Ikkinchi-kichik guruhda rasm chizishga o’rgatish. Bu guruh bolalar (3
yoshli bolalar) psixolog jixatdan rivojlanadi, turmush tajribalari o’sadi. Tarbiyachi
bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo’yicha mashg’ulot olib borganda bolalarning
rasmga nisbatan qiziqishlarini orttiradi. Bu guruhda bolalarning rasm ishining sifati
emas, balki ish protsessi qiziqtiradi. Rasm bo’yicha barcha guruh bolalari
tarbiyachining og’zaki ko’rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko’rsatib bergan
usullarini bajarishga o’rganib boradilar. Bu yoshdagi bolalar rasm faoliyatida tezda
o’yin faoliyatiga o’tish bilan ajralib turadi. Masalan: doirachalar chizib, uni ichini
qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho’qiyapti deb ifodalaydi. Bunda yosh
bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan
ranglar tortadi. Bolalar tasviriy jarayonida so’z bilan ifodalashga o’rganadilar.
Rasmda tasvirlay olmagan voqealarni so’z bilan to’ldiradi. Bolalarda mustaqillik,
aktivlik o’sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg’ulotda olgan bilim va ko’nikmalardan
mustaqil foydalanish imkoniyatini tug’diradi. Agarda 1 kichik guruxda bolalarni
nimanidir tasviriyga o’rgatilsa, 2 kichik guruhda bolalarni narsalarni tasviriy
usullariga o’rgatib boriladi. Bolalar turli shakldagi predmetlarni tasviriyga
o’rgatiladi, doira, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak va turli yo’nalishdagi chiziqlar
to’plamidan iborat narsalarni chizadilar. Predmetlarni shaklini to’g’ri tasvirlashga
o’rgatish uchun bolalarni qo’llarini shakliy harakat qilishga o’rgatish lozim.
Bolalarni predmet shakli bilan qo’lning shakl harakatlari o’rtasidagi bog’liqlikni
o’rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o’rgatishdan oldin, uni
mashg’ulot oldidan ko’rib chiqadi.(ya’ni ko’zatish olib boradi). Bolalar jonu-dili
bilan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa munchoqlarni tasvirlaydilar. To’g’ri
to’rtburchak shaklini tasviriyga bolalar bu guruh.da qiynaladilar, Shuning uchun bu
shakl yilning 2 yarmida beriladi. Bolalar archa, daraxt tursa yiqilmas qo’g’irchoq,
aravachani tasvirlaydi. Ranglarni qizil, sariq, ko’k, yashil, qora, oqlarni bilishga
o’rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlarni (pushti, havo rang va zarg’aldoq,
jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu guruh.bolalarini ranglarni to’g’ri atash va
tasviriy aniq talab etilmaydi, ammo tarbiyachi asta-sekin predmetlarni rang tusini
real tasviriyga o’rgatib borishi kerak. Masalan:Ko’m-ko’k o’tlar o’smoqda,
o’tlarda sap-sariq jo’jalar o’tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruxda bolalarning
mazmun jixatidan juda kambag’al bo’ladi, ya’ni ishlar mazmuni asosan so’zda
ifodalaniladi. Masalan: mashina chizib, so’z bilan mazmun beradi, u bu mashina
yurib ketdi yoki yuk olib kelyapti. Mashg’ulot davomida bolalar bir turdagi
predmetlarni bir necha marta tasvirlashni o’rganadilar. Bu esa bolalarni texnik
ko’nikmalarini mustaxkamlaydi. Rasm davomida ishni tezda tugatgan bolalarga
tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi vazifalar berishi
mumkin. Masalan: o’t ustida yurgan jo’jalar yonida don yoki turli
chuvalchanglarni solishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan
ishlarini mazmunan boyitib borish va bolalarni ham Shunga o’rgatib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |