1. Yurish. Asosan, pastki qismdagi mushaklarni mustahkamlaydi, joydagi harakat yo’nalishiga tez moslashish xususiyatini rivojlantiradi.
Yugurish. Har taraflama jismoniy rivojlanish sari yetaklaydi, yurak va o’pkaning faoliyatini mustahkamlaydi.
Sakrash. Oyoq mushaklari, qorin va butun tanani rivojlantiradi, oyoq bo’g’imlarini o’zaro aloqasini mustahkamlaydi.
Raqslar. Bolalarda nafislikni, go’zallikni, ifodali harakatlar va ijodiy qobiliyatlarini tarbiyalaydi.
Musiqa jo’rligida gimnastika mashqlari, har xil ko’rinishda saflanish, predmetlar bilan mashqlar, raqslarning tayyorgarlik mashqlari, raqs ko’rinishidagi harakatlar, oddiy xalq raqslari ijro etiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti bayram ertaliklari va o’yin kulgi kechalari.
Qo’shig’im, jon qo’shig’im
Maqsad. Bolalarda tanish qo’shiqyaarni ifodali kuylashni, zo’riqmay tabiiy tovush bilan kuylashni mustahkamlash. Qo’shiq janriga qiziqish uyg’otish. Musiqiy tafakkurni yanada boyitish.
Bolalar yengil musiqa sadolari ostida kirib, joylariga o’tirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |