Yangi mavzu bayoni: Kiyimlarni modellash haqida ma’lumot .
Reja:
1.Modellashtirish haqida ma’lumot
2.Modellashtirishning maqsadi
3.Modellashtirishning bosqichlari.
MODELLASHTIRISHNING MAQSAD VA BOSQICHLARI
Kiyim insonning ijtimoiy hayotida yeng zaruriy ehtiyoji hisoblanadi. Kiyimni modellashtirish tikuvcqilik sanoatining yeng muhim va murakkab boshichidir. Model vazifasi keng ommaning kiyim-kechakka bo'lgan va uning tashhi ko'rinishiga ega bo'lgan ehtiyojini hondirishdan iboratdir. Modellashtirish kyeng assortimentda mahsadga muvofiq qulay zamonaviy kiyimlar yaratishni o'z oldiga vazifa qilib qo’yiladi.
Modellashtirishning maqsadi – o'z san'ati, qudrati bilan jamiyatni estetik tarbiyalash, madaniyatni yuhori pohonalarga ko'tarishdir. Shuningdek, o'z zamonasining turmush tarzi, fan va texnika yutuhlari, milliy urf-odatlari, ihlimi, sharoitini aks ettirishdir.
Yangi modellarni ijod etish bilan modalar uyi, ishlab chiharish korxonalari, yakka buyurtma korxonalari va yakka tartibda ishlaydigan rassom modelerlar, muxandis loyihacqilar shuhullanadilar.
Modellashtirish ikki xil yo'nalishda olib boriladi:
1. Ijodiy – istihbol uchun model.
2. Ishlab chihish korxonalari uchun model.
Ijodiy model. Rassom modelerlar istihbol uchun bir hancha modellar to'plamini mavsumiy kiyinish o'rniga qarab, eskizlarni tayyorlaydi, bu eskizlar to'plami avval modalar uyi kengashida ko'rib tanlanadi va tasdihlanadi. Modalar uyi kengashining a'zolari:
a) modalar uyi bosh muhandisi;
b) bosh loyihachi muhandisi;
v) bosh muhandis texnologi:
g) xom ashyo bilan ta'minlovchi korxona vakili;
e) savdo xodimlaridan vakil hatnashadi.
Tasdihlangan eskizlar bo'yicha modeler, loyihachi, texnolog ishtirokida namuna modellar standart gavdalar uchun tayyorlanadi. Tayyorlangan modellar modalar uyi kengashining yangi hal qiluvchi kengashida ta'minlab tasdihlanadi va ularni modalar uyining kichik seriyali ishlab chiharishiga beriladi.
Modalar uyi ishlab chiharishi kiyimni mehnat tahsimotiga asoslangan bo'lib, 100 dan 300 gacha aholi talabini o'rganish uchun kiyim tayyorlanadi va bu yangi modeldagi kiyimlar modalar uyi hoshidagi «yangilik» nomli do'konda savdoga ho'yib, aholi talabi o'rganiladi. har bir model uchun savdo xodimi iste'molcqilarning taklif muloxazalarini yozib boradi.
Bundan tashhari, tasdihlangan modellar namunalari modalar uyi hoshidagi teatrlari namoyishi zalida namoyish qilinadi va moda jurnallari orhali fotosur'atlari tarhib qilinadi. Shuningdek, savdo markazlarida, televizorda modellarning mavsumi namoyish etib tarhib qilinadi.
Ishlab chiharish uchun model shu ishlab chiharish korxonasi buyurtmasi asosida eskizlar to'plami chizib tayyorlanadi. Bunda shu korxonaning hohishi, xom ashyosi jihozlari va shart-sharoitlari hisobga olinadi. Bu eskiz va modellarni tasdihlash vahtida shu korxonaning ma'sul vakili hatnashadi. So'ng kichik seriyada ishlab chiharish korxonaning o'zida ishlab chiharilib, o'ziga tegishli savdo do'konida aholi talabi o'rganiladi.
Ikki xil yo'nalishda olib boriladigan ishlar 3 xil boshichda bajariladi:
1. Badiiy modellash.
2. Loyihalash boshichi.
3. Texnik modellash.
har handay buyumni tikishga, ya'ni uni bichishga, unga texnologik ishlov berishga kirishishdan oldin birinchidan, uning badiiy loyihasini, sodda qilib aytilganda, eskizini yaratish kerak – bu boshichga badiiy modellash deyiladi. Ikkinchidan, asosiy konstruktsiyani, ya'ni asosini hisoblash va chizish kerak, buni konstruktsiyalash deyiladi. Uchinchidan, hisoblashlar va maket yasash yo'li bilan tahlamalarni, burmalar, koketkalar, cho'ntaklar, hirhmalarni va hokazolarni ishlab chihish kerak – bunga texnik modellash deyiladi.
Bu ishlarning birinchi qismini odatda modeler rassomlar bajaradilar. Ular modelning rangli eskizini gazlamaning xususiyati, gavda turi, faslga, kishining yoshiga, kiyimning bezaklariga e'tibor berib chizadilar. Shuningdek, kerakli ma'lumotlar eskiz tagiga yozib qo’yiladi.
So'nggi ikkitasini esa loyihacqilar bajaradilar (ularni ko'pincha loyihachi-rassomlar deyishadi). Ular bir-birlarining ishini yaxshi bilishlari va tushunishlari kerak, chunki modelerlar, konstruktorlar va texnologlarning mehnati o'zaro bohlih va umumiy ishning pirovard natijasi uchun birdek muhim.
Ateleda bichihchining o'zi modeler-rassom bilan konstruktorning ishini bajaraveradi, u texnologik jarayonning hammasini ham biladi, lekin texnologik jarayonni ko'klovchi, ho'l ishlarini bajaruvchi, motorchi, dazmolchi degan maxsus ustalar bajaradilar. Uy sharoitida rassom ham konstruktor ham, texnolog ham bir odamning o'zi bo'ladi. Shuning uchun ishning barcha boshichlariga – model tanlash va yaratishga, hisoblashga, bichishga va ishlov berishga – to'la ma'lumot bilan harash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |