1-mavzu: Logopedik ritmikaning obyekti, predmeti va vazifalari. Musiqali ritmik tarbiya tizimi. Musiqa va shaxsini har tomonlama rivojlantirish



Download 183,53 Kb.
Sana18.07.2022
Hajmi183,53 Kb.
#824496
Bog'liq
1-Maruza


1-mavzu: Logopedik ritmikaning obyekti, predmeti va vazifalari. Musiqali ritmik tarbiya tizimi. Musiqa va shaxsini har tomonlama rivojlantirish (2 soat)


Reja
1.1. Logopedik ritmikaning predmeti
1.2. Logopedik ritmikaning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari
1.3. Logopedik ritmikaning tamoyillari va usullari
1.4. Logopedik ritmikaning asosiy tushunchalari


Tayanch iboralar: ritmika, logopedik ritmika, tamoyil, usul, korreksiya, kompensatsiya
1.1. Logopedik ritmikaning predmeti
Logopedik ritmika faol terapiyaning о‘ziga xos shakllaridan bо‘lib, о‘quv fani va uslubining majmuiga ta’sir vositasi hisoblanadi.
Logopedik ritmikaning dastlabki tushunchasi sо‘z, musiqa va harakatning uyg‘unlashuviga asoslangan. Kо‘rsatilgan komponentlarning о‘zaro munosabati ulardan birining yoki ular orasidagi aloqaning ustunligi bilan turli-tuman bо‘lishi mumkin.

Logopedik ritmikaning ikkinchi tushunchasi uning istalgan reabilitatsion uslubiga tarbiya, ta’lim va turlicha anomaliyali rivojlanish hamda nutqiy buzilishi bо‘lgan odamlarni davolashni kiritishni shart qilib qо‘yadi.


Logopedik ritmika о‘quv fani sifatida talabalarning bilimini korreksion ishlar uslubi sifatida boyitadi.


1.2. Logopedik ritmikaning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari

Logopedik ritmikaning obyekti nutqiy patologiyasi bо‘lgan shaxslarda nutqiy buzilishlar va nutqqa taalluqli bо‘lmagan psixik funksiyalar tuzilmalari hisoblanadi.


Predmeti – psixomotorli, sensor funksiyalar va harakat tizimining turli-tuman buzilishlarini musiqa hamda sо‘z bilan uyg‘unlashtirish jarayoni.
Maqsadi – nutqiy buzilishlarni nutqiy va nutqiy bо‘lmagan psixik funksiyalar va yakuniy natijada insonning tashqi va ichki muhitga moslashuvini korreksiya qilish hamda rivojlantirish yо‘li bilan bartaraf etish.
Logopedik ritmikaning vazifalari soqlomlashtiruvchi, ta’limiy (anglash), tarbiyalovchi, korreksiyalovchi sifatida belgilanadi.
Nutqida buzilishi bо‘lgan odamlarda sog‘lomlashtiruvchi vazifani qal qilish natijasida suyak-muskul apparatlari mustahkamlanadi, nafas olish, motor, sensor funksiyalar rivojlanadi, muvozanat tuyg‘usi, tо‘g‘ri qad-qomat, qadam tashlash, chiroyli harakat tarbiyalanadi.
Ta’lim beruvchi vazifaning amalga oshirilishi harakat malakasi va kо‘nikmasining shakllanishiga, makon tasavvurlari va qobiliyati ixtiyoriy ravishda borliqda boshqa odamlar va predmetlarga nisbatan siljish, epchillik, kuch, chidamlilik, bir harakatdan boshqasiga о‘tish, harakatlarning uyqunlashuvi, tashkilotchilik qobiliyatining rivojlanishiga imkon beradi. Ta’limiy vazifalarni amalga oshirishda nutqiy patologiyasi bо‘lgan odamlar metroritmika, musiqiy madaniyat, musiqiy idrok va ta’sirchanlik soqasidagi nazariy bilimlarni о‘zlashtiradilar. Tarbiyaviy vazifalarni qal qilish nutqiy patologiyasi bо‘lgan odamlarda aqliy, ma’naviy, estetik va mehnat tarbiyasida yordam kо‘rsatadi. Tarbiyaviy vazifalarni qal qilish aynan quyidagilarga kо‘maklashadi:

ohangni sezish, musiqada, harakatda va nutqda ohang ta’sirchanligini qis qilish qobiliyatini rivojlantirish;


musiqiy obrazlar va malakani ushbu obraz bilan mos ravishda ohangli, ta’sirchan harakatlantira olish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni yangicha shakl olishni uddalash, badiiy-ijodiy qobiliyatni kо‘rsata olish;
ijobiy shaxsiy sifatlar, jamoatchilik tuyg‘usi, turli faoliyat turlarining qoidalarini о‘rganish va boshqalarni tarbiyalash.
Mashg‘ulotlarning korreksion yо‘nalishi nutqiy buzilishlar mexanizmi va tuzilmalarini, logopedik ishning bosqichliligi va majmuaviyligini hisobga olishni shart qilib qо‘yadi. Logoped patsiyentning yoshi va shaxsiy xususiyatlarini, uning harakat tizimi holatini, nutqiy va nutqiy bо‘lmagan jarayonlarning buzilish xarakteri va darajasini: praksis, gnozis jarayoni, eshitish va kо‘rish idroki, diqqati, xotirasi va h.k. larni inobatga oladi.
Bu barcha topshiriqlar maxsus muassasa turiga bog‘liq: nutqiy bolalar boqchasi; ommaviy bolalar boqchalaridagi nutqiy guruh, bolalar uyida – maktabgacha muasasa, maktab; ommaviy umumta’lim maktablaridagi logopedik punkt; bolalar, kattalar poliklinikalarida, psixonevrologik dispanserlardagi logopedik kabinetlar; statsionar, yarimstatsionar, sanatoriY.
Download 183,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish