Akkordeon – musiqa ostida harakatlanish vaqtida jo’r bo’lish uchun juda qulay klavishli cholg’u asbobi. Shuningdek undan kuylashga o’rgatishda ham qo’llash mumkin. Akkordeon cholg’usida havo haydash vositasida tovush hosil bo’ladi. Akkordeonnig vatani Kavkaz o’lkalari bo’lib, 19 asrda o’rta Osiyo harqlarida ham qo’llana boshladi. O’zbek musiqa san’atida ham akkordeonning alohida o’rni bo’lib, Xorazm maxalliy uslubida uning o’rni ayniqsa beqiyos.
Bayan –rus xalq cholg’usi bo’lib, bolalarni qo’shiq aytishga o’rgatishda foydalanish uchun juda qulay cholg’udir. Shuningdek, musiqa tinglash faoliyatida foydalanish mumkin. Bayan cholg’u asbobidan pedagog bolalar bilan birgalikda bolalar cholg’ulari orkestrida chalish uchun qo’l kelishi aniq, chunki uning jarangi bolalar cholg’ularining jarangi bilan birmuncha yaqin va hamohang.
Dutor – tirnama torli o’zbek xalq cholg’u asbobi. Dutorning tanasi ikki qism– kosa va dasta qismlaridan iborat bo’lib, ular o’zaro birlashtirilgan va ustidan ikkita tor tortilgan. Dutorning nomlanishi ham uning tuzilishidan kelib chiqadi: «du» fors-tojik tilidan tarjima qilinganida – «ikki» degan ma’noni bildiradi. Dutor – ikki tor deganidir. Dutorning dasta qismi pardalarga bo’lingan bo’lib, zamonaviy dutorlar royalь va pianino cholg’ularining xromatik tovushqatorlariga mos sozlanish imkoniyatiga ega. Dutor cholg’u asbobida tovush uning torlarini qo’l barmoqlari bilan chertish natijasida hosil bo’ladi. Dutorning qosa qismi pastroq, tizzalarga qo’yilgan, dasta qismi yuqoriroq tutilgan holda chalinadi. Tovushi mayin, yumshoq bo’lib, kichik xonalarda ijro etishga mo’ljallangan.
Rubob – torli o’zbek xalq cholg’u asbobi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga rubobning asosiy ko’rinishi - qashqar rubobi tanishtiriladi. Rubob ham dutor kabi ikki qism – kosa va dasta qismlaridan iborat xalq cholg’usi. Rubobda beshta tor bor. Bundan tashqari kosa qismninig yuqorisida qoshlari, dasta qismning yuqorisida esa, torlarni sozlash uchun foydalaniladigan quloqchalari ham bor. Rubob ko’krak ustida yotiq tutilgan holda, maxsus moslama – mediator yordamida chalinadi. Mediatorni o’ng qo’lning bosh va ko’rsatkich barmoqlari bilan ushlanadi. Rubobning tovushi jarangdor va ochiq.dir.
Doira (childirma) – urma zarbli xalq cholg’u asbobi. Aylana shaklidagi gardish, unga tarang tortilgan teri, gardishlarga osilgan sirg’alardan iborat cholg’u asbobi. Doira ikki qo’l kaftlarining bosh va ko’rsatkich barmoqlari orasida tutilib, tovush qo’l kaftarli bilan teri qismiga urish natijasida hosil bo’ladi. Gardishiga yaqinroq, ya’ni chekka qismida yuqoriroq balandlikdagi «bak», o’rta qismida quyiroq tovushbalandlikka ega «bum» tovushlari hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |