1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1



Download 0,65 Mb.
bet38/41
Sana05.05.2023
Hajmi0,65 Mb.
#935275
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn

Faoliyatni olib borilishi:
1. Landshaft tasvirlari bilan rasmlarni tomosha qilish
2. Katta qog‘ozdan narsalarni kesib, applikasiya uchun tayyorlash.
3. Qog‘ozga kompozisiyani chizish.
E’tiborga molik jihati: Kompozisiyani tuzishda simmetriyaga amal qilish. Bolalarni asarlar ko‘rgazmasini o‘tkazishga taklif qiling.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil 22 dekabr 802 – sonli qarori


2. “O’zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari” Toshkent. O’zRMTV 2018 yil
3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent. O’zRMTV 2018 yil3. M.X.Tadjiyeva;
4. M.Nurmatova, SH.Xasanova: Rasm ,buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. T.2012 y 107-108 bet
5. O.Xasanboyeva “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent. “ILM ZIYO” qo’llanma-2006

29-Mavzu : Qurish – yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o‘rni
Reja:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan qurilish maleriallari yordamida o‘yin va mashg‘ulotlar o'tkazishning ahamiyati
2. Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan 0‘rni
3. Qurish-yasash faoliyati
Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan qurilish maleriallari yordamida o‘yin va mashg‘ulotlar o'tkazishning ahamiyati katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha la’lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o‘tkaziladigan o'yin va mashg‘ulotlar katta o‘rin egallaydi. Bolalarning quril­ish o‘yinlari rollarga bo’linib o‘ynaladigan o‘yinlarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o‘yinlarida ham bolalar tevarak- atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Quri­lish o‘yinlarining mazmunini bolalarning o‘zlari yaratadilar. Bola­lar, ko‘pincha, kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib, «Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o‘yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o‘z o‘yinlarida qurilishlarni trans­port harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks et­tiradilar. Bunday o'yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg‘otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng im­kon yaratadi. Mashg‘ulot va o‘yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Ular rollarni o‘zsro boMishib ola­dilar, ishlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va masla- hatlashadilar.
QURISH-YASASH VA UNING BOLALAR TARBIYASIDA TUTGAN 0‘RNI
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo'lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, degan ma’noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qo- g‘ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o‘ym- choqlar yasash o‘rgatiladi. 0‘z xarakteriga ko‘ra bolalar qurish- yasashi ko‘pincha tasviriy va o‘yin faoliyati bilan o‘xshashdir, bu tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o‘yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg‘a uchun.
Qurish-yasash faoliyati — amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgi- langan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o‘rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak- atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko‘nikmasi, mustaqil flkrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat’iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bo­lalarni maktabda o‘qishga tayyorlaydi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog‘ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi. Materialning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi.
Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda quri­lish materiallaridan, turli xil mayda to‘plamlardan foydalaniladi. Masalan, M.P. Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7 mazmunli to‘plamlar: «Kosmodrom», «Temir yo‘l vokzali» va boshqalar. Mash- g‘ulot paytida materiallar ko‘p boMishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, o‘simlik va transportni ifodalovchi mayda o‘yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi aniq narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yo‘lovchilar uc­hun ko‘prik yasaydilar. 0‘yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o‘yin faoliyatining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Qurilish materiallari ma’lum bir javonlarda, tartib bi­lan saqlanadi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish