1-Mavzu: maktabgacha yoshdagi bolalarni rasm chizishga o‘rgatish. Reja: Alohida predmetlarni chizish


Tayyorlov guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni  va



Download 344,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/18
Sana01.09.2021
Hajmi344,8 Kb.
#162376
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
4-----1-maruza mavzusi (8)

Tayyorlov guruhda dekorativ rasm chizishga o’rgatishning mazmuni  va 

vazifalari.  Yetti  yoshdagi  bolalarni  dekorativ  rasm  solishga  o’rgatish  vazifalari 

quyidagicha: 

 Kompozitsiyalash  xissini  rivojlantirish:  yassi  va  xajmli  shakllarda 



predmetning ahamiyatliligiga va belgilangan maqsadiga nisbatan naqshlarni 

tuzish. 


 Ranglar  hissini  rivojlantirish:  turli  xildagi  ranglardan,  ularning  nozik 

rang  jilosi  (ottenok)  dan  turli  moslaShuvlarda  foydalanish.(Qizil-  pushti 

rang; ko’k–moviy rang; yashil–och yashil rang; qora–kul rang). 

 

Xalq dekorativ naqshlarining turli ko’rinishlarining ahamiyatini ko’ra 



olishni  o’rgatish;  rasmlarda  halq  naqshining  aloxida  elementlaridan 

foydalanish; 

 

Qalam  va  bo’yoqlar  bilan  chizish  texnik  ko’nikmalarini 



takomillashtirish. 

     Maktabga tayyorlov guruxiga  yumaloq to’g’ri burchakli shakllarda naqsh 

chizishning  asosiy  printsiplari  bilan  tanish  bo’lgan  bolalar  keladi.  Ularga  yangi 



shakllar–to’g’ri  to’rtburchak  va  ko’pburchak,  hamda  turli  xildagi  yassi  shaklli 

predmetlar–vazalar, ko’za (kuvshin) lar, piyola (chashka) lar, qo’lqoplar, shapkalar 

va xokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to’g’ri geometrik shaklga ega emas, 

va  ularda  naqsh  chizish  turli  printsiplardan  foydalanishni  talab  qiladi.  (Masalan: 

ko’zacha  bo’ynining  chetiga–chiziqli  ornament  (naqsh)  chizilsa,  yumaloq  qismi 

esa–markazda  chiziladigan  naqshdan  foydalaniladi).  Undan  tashqari  simmetriya 

haqidagi tuShuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o’ng tomonga 

joylashtirishdan tashqari, bolalar ko’zgusimon aks bilan tanishadilar. (Zerkalьnoe 

otrajenie);  ko’zgusimon  aksda  naqshning  qismlari  o’z  o’rnini  o’zgartiradi.  Undan 

so’ng  bolalar  to’rsimon  bezak  printsipi  asosida  bir  turdagi  naqsh  bilan–

elementlarni  shaxmat  ketma-ketligida  qaytarib,  galma-gal  chizish  bilan  butun 

shaklni  to’ldirish  usulini  egallaydilar.  Bolalar  matolar  uchun,  qo’g’irchoqning 

ko’ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Uchburchakdagi naqsh faqat chetlarida, 

burchaklarida bo’lmay, balki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo’ylab 

tarqalishi  mumkin.  Bunday  hollarda  teng  tomonli  uchburchak  shakli  emas,  balki 

yon  tomonlari  teng  bo’lib,  tugri  yoki  utmas  burchakli  uchburchak  shakli  olinadi. 

Bolalar  ularda  uchburchak  shaklga  ega  bo’lgan  ro’molcha  naqshini  chizadilar. 

Naqshni  chizish  uchun  bolalar  turli  tabiiy  shakllardan  (o’simliklar,  hayvonlar) 

foydalana  boshlaydilar.  Maktabga  tayyorlov  gurux  bolalari  halq  dekorativ  naqsh 

bezaklarining  elementlaridan  o’z  naqshlarida  foydalanishlari  mumkin.  Bunda 

asosiy  usul  saqlanib  qolishi  kerak.  Tarbiyachi  bolalarni  halq  san’atining 

namunalariga  qarab,  naqsh  jimjimalarini,  mayda  va  yirik  shakllarni  o’zaro 

moslashtirishni,  ularni  o’tsimon  bezak  bilan  bezashni,  berilgan  naqshga  hos  

ravishda  ranglardan  ma’lum  moslaShuvda  foydalanishni  o’rgatadi.  (Xoxlomska, 

Do’mkovskaya,  Ukrainskaya  va  b.)  Dimkov  namunasi  ostida  loydan  yasalgan 

o’yinchoqlarni  bezashdan  tashqari,  bolalar  yana  papьe–mashedan  yasalgan  katta-

kichik  tarelkalarni,  stakanlarni  Xoxlom  yoki  Jostov  naqshlariga  asoslanib 

bezashlari mumkin. 

     Tayyorlov guruxda bolalar faqat bo’yoqdan emas, balki rangli qalamlardan ham 

foydalanishni  o’rganadilar.  Kichikroq  guruxlarda  rangli  qalamlardan  faqat 

mazmunli  rasm  mashg’ulotlarida  foydalanilar  edi,  chunki  bolalar  qalam  bilan 

kerakli ranglarni me’yoriga yetkaza olmasdilar; bu esa dekorativ rasmda juda katta 

ahamiyatga  ega.  Ozoda,  bir  tekisda  yorqin  shtrixlash  kabi  texnik  qiyinchiliklar 

ko’pgina diqqatlarini va kuchlarini olib qo’yar edi. Tayyorlov guruxidagi bolalarda 

ma’lum  ko’nikmalar  mavjud  bo’lib,  ular  qalamdan  turli  rang  jilolarini  hosil  qila 

oladilar.  Masalan:  gulning  har  bir  gulbargini  markazdan  qalam  bilan  turli  xil 

bosimda  shtrixlanadi.  Bolalar  faqat  yorqin  ranglarning  moslaShuv  go’zalligini 

emas,  balki  nozik,  sokin  va  bir  vaqtning  o’zida  ko’zlar  uchun  yokimli  bo’lgan 

ranglarning  go’zalligini  ko’rishga  o’rganadilar.  Tayyorlov  guruxida  bu  vazifa 

qalam  hamda  bo’yoqlar  bilan  chizishda  xal  qilinadi.  Dekorativ  rasmda  barcha 

guruxlarda  faqatgina  guashьdan  foydalaniladi,  chunki  guashьda  bir  rang  ustiga 

boshqa rang bilan chizish imkoni bor; dekorativ rasmda ko’pincha bunday ustma-

ust chizish talab qilinadi va akvarelь bo’yoq bunday imkonga ega emas. 

Nazorat savollari 

1.Applikatsiyaga o’rgatishning asosiy maqsadini ayting. 



2.Applikatsiya turlari haqida ma’lumot bering. 

3.Applikatsiya  ishini  bajarishda  ishlatiladigan  kerakli  asbob  uskunalarga  bo’lgan 

talablar haqida ma’lumot bering. 



Download 344,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish