Mavzu: OT da buyruqlar qatori intepretatori.
Buyruqlar satri - bu kompyuterning operatsion tizimini boshqarishning eng oddiy vositasi. Sichqoncha ishtirokisiz bir qator buyruqlar yordamida amalga oshiriladi .
Buyruqlar qatori konsol deb ham ataladi. U nafaqat operatsion tizimni boshqarish uchun, balki umumiy dasturlarni boshqarish uchun ham ishlatiladi.
Asosiy cmd buyruqlaridan foydalanishning afzalligi shundaki, u minimal tizim resurslaridan foydalanadi. Va bu favqulodda holatlarda, kompyuterning barcha kuchi u yoki bu tarzda ishtirok etganda muhim ahamiyatga ega.
Windows -ning buyruqlar qobig'i maxsus yordamchi dasturlar va operatsion tizim vositalariga yo'naltirish uchun Cmd.exe tarjimoni. U konsolni yuklaydi va buyruqlarni tizim tushunadigan formatga yo'naltiradi.
Masalaning yechilishi:Kompyuterimizni ishga tushirganimizdan so‘ng operatsion tizimining ishchi stoliga Windows + R tugmasini
bosamiz. Natijasi esa quyidagicha bo‘ladi: Открыт maydoniga cmd kodini yozib OK tugmasini bosamiz. So‘ngra quyidagi oynani hosil qilamiz:
Shu qora oyna chiqadi
Yuqoridagi oynadan 3-satrni tahlil qilaylik, unda C:\Users\user > kodi yozilgan. C: bu kompyuterimizning xotiradan ajratilgan C lokal diskidir. Users bu kompyuterning foydalanuvchilarini hisobga olish katalogidir. Ikkinchi user esa bu foydalanuvchining nomi hisoblanadi. Masalaning qo‘yilishi bo‘yicha lokal disklar orasidagi harakatni amalga oshiramiz, buning uchun quyidagi ketma-ketliklar bajarilishi kerak:
Yuqoridagi kodni terib natijasini ham oldik, ya’ni endi D lokal diskdamiz. Huddi shu tartibda qolgan disklarimizga ham murojaat qilsak bo‘ladi.
Keyingi bosqichda esa lokal diskimizda katalog hosil qilamiz, uning uchun avval, papkalar nomi ustma-ust tushib qolmasligi uchun lokal diskning ichida qanday ma’lumotlar borligini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi.
Buning uchun quyidagi kommandani buyruqlar satriga yozamiz:
Bu oynani tahlil qilib kuraylik qizil chiziq ichidagi yozuvlar D lokal diskda joylashgan papkalar va ularning nomi. 2-holat bu sariq rang bilan belgilangan umumiy papkalarning hajmi hisoblanadi. 3-holat esa yashi rang bilan belgilagan joy usha papkalarni yaratilgan kun-oy-yil va vaqti kursatilgan
cd buyrug‘i katalog ochish uchun foydalaniladi, uni tasvirlash uchun kod tagiga qizil rang bilan tagiga chizildi, yashil rangda tagiga chizilib tasvirlangan yozuv bu katalogimiz nomidir. Uning natijasini kompyuterizning biz ko‘rsatgan manziliga kirib tekshiramiz:
Endi D diskimizda yangi bir katalog yaratamiz.Biz buning uchun “mkdir” buyrug’idan foydalanamiz:
Bu yerda qizil to’rtburchak ichida yangi katalog yaratish buyrug’I, yashil to’rtburchak ichida katalog nomi, sariq to’rtburchak ichidagi esa yaratilgan yangi katalog.
“rename” buyrug’I orqali katalog nomini o’zgartiramiz
Kompyuterimizning tarmoq manzillarini aniqlash uchun “ipconfig” buyrug’idan foydalanamiz.
cd .. buyrug’i bilan bittadan papka ortga qaytaradi
Ver - operatsion sistemangizning versiyasini ko’rsatadi.
Systeminfo - ushbu buyruq sizga kompyuteringiz konfiguratsiyasi haqida batafsil ma’lumot beradi. Ro’yxat operatsion tizimingiz va uskunangizni mutlaqo qamrab oladi. Masalan “Windows” ning o’rnatilgan sanasi, oxirgi yuklash vaqti, BIOS versiya, umumiy va mavjud xotira, o'rnatilgan tuzatishlar, tarmoq kartasi konfiguratsiyasi va boshqalarni qidirishingiz mumkin.