1 mavzu: Korxona jixozlari, asboblari idish va taralarga qo'yiladigan talablar Reja


-MAVZU: Ovqatdan zaharlanish va ularni oldini olish Reja



Download 245 Kb.
bet10/16
Sana01.07.2022
Hajmi245 Kb.
#725346
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
1 mavzu Korxona jixozlari, asboblari idish va taralarga qo\'yila

10-MAVZU: Ovqatdan zaharlanish va ularni oldini olish
Reja:
1. Ovqatdan zaharlanishni turlari belgilari , asoratlari va oldini olish usullari
2. Ovqatdan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish
3. Bolalarda ovqatdan zaharlanish tiplari
Oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanmagan yoki unga duch kelmagan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak dunyoda. Ayniqsa bu noxush holat, aksariyat sayohatchilar, safarda yurganlarda ko‘proq uchraydi. Bunga sabab – ularning har doim ham gigiena talblariga rioya qila olmasliklaridir. Bunday hollarda bakterial intoksikatsiya kelib chiqishi tayin. Shuning barobarida, tropik davlatlarda dam olish mahali tanavvul qilinadigan notanish va organizm o‘rganmagan taomlarni aytish mumkin. Iliq va nam iqlim sharoitida turli kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar “gurkirab” rivojlanadi. Umuman aytganda, zaharlanishga nima sabab bo‘lishidan qat’i nazar, u qorinda qattiq og‘riq va umumiy holsizlanish singari alomatlari bilan har qanday go‘zal sayohatni ham chippakka chiqarishi hamda jiddiy asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.
OVQATDAN ZAHARLANISH NIMA?
Ovqatdan zaharlanish – oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklar bilan oshqozon-ichak tizimiga zararli moddalarning tushishi oqibatida ichki organlar faoliyatining buzilishidir. Agressiv kimyoviy moddalar yoki bakteriyalar saqlovchi mahsulot tanavvul qilingandan so‘ng, toksinlar sekin-astab qon tomirlariga so‘rilib, intoksikatsiya alomatlarini namoyon etadi.
Odatda ovatdan zaharlanish jarayoni juda tez sodir bo‘ladi. Masalan, qisqa vaqt oralig‘ida organizmning normal holati quyidagicha o‘zgarishi mumkin:
1)ko‘ngil aynishi va qayt qilish;
2)diareya;
3)oshqozon va/yoki ichaklarda og‘riq;
4)umumiy holsizlanish, darmonsizlik;
5)bosh og‘rig‘i.
Vaqtida chora ko‘rilib, davolash boshlansa, alomatlar kuchayadi. Toksinlar turi va ularning miqdoriga ko‘ra, buyrak, markaziy asab tizimi va yurak-qon tizimi faoliyati buzilishi mumkin. Ayniqsa intoksikatsiya bolalar, keksalar yoki yaqinda kasallangan kishilarda o‘ta jiddiy o‘tadi.
Aksariyat hollarda zaharlanish muddati o‘tgan mahsulot, bakteriyalar va ular ishlab chiqargan mahsulotlar, shuningdek, kimyoviy vositalar ta’sirida zararlangan oziq-ovqatni iste’mol qilish oqibatida yuzaga keladi.
Ko’pchilik oziq-ovqatdan zaharlanish hollari mahsulotlarda tillarang stafilokokk va ichak tayoqchasining jadal ko’payishidan kelib chiqadi. Zaharlanishlarni ko’pincha yaroqlik muddati tugagan sifatsiz, noto’g’ri sharoitlarda saqlangan yoki sanitariya me’yorlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni iste’mol qilish keltirib chiqaradi. Ovqatdan zaharlanish shuningdek zaharli qo’ziqorinlar va o’simliklarni tanovul qilishda ham kuzatiladi.
YODDA TUTING
Ko’pincha zaharlanishni sut va sut mahsulotlari, kremli tort va pishiriqlar, yumshoq pishloq, qaynatilgan kolbasa, pashtetlar, tuxum, uyda tayyorlangan mayonez, mayonez yoki smetanali salatlar, pomidor va pomidor sharbati keltirib chiqaradi.
Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olishning eng yaxshi usuli — ovqatlanish gigienasi qoidalariga, ovqatni to’g’ri saqlash va elementar ogohlikka rioya qilishdir.
Ovqatning rangiga, hidiga va ta’miga e’tibor bering. Noxush chirigan hid, ta’mning nordonligi, tilning achishi sergak torttirishi kerak. Mahsulot sifati buzilganligi belgisi sifatida uning konsistentsiyasi o’zgarishi, uning yuzasida shilliq hosil bo’lishi ham xizmat qilishi mumkin. Mog’or bilan qoplangan, buzilgan meva va sabzavotlarni, shishgan konserva bankalari va sut va sut mahsulotlari paketlarini afsuslanmasdan tashlab yuborish kerak. Temir qopqoq bilan «yopilgan» banka o’ziga xos ovoz bilan ochilishi kerak, bu uning germetik yopilganini ko’rsatadi. Agar ovoz bo’lmasa, konservalarni iste’mol qilmaslik kerak.
Sotib olayotganda, mahsulotning ishlab chiqarish muddati va yaroqlik muddati, o’ramning yaxlitligini tekshirish kerak. Shuningdek, muzlatgichni muntazam ravishda ko’zdan kechirish lozim.
Boshqa ehtiyot choralari:
- Mayonez qo’shilgan tayyor salatlar sotib olmang: ularning sifati tezda buziladi.
- Pishirishning issiqlik rejimiga rioya qiling.
- Ovqatlanish va ovqat tayyorlashdan oldin sabzavot va mevalarni, idishlar va boshqa oshxona buyumlarini yaxshilab yuvib tashlang.
- Tuxumni chaqishdan oldin uni sovun bilan yuving.
- Oshxona sochiqlarini, idishlarni yuvish uchun mochalkani tez-tez almashtirib turish kerak, ularning barchasi o’zida patogen bakteriyalarni to’playdi. Bir nechta kesish uchun taxtachalar bo’lishi kerak. Ko’katlar, sabzavot va mevalar, pishloqlar va kolbasa mahsulotlari kesiladigan taxtacha va xom go’sht kesiladigan taxtacha alohida-alohida bo’lishi kerak. Sovutgichning bitta qismida xom go’sht va tayyor ovqatlarni saqlamang. Oldindan juda ko’p oziq-ovqat tayyorlamang. Sovutgichda pishirilgan ovqat uch kundan ortiq saqlanmasligi kerak Jamoat ovqatlanish joylarini e’tibor bilan tanlang.
Oziq-ovqatdan zaharlanishining dastlabki belgilarida bemor oshqozonini bo’shatish uchun uni yuvish kerak. Yuvish uchun qog’oz filtr yoki to’rt qatlamli dokadan o’tkazilgan kaliy permanganatning (margansovka) kuchsiz (och pushti) eritmasi ishlatilishi mumkin.
Bundan tashqari, iste’mol sodasi eritmasi (1 litr qaynatilgan suv uchun 1 choy qoshiq) yoki osh tuzi (5 litr suv uchun «tog’chasiz» holda 2 osh qoshiq) ham to’g’ri keladi. Yuvish uchun eritma oldindan 8-10 litr miqdorda tayyorlanishi kerak. U organizmning gipotermiyasiga olib kelmasligi, shuningdek ichak peristaltikasini sekinlashtirmasligi uchun albatta iliq (35-37 °C haroratda) bo’lishi kerak.
Birinchi qabul qilishda 2-3 dan 5-6 stakan suyuqlikni ichish kerak, so’ngra ikki barmoq bilan tilning ildizini qo’zg’atib, qayt qilishni chaqirish kerak. Yuvish jarayoni qayt massasida faqat toza suv bo’lmagunicha takrorlanadi. Oshqozonni yuvgandan so’ng, to’rt marotaba har 15 daqiqada qaynatilgan suv bilan enterosorbentlarni qabul qilish tavsiya etiladi. Bemorni tinchlikda qoldirish, agar varaja qilayotgan bo’lsa, issiq qilib o’rantirish kerak.
Birinchi kun ovqatlanishdan saqlangan yaxshiroqdir, ikkinchi kuni esa bulyon, guruchli sabzavotli sho’rvalar kiritish va taomnomani asta-sekin kengaytirish mumkin. To’liq tuzalib ketgunga qadar oshqozon shilliq qavatini qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lgan marinadlangan, achchiq, sho’r va dudlangan mahsulotlarni iste’mol qilishdan qochish kerak. Bemorga qaynatilgan suv, achchiq qilib damlanmagan shirin choy, mevali morslar, kisel ichish tavsiya etiladi. Gazlangan ichimliklar taqiqlanadi.
Bolalarda zaharlanishning ikki tipi kuzatiladi:
Infeksion zaharlanish. Ularga mikroblar va ular ajratadigan toksinlar sababchi (ichak tokiskoinfeksiyasi va botulizm – kengroq tarqalgan har ikkala kasallik ovqatdan zaharlanish oqibatida kelib chiqadi).
Noinfektsion zaharlanish. Bunga o‘simlik va hayvon mahsulotlari sifatidagi zaharli mahsulotlarni iste’mol qilish sabab bo‘ladi. Aksariyat holatlarda, qarovsiz qoldirilgan bolalar bexosdan va qiziquvchanligi sababli o‘ziga notanish rezavor mevalar, barglar kabilarni tatib ko‘radi. Shuningdek zaharli qo‘ziqorinlar mazkur patologiyaga sabab bo‘ladi.
Zaharlanishga avval boshdan zaharli mahsulotlar (zaharli qo‘ziqorin, zamburug‘ va rezavor mevalar) yoki qaysi bir holatda tarkibiga tushgan mikrob yoki toksin bo‘lgan odatiy oziq-ovqat mahsuloti sabab bo‘ladi. Oziq-ovqatdan zaharlanishning boshqa nomi – toksikoinfeksiya (mazkur holatda tarkibida ichak kasalliklariga sababchi – salьmonella, ichak infeksiyasi tayoqchalari va h.k. bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari nazarda tutilayapti). Bu mikroorganizmlar intoksikatsiyadan tashqari, salьmonella singari kasalliklarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ichak infeksiyasi ovqatdan zaharlanishdan ich buzilishining ko‘rinishlari bilan farqlanadi.
Albatta, bu yerda bolaning muzqaymoq yoki shirinliklar yeyishiga taqiq qo‘yish lozim, degan fikrdan yiroqmiz. Shu bilan birga bolani sifatli mahsulot iste’mol qilish, turli tez pishar taomxonalardan emas, balki uyda tayyorlanga ovqatga o‘rgatish foydadan xoli emas. Shuningdek, bolani mahsulotlarni to‘g‘ri saqlash qoidalaridan muntazam boxabar qilish ham muhim ahamiyatga ega.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Ovqatdan zaharlanish va ularni alomatlari ?
2. Zaharlanishni oldini olish usullari?
3. Ovqatdan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish?


Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish