1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1



Download 0,65 Mb.
bet4/41
Sana05.05.2023
Hajmi0,65 Mb.
#935275
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn

NAZORAT SAVOLLARI
1.Badiiy qo‘l mehnatiga nimalar kiradi ?
2.Qurilish materiallarni konstrukstiyalash nima?
3.Qog‘ozdan konsturkstiyalash nima?


Baholash “5” balli tizim asosida amalga oshiriladi.
“Qoniqarsiz” - 55%dan past “Qoniqarli” - 55%-69%
“Yaxshi” - 70%-84% “A`lo” - 85%-100%
Baholash mezonlari





Mezonlar

2

3

4

5

1

Mazmun













2

Guruhfaolligi













3

Dizayn













4

Taqdimot















Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori


2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006
Internet manbalari.

http://www.ziyonet.uz.


3-Mavzu: Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida rasm chizishga o`rgatish
REJA:
1.Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm turlari.
2.Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida predmetlarning rasmini chizishga o‘rgatishning vazifalari.
3.Maktabgacha ta’lim muassasasida mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning vazifalari.
4.Maktabgacha ta’lim muassasasida dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning vazifalari.


Tayanch tushunchalar: grafika-rassomlik, kolorit,kompozitsiya.

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishda rasm turlari.


Rasm chizish — predmet va hodisalarni grafika-rassomlik usulida tasvirlash
bo’lib, uning asosi kolorit, shakl va kompozitsiyadir. Predmetni kuzatar ekanlar, bolalar rasmda uning xarakterli xususiyatlarini ifodalaydilar; badiiy obraz yaratar ekanlar, mazmunni aks ettirishni o’rganadilar; rasm chizish texnikasining boshlang’ich malakalarini asta-sekin egallab, naqshning ba‘zi elementlarini o’zlashtiradilar (dekorativ rasm chizishda):
Maktabgacha ta‘lim muassasasida bolalarni tasviriy faoliyatga o’rgatishda rasm
asosiy o’rin egallaydi va uchta turni o’z ichiga oladi:
Alohida predmetlarni chizish.
Mazmunli rasm chizish.
Dekorativ rasm chizish.
Tasviriy faoliyatga o’rgatishning asosiy vazifasi–tevarak-atrofdagi borliqni
tasavvur qilishda bolalarga yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go’zallik hissini tarbiyalamoq, hamda tasvirlab berish usullarini o’rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi–ma‘lum bir yosh uchun mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida predmetlarning rasmini chizishga o‘rgatishning vazifalari. Psixologlarning tadqiqotlariga ko’ra, bitta predmetni boshqa predmetlar orasidan ajratib olish uchun bolaga shu predmetni idrok qilishda predmetning shaklini bilishga yordam berar ekan. SHakllarni tasvirlash jarayonidagi xatoliklar faqatgina bolaning noto’g’ri tushunchalari va ko’nikmalarning etarli emasligi emas, balki predmetni to’g’ri idrok etishni bilmasligi bilan tushuntiriladi. Bolaning tasvirlay olish qobiliyati hali yaxshi rivojlanmagani uchun uning oldida fikr yuritib tasvirlash kabi qiyinchiliklari ham turadi. Rasmda shakl to’g’ri kontur bilan chegaralab chiqilgan, lekin shu bilan birga ishning 1-bosqichlari chiziqlarni to’g’ri aniq chizish va konturlarni (aniqlash) tasviriy, rasmda ishlash jarayonining vazifasi bo’lib hisoblanmaydi. Agar umumiy shakl topilmagan bo’lsa, konturni to’g’ri chiziq bilan chizib bo’lmaydi, chunki u har doim o’zgaruvchan, shunga qarab uni chizish ham o’zgaradi, ya‘ni nitijasi, rasmning oxiri yo’nalishi ham o’zgaruvchandir.
Rassom predmetni tasvirlayotganda avval asosiy shaklning belgilarini qog’ozda belgilab oladi. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolaga, ayniqsa, 3-4 yoshli bolaga tasvirlashning bunday usuli juda qiyin, chunki u predmetni butunligicha tasavvur qila olmaydi. Unga predmetni asta-sekinlik bilan bir tomonga chizish osonroq. Tasvirlashning bu usuli bolaning ishini osonlashtiradi. oldin bitta bo’lagini tanlab, naturadagi keyingi bo’lagini eslab yoki ko’rib shu bo’lagini bo’lakka bo’lib, rasm chizishni davom ettiradi. Asta-sekinlik bilan bolalarga rasmning umumiy belgilarini qog’ozga tushurib chizishni o’rgatish zarur, chunki rasmni bo’laklarga ajratib chizishning o’ziga hos qiyinchiligibor. Bunda kerakli shaklning asosiy bo’laklari va ikkinchi darajali bo’laklarning
o’zaro joylashishlari va fazodagi o’rinlarini aniq proporsional holatda chizish, aniqlash qiyin bo’ladi. Hamma yosh guruhlar uchin rasm chizish faoliyatiga o’rgatishning asosiy umumiy vazifalari quyidagilar:
1. Predmetning shakli va tuzilishini tasvirlashga, ularning qismlarini o‘zaro proporsiyalashni ko‘rsatib berishga, harakat natijasida ularda o‘zgatishlarda o‘rgatish.
2. Tasvirlashni obrazli yorqin qiladigan ba’zi bir xarakterli qismlarni tasvirlashga o‘rgatish.
3. Predmetning rangini, uning mazmuni va obraz xarakterini o‘zaro birlashtirib berishga o‘rgatish.
Bo‘yoq, rangli qalam va boshqa materiallar bilan chizishda texnik ko‘nikmalarni
Rivojlantirish Rasm chizishning birinchi mashg’uloti qog’oz va qalam bilan
tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o’yinchoqlardan bolalarga ma‘lum bo’lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin.
Qog‘oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo‘ldi. Qalamning
ochilgan uchi qog‘ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa, iz qoldirmaydi. Agar sekin
bosilsa, qog‘ozda uning izlari ko‘rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog‘oz yirtilib
ketishi mumkin.Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko‘rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni o‘yg‘otadi. Bulardan tashqari oddiy texnik ko‘nikmalarni qalam, mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish Rasmda tasvirlayolmagan voqealarni so’z bilan to’ldiradi. Bolalarda mustaqillik,
faollik o’sadi. Tarbiyachi bolalarga mashg’ulotda olgan bilim va ko’nikmalardan mustaqil foydalanish imkoniyatini tug’diradi. Kichik guruhda bolalarni narsalarni
tasvirlash usullariga o’rgatib boriladi. Bolalar turli shakldagi predmetlarni tasvirlashga o’rgatiladi, doira, to’g’ri to’rtburchak, uchburchak va turli yo’nalishdagi chiziqlar to’plamidan iborat narsalarni chizadilar.
NAZORAT SAVOLLARI
1.Alohida predmetlarni chizish haqida ma’lumot bering.
2.Mazmunli rasm chizish haqida ma’lumot bering.
3.Dekorativ rasm chizish haqida ma’lumot bering



Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish