1-mavzu. Ma’lumotlar bazasi obyektlarini yaratish



Download 0,87 Mb.
bet1/48
Sana23.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#694675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
мавзулар MBDM

1-mavzu. Ma’lumotlar bazasi obyektlarini yaratish.


Reja:

  1. Ma`lumotlar bazasi ob’yektlari

  2. SQL ma`lumot tiplari

  3. Ma`lumotlar bazasini yaratish

  4. Ma`lumotlar bazasi jadvallarini yaratish

Ma`lumotlar bazasi ob’yektlari


Jadval
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlarida ma`lumotlar jadvallar deb nomlangan ma`lumotlar bazasining ob’yektlarida saqlanadi. Jadval ustunlar va qatorlardan iborat bo’ladi. Har bir jadvalda bir turdagi obyektlar haqidagi ma’lumotlar salanadi, ya’ni bir xil xossaga ega bo’lgan obyektlar saqlanadi.
Jadval – bu ma`lumotlar bazasida ma`lumotni saqlashning eng keng tarqalgan va eng oddiy shakli. Quyidagi misolda CUSTOMERS jadvalining ma’lumotlari keltirilgan:
+----+----------+-----+-----------+----------+
| ID | NAME | AGE | ADDRESS | SALARY |
+----+----------+-----+-----------+----------+
| 1 | Ramesh | 32 | Ahmedabad | 2000.00 |
| 2 | Khilan | 25 | Delhi | 1500.00 |
| 3 | kaushik | 23 | Kota | 2000.00 |
| 4 | Chaitali | 25 | Mumbai | 6500.00 |
| 5 | Hardik | 27 | Bhopal | 8500.00 |
| 6 | Komal | 22 | MP | 4500.00 |
| 7 | Muffy | 24 | Indore | 10000.00 |
+----+----------+-----+-----------+----------+
Maydon
Har bir jadval maydonlar deb nomlangan kichik ob`yektlarga bo'linadi. CUSTOMERS jadvalining maydonlari bu ID, NAME, AGE, ADDRESS va SALARY hisoblanadi. “Maydon”da obyekt xossasining qiymatlari saqlanadi.
Yozuv yoki qator
Yozuv ma`lumotlar qatori deb ham ataladi, u jadvaldagi bitta obyekt haqidagi ma’lumotlarni anglatadi. Masalan, yuqoridagi CUSTOMERS jadvalida 7 ta yozuv mavjud. Quyidagi misolda CUSTOMERS jadvalining bitta yozuvi keltirilgan:
+----+----------+-----+-----------+----------+
| 1 | Ramesh | 32 | Ahmedabad | 2000.00 |
+----+----------+-----+-----------+----------+
Ustun
Ustun - bu jadvaldagi ma`lum bir maydon bilan bog'liq barcha ma`lumotlarni o`z ichiga olgan jadvaldagi vertikal qism. Masalan, CUSTOMERS jadvalidagi manzil tavsifini ifodalovchi ADDRESS ustun hisoblanib, u quyidagi ko’rinishga ega.
+-----------+
| ADDRESS |
+-----------+
| Ahmedabad |
| Delhi |
| Kota |
| Mumbai |
| Bhopal |
| MP |
| Indore |
+----+------+
Ma’lumotlar bazasida Views (Ko`rinish), Prosedura, Funksiya kabi ob’yektlar ham mavjud bo’lib, ular alohida qaraladi.
NULL qiymat
Obyektlar haqidagi ma’lumotlarni jadvalga kiritishda ularning ba’zi xossalarining qiymatlari aniq bo’lmasligi yoki umuman qiymatga ega bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda xossa qiymati sifatida NULL qiymat yoziladi. Jadvaldagi NULL qiymati bu bo'sh bo’lgan maydonning qiymatidir, ya'ni NULL maydoni bu qiymatga ega bo'lmagan maydon. Odatda obyektning xossasiga qiymat bo’lishi shart bo’lmagan hollarda ushbu xossaga mos maydon NULL qiymat qabul qiladi.
Masalan, “NazoratNatijalari” jadvalida “Baho” maydoni bo’lib, ushbu jadvalda dastlab barcha talabalarda baho qo’yilgan bo’lishi shart emas, nazorat topshirilgandan keyin “Baho” maydoniga qiymat yoziladi.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish