Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moslashtirilgan «O’zbek xalq bolalar cholg’u asboblari» to’plami
Maktabgacha yoshdagi bolalarning musiqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ularda o’zbek milliy xalq cholg’u asboblariga qiziqish va mehrni oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining O’zbekiston Davlat Konservatoriyasining xalq cholg’ularini takomillashtirish ilmiy tadqiqod eksperimental laboratoriyasi mudiri, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi A.X.Liviev hamkorlikdagi mehnati maxsulidir. Ushbu to’plamda maktabgacha yoshdagi bolalar va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflari uchun o’zbek xalq cholg’ularining maktabgacha yoshdagi bolalarga moslashtirilgan yangi turlari ishlab chikildi
Undan dutor, rubob, tanbur, soz, doira, nog’ora, safoyil, quticha, nay, qonun kabi o’zbek xalq cholg’ulari joy olgan. Ushbu cholg’ular asl ko’rinishi va tuzilishi saqlangan holda, maktabgacha yoshdagi bolalar chalishi uchun moslashtirilgan, ya’ni xajmi va vazni jihatidan kicharytirilgan va yenglilashtirilgan. To’plam bolalarni xalq cholg’ulari bilan tanishtirishda tarbiyachi-pedagoglar ishini yengillashtiradi. Musiqa mashg’ulotlari musiqaga oid ilk ma’lumot va tushunchalarni berishda hamda turli musiqaviy-didaktik o’yinlarda foydalaniladi. To’garak mashg’ulotlarida chalishni o’rgatish uchun mo’ljallangan.
MTTda ansambl tashkil etish oson ish emas. Buning uchun ma’lum sharoitlar - cholg’u asboblari, fonoteka, ko’rgazmali qurol va vositalar bo’lishi talab etiladi.
Bolalar ansamblining asosini o’zbek xalq cholg’u asboblari:
Zarbli (doira, quticha, safoil, nog’ora);
Torli (soz, qonun, dutor, qashqar rubob, tanbur) cholg’u asboblari;
Ijro uslubiyotini muvaffaqiyatli egallash cholg’u asboblarining qulay holatda turishi, ijro etuvchining to’g’ri o’tirishiga va qo’llarning to’g’ri tutilishiga bog’liqd ir. Ijro etish paytida quyidagilarga rioya qilish tavsiya etiladi:
a) stulda suyanchiqqa suyanmasdan va gavdani oldinga judayam engashtirmay o’tirish;
b) rubob, soz, tanbur va dutor chaluvchilar o’ng qo’l panjasini judayam egmasliklari lozim;
v) o’ng qo’l panjasining erkin harakat qilishiga erishish;
g) chap qo’l kaftining cholg’u asbobi dastasiga tegib ketishiga yo’l qo’ymaslik;
d) ijro etish paytida chap qo’l barmoqlarining yarim bukilgan holda torlar ustida bo’lishini kuzatib borish.
Dutor, rubob, soz va tanburda ijro etuvchi stulda o’ng oyog’ini chap oyog’i ustiga chalishtirib o’tiradi. Cholg’u asbobining qovurg’asi (harrakdan pastki qismi) o’ng qo’l bilagining o’rta qismi (panja bilan tirsak o’rtasidagi qismi) bilan sal qisiladi. Shu tufayli cholg’u asbobi barqaror turadi. Mediator o’ng qo’l ko’rsatkich barmog’i va bosh barmoqning birinchi bo’g’inlari bilan ushlanadi. Sal egilgan qo’l panjalari torlar ustida bemalol tushirish lozim. Chap qo’l cholg’u asbobining dastasini shunday ushlashi kerakki, dasta ko’rsatkich barmoqning katta bo’g’inida turadigan bo’lsin. Salgina bukilgan bosh barmoq esa dastaning yuqori qirrasini bosadigan bo’lsin. Dasta ozgina oldinga engashtiriladi va polga qaratib, 25-30 darajali burchak ostida ushlanadi. Bukilgan ko’rsatkich barmoq, o’rta barmoq, yon barmoq va jimjiloq bir-biriga tegmasdan, torlar ustida turishi kerak.
Tovush hosil qilish usullari:
A) bir torni mediator bilan pastga urish;
b) torni mediator bilan yuqoriga va pastga almashinuvchi urishlar;
v) torni mediator bilan pastga va yuqoriga tez-tez urib, uzluksiz tovush “bidratma” taassurotini hosil qilish;
g) torni bosh barmoqning do’ngchasi bilan pastga urish - chertib, chimdib olish (pitstsikato).
Almashib turadigan, siyrak zarblarda mediatorning ikkala tomoniga bir maromda sirg’anishiga erishish lozim. Odatda, taktning kuchli xissasi pastga zarb urish bilan (P), kuchsiz xissasi yuqoriga zarb urish bilan (V) ijro etiladi. Bunday tovush chiqarish usuli tremologa tayyorgarlik hisoblanadi:
- tremolo paytida mediator zarblari o’z tezligi jihatidan bir maromda va kuchi jihatidan bir xil bo’lmog’i kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |