1-mavzu: «Maktabda personalni boshqarish» fanining mohiyati va vazifalari Reja: «Personalni boshqarish»



Download 18,94 Kb.
bet1/6
Sana12.04.2022
Hajmi18,94 Kb.
#544926
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-tema


1-mavzu: «Maktabda personalni boshqarish» fanining mohiyati va vazifalari
Reja:
1.«Personalni boshqarish» – fan sifatida
2.Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları
3.Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni
4.Personalni boshqarishning tamoyillari

1.1. Personalni boshqarishning mohiyati, maqsad va vazifalari, tamoyillari hamda uning tashkiliy tuzilmasi.


Mamlakatimizda bozor munosabatlari tarkib topishi personalni boshqarish tizimida bir qator vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi. Jumladan, korxona va tashkilotlarning bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘z mavqelarini saqlab qolishi, ularning raqobatbardoshliligini ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida personalni boshqarish sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarning ilmiy va amaliy usullari to‘g‘ri tanlanishini talab etadi. Rejali boshqaruv amaliyotida «personalni boshqarish» tushunchasi yo‘q edi. Lekin, har bir korxona va tashkilotda kadrlar boshqaruv tizimi va jamoani ijtimoiy rivojlantirishning funksional kichik tizimi mavjud edi. Korxona va tashkilotdagi kadrlarni boshqarish bo‘yicha asosiy tarkibiy bo‘linma kadrlar bo‘limi bo‘lib, unga kadrlarni ishga qabul qilish va bo‘shatish, shuningdek, o‘qitish, malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasidagi vazifalar yuklanar edi. Ayni paytda, kadrlar bo‘limi tarkibiy jihatdan mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limlari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limlari, kadrlarni boshqarish vazifalarini bajaradigan xususiy bo‘limlar va boshqa bo‘linmalar bilan tarqoq holda ish olib borardi. Shu sababli ham, kadrlar bo‘limi xodimlarni boshqarish va ularga me’yoriy ish sharoitlari yaratib berishni ta’minlash sohasidagi bir qator vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega emasdi. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti chuqur ildiz otib borayotgan hozirgi davrda personalni boshqarish sohasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq qator yangi talablar yuzaga keldi.
«Personalni boshqarish» fanining predmeti-- korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilar ehtiyojlarini qondirish maqsadida personalga maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimidir.
Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad-talabalarda personalni boshqarish ilmini amaliyotda qo‘llay biladigan darajadagi ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab chiqarishdan ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi personalni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy professional bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Ya’ni, «Personalni boshqarish» fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish usullari va tamoyillarini, bu boradagi nazariy va amaliy masalalar tizimini;
tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish jarayonlaridan iborat.
Ushbu «Personalni boshqarish» kursi bo‘yicha tuzilgan namunaviy dasturda nazariy faoliyatda uchraydigan muammolarning mazmun mohiyati ochib berilishiga asosiy e’tibor qaratilgan.
«Personalni boshqarish» fani o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilar ekan, bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy fanlar tajribasi va nazariyasiga tayanadi. Shu jihatdan, u «Falsafa», «Iqtisodiyot nazariyasi», «Mehnat iqtisodiyoti», «Mehnat sotsiologiyasi», «Mehnat huquqi» kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
«Personalni boshqarish» fani, jumladan, «Falsafa» fani tamoyillarini, ya’ni insoniyatning tarixiy shakllanishi, mehnat jarayonining mohiyati va mazmuni insonning asosiy faoliyati sifatida namoyon bo‘lishi, uning ijtimoiy va fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘liq tarzda har tomonlama rivojlanishi kabi muammolarni birgalikda o‘rganadi. «Personalni boshqarish» fani, «Iqtisodiy nazariya» fani bilan ham chambarchas bog‘liqdir. U mehnat bozori va uning tarkibiy qismlari, ishsizlik va uni kamaytirish yo‘nalishlari, mehnat bozorini tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati kabi masalalarning iqtisodiy hamda nazariy jihatlarini birgalikda hal etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar yuqori samara bilan faoliyat ko’rsatishi, muvaffaqiyatli raqobat qila olishi fanda “Personal“ atamasi bilan nomlanadigan mehnat jamoasining tarkibi, malakasi, salohiyati, ijodiy izlanishi, mas’uliyati kabi juda ko’pg’ina sifatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi amaliy isbotini topgan. Bugungi kunga kelib mazkur masalalar bilan maxsus shug’ullanuvchi „Personalni boshqarish” fani tobora rivojlanib bormoqda.
G’arb davlatlarida bozor iqtisodiyoti sharoitlarida “Personalni boshqarish” ko’proq “menejment” atamasi bilan nomlanadi.

Download 18,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish