1 - Mavzu: Maktabgacha yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi.
Reja:
O’qitish va tarbiyaning uslubiyatlari
Maktabgacha yoshlarning jismoniy tarbiyasini tashkil etish
Mashg’ulotlarda harakatli o’yinlarni tashkil etish
O’qitish va tarbiyaning asosiy uslubiyatlari
Harakatga o’rgatish eng kichik yoshdan boshlanadi. Bu esa hayot uchun kerakli malaka va ko’nikmalarni osondan qiyin didaktik prinsipi asosida, ketma-ketligida,asta-sekinlik bilan olib boriladi va jismoniy tarbiya haqida eng sodda bilimlar, shaxsiy, umumiy gigiyena qoidalari talablariga bo’ysinishga o’rgatiladi.
Maktab yoshigacha bo’lgan bolalar jismoniy tarbiyasi umumiy o’qitish uslubiyatlari asosida olib boriladi va o’qitishning quyidagi onglililk va faollik, ko’rgazmalilik , kuchiga yarashalik va individuallashtirish sistemalilik, talablarni oshirish prinsiplariga tayanadi.
Bolani harakatga o’rgatishda:
ko’rgazmalilik uslubiyatida bajarilishi kerak bo’lgan harakat, ko’rgazmali qurol orqali ko’rsatiladi, taqlid qilinadi va narsalar turgan tomonlarga qarab bajarish uchun mo’ljal beriladi.
So’z yordamida ko’rsatib tushuntiradi, buyruq yordamidan, aytib berishni so’rash va boshqa uslubiyatlardan foydalaniladi.
mashq qilish uslubiyati harakatni bajarish shartini o’zgartirmasdan va o’zgartirib bajarishdan foydalaniladi.
O’yin va musobaqa uslubiyati.
Ko’rgazmalilik uslubiyati hamma yoshdagi guruhlarda yoshning katta-kichikligida harakat malakasi zahirasining ko’p yoki ozligiga qarab qo’llanishning mezoni belgilanadi.
Eng kichik yoshlarda harakat malakasi zahirasi kam bo’lib, ularda mashqlar haqida tasavvur hosil qilish juda qiyin bo’ladi. Mashqqa o’rgatish uchun ko’rgazmalilik uslubiyatidan ko’proq foydalaniladi. Jismoniy mashqlarni ko’rsatishdan tashqari ko’rgazmali qurol, rasmlar, foto rasmlar, chizmalar, maketlardan foydalanish mashg’ulot paytida mashq texnikasini egallashni oshiradi. Harakatga o’rgatishga taqlid qilish mashqlari yuqori samara beradi. Harakatni bajarishda o’sha harakatni hayvonlar, qushlar va boshqa jonivorlar harakati misolida o’qitish bolalarda obraziga kirib bajarishga qiziqishni shakllantiradi va ta’lim jarayonini faollashtiradi.
Bu uslubni bolalar qancha kichik yoshda bo’lsa, shunchalik qiziqib bajaradilar. Bu yoshdagilardagi qurish va jismlarga qarab mo’ljal olish, qobiliyatini o’stirishni ahamiyati katta. U o’z navbatida bajarilishi qiyin jismoniy mashqlarni bajarish osonlashtiradi.Masalan; baland osib quyilgan jismdan oshirib uloqtirish , bunda tana orqali bukiladi tananing og’irligi orqada to’rgan oyoqqa yuklatiladi, yoki sakrab ,osib qo’yilgan buyumga etish, o’yinchoqlar, boshqa jismlar ilib qo’yib bajarishni samarasi yuqori bo’ladi.
Bolalarni mashqlarni qo’rqmay bajarishga o’rgatish muhimdir. Harakat malakasini shakllantirishda ritm, tempni his qildirish, ko’poq aytishuv bilan o’rgatiladigan o’qitishlarga musiqa tavsiya qilinadi.
So’zdan foydalanish uslubiyati: bolada jismoniy mashq haqida to’g’ri tasavvur hosil qilish, uni ko’z oldiga keltirib fikrlashga yordam beradi. Ko’rgazmalilik va so’z yordamida tushuntirish uslubiyati ikkalasi birga qo’yib, olib boriladi, keyinchalik bolalar jismoniy mashqlarini nomini eshitish bilan, yoki yozilganligini ko’rishi, eshitishi bilan mashqlarni qiynalmasdan bajara olish malakasiga ega bo’la boshlaydi. Bolalar qanchalik harakat malakasi tajribasiga boy bo’lsa, ularga jismoniy mashq o’rgatishda so’z bilan tushuntiriladi, bu osonroq bo’ladi. So’zni harakterli o’rgatishini har xil etapida turlicha bo’lish lozim. O’rgatishni boshlanishida harakat to’liq tushuntiriladi, keyinchalik esa tushuntirish, qisqa ko’rsatma berishlari bilan almashiladi. Ko’rsatmalar yordamida harakatdagi xatolarni to’g’rilash va ogohlantirish, ularni baholash mumkin. Buyruqlar va ko’rsatmalar maktabgacha yoshdagilarga jismoniy mashqlarni teng boshlash, tugallash, uni suratini aniqlash, ritmini harakatga yo’nalish berish uchun qo’llaniladi. Gimnastika qabul qilingan eng oddiy buyruqlar, mashq musiqasiz bajariladi. Katta yoshdagi guruhlarda foydalanish mumkin. Ko’rsatmalardan asosan kichik yoshdagi guruhlarda ko’proq foydalaniladi. Ko’pchilik jismoniy mashqlar, ashulalar, she’rlar mazmuni aytiladigan voqyealar va harakatni qanday bajarilishi kerakligi haqida yozilgan matnini o’qish bilan qo’shib ijro etiladi.
Bajarilish paytida bolalarga savol berish, ularni fikrlashga o’rgatish, o’sha jismoniy mashq haqida to’liq bilimga harakatni his qilishiga imkoniyatini ko’paytiradi.
Suhbat xoli bajariladigan jismoniy mashq haqida ko’proq ma’lumot fikrga ega bo’lish va jismoniy mashqlarni bajarish haqida lozim bo’lgan malakalarga manba bo’ladi, hamda jismoniy tarbiya va sportga oid kitoblar o’qish, rasmlar qo’yish stadionlarga ekskursiyalar va sayrlar qilish orqali ham yo’lga qo’yilish mumkin.
Mashq uslubiyati juda xilma-xildir. Maktab yoshgacha bolalarda harakatlar va jismoniy mashqlar bajarish hakatiga hamma uchun umumiy holda ko’rsatish va bajarish ko’proq olingan jismoniy mashqlar bolaning anatomik, fiziologik qobiliyatiga mos kelgan. Bu yoshda ko’proq dinamik harakterdagi mashqlar tanlab olinadi. Bir qo’llab asosiy muskul guruhlariga organizmga fiziologik ta’sir o’tkaza oladigan, chaqqonlikni harakat koordinasiyalashni rivojlantirishga sharoit yaratilgan foydalanish lozim. Bu talablarga jismoniy mashqlarni velosipedda yurish, suzish, harakatli o’yinlar, sport o’yinlari elementlaridan olingan mashqlar javob beradi. Maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarga statik harakterdagi jismoniy mashqlar berish tavsiya etilmaydi. Bu mashqlar nerv tizimi va muskullarni toldirish, qon aylanish va nafas olishni buzadi, to’liq muskul qisqarishini talab qiladigan kuch mashqlari muskul va nerv bo’g’inlarini ishlarini susaytiradi. Yosh ulg’aygan sari jismoniy mashqlar ham o’zgartiriladi va qiyinlashtiriladi. Bolalar yaslisi va bog’chalarida beriladigan mashqlar maktabgacha yoshdagilar jismoniy tarbiyasi dasturiga berilgan.
Bir yilgacha bo’lgan bolalarda kattalar yordamida passiv harakatlar aktiv harakat elementlari umumjismoniy mashqlar, emaklashlar, yugurishga tayyorlovchi mashqlar, balandlikka chiqish, eng sodda o’yinlardan foydalaniladi.
Bir yoshdan uch yoshgacha bo’lgan bolalarda sal qiyinroq bo’lgan umumjismoniy mashqlar, jismli va jismsiz ( to’p, yog’och, gimnastika o’rindig’i ), asosiy harakatlar ( yurish, yugurish, muvozanat saqlash mashqlari, chuqurlikka sakrash ), saflanishning eng oddiy mashqlari beriladi. Dasturda bu yoshdagilar uchun kerakli harakatli o’yinlar ajratilgan. Olingan o’yinlar bu yoshdagilar uchun quyidagicha soddaligiga g’olibni aniqlashi osonligi bilan farqlanadi va asosan turli obrazlar timsolida, taqlid tarzida o’ynaladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bo’gan bolalarni mashg’ulotlarga o’rgatiladi, amalda esa uni bolalar faoliyatini tashkillashning “frontal” uslubiyati deb ataladi. Masalan: bajarilishi kerak bo’lgan mashqni ayrim elementlariga ko’roq e’tibor beriladi. Bolalarga kattalarga nisbattan tez va engil shartli aloqa yuzaga keladi. Lekin ularni tez-tez qaytarib turilmasa bu shartli aloqa mustahkam bo’lmaydi. Harakat malakasini mustahkamlash uchun uni ko’p takrorlayvermaydi. Shuning uchun qaytarishni xilma-xil variantlarda takrorlash lozim.
Maktab yoshgacha bolalar jismoniy tarbiyasiga tabiatning sog’lomlashtirish kuchlari, gigiyenik omillar va jismoniy mashqlar katta ahamiyatga ega. Yuqoridagilar ta’siridan tashqari bolaning kunlik harakat faoliyati rejalashtirilsinki, ularning hammasi uning rivojlanishiga imkoniyat yaratilsin. Ta’kidlash kerakki ularni muskullar kuchini yaxshilasin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda hamma organ sistemalarni va jarayonlarni ishga solib, chidamlilik sifatini rivlantirish maqsadga muvofiqdir. Yurish, yugurish, suzish va velosipedda yurishdek mashq me’yorini barobarga orttirilsa, bu sifat rivojlanadi. Bu o’z navbatida shug’ullanuvchi yoshini hisobga olishni unutmaslikni taqozo etiladi.
Bu yoshda tayanch harakat apparati egiluvchan bo’ladi, uni qobiliyatini susaytirmaslik uchun jismoniy mashqlarni yoshiga to’g’ri keladiganlarni barchasidan yaxshi foydalanish darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |