abu Rayxon Beruniyning “Osor ul-bokiya” (“Kadimgi xalklardan kolgan yodgorliklar”) nomli asari turli takvimlarni o`rganishga bagishlangani uchun evropada “Xronologiya” nomi bilan mashxur.
Mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar:

  1. Manbashunoslik maqsadi nimadan iborat?

  2. Manbashunoslikning asosiy mavzui va vazifalari nimadan iborat?

  3. Qanday manba turlarini bilasiz?

  4. Manbashunoslikka oid qaysi darslik va adabiyotlarni bilasiz?

Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish