«Riskni boshqarish» - bu boshqaruvning bir turi bo‘lib, u yoki bu riskning yuzaga kelish ehtimoli, uning bahosi, ogohlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, zararlarni kamaytirish yoki ulardan qutulish yo‘llarini aniqlashni bildiradi.
Tadbirkorlik risklarini ichki va tashqi risklarga bo‘lish mumkin.
Tashqi risklarning yuzaga kelish manbai bo‘lib, tashqi muhit unsurlari hisoblanadi. Tadbirkor bu kabi risklarga ta’sir eta olmasligi mumkin, ammo ularni o‘z faoliyatida oldindan ko‘ra olishi va hisobga ola bilishi kerak. Shuningdek tashqi risklarga tadbirkor faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan risklar kiradi. Bu kabi risklarga tadbirkorlik faoliyati va iqtisodiyotni boshqarish maqsadida tegishli qonunlarning qabul qilinishi yoki o‘zgartirilishi, mamlakatdagi siyosiy o‘zgarishlar, ijtimoiy va demografik vaziyatlarning o‘zgarishi, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o‘zgarishlar, bozor muvozanatidagi o‘zgarishlar kiradi. Bunga 1998 yilgi Sharqiy-Janubiy Osiyo mamalakatlarida yuz bergan moliya-kredit tizimidagi xalqaro munosabatlarning buzilishi misol bo‘ladi.
Ichki risklar manbai bo‘lib, tad- birkorlik korxonasining ichki vaziyati va holatidagi hodisa va voqealar hisobla- nadi. Bu kabi risklarga menejment faoliyatining samarali amalga oshirilmaganligi, marketing asoslari va siyosatini noto‘g‘ri yuritish, firma xodimlarining suiste’mollikka yo‘l qo‘yishi, firmada kadrlar siyosatidagi xatoliklar, xom ashyoning yetishmasligi, sotish kon’yukturasining o‘zgarishi, inflyatsiyaning ortib borishi kabilar kiradi.
Kichik biznes va xususiy korxonalarda risklarni baholash
Riskni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy zararlar sifatida xarakterlash va o‘lchash maqsadga muvofiqdir. Riskni baholashda uning har bir ehtimoliy zararlarini mutlaq yoki qiyosiy jihatdan baholash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ehtimolliklar egri chizig‘ini qurish riskni baholashning boshlang‘ich bosqichi bo‘lishi mumkin. Bu egri chiziqni tadbirkorlikka tadbiq etish o‘ta murakkab vazifa hisoblanadi. Shuning uchun riskning bir nechta asosiy ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqamiz. Shu maqsadda zarar hajmiga bog‘liq ravishda riskni risk hudud- lariga ajratib olamiz
Risk hududlari
Zarar kutilmaydigan muhitni risksiz hudud deb ataymiz. Ushbu hududda hech qanday zararlar kutilmaydi.
Riskka yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hududda tadbirkorlik faoliyati o‘zining iqtisodiy holatini saqlab qoladi. Bu hududda zararlar mavjud, ammo ular kutilayotgan foyda hajmidan kam bo‘ladi.
Riskka yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hudud chegarasida zararlar darajasi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foydaga teng bo‘ladi.
Keyingi o‘ta xavfli muhitni jiddiy risk hududi deb ataymiz. Bu hududda ehtimoliy zararlar kutilayotgan foyda hajmidan yuqori bo‘ladi. Tadbirkor yakuniy holatda nafaqat daromadga erisha olmaydi, balki barcha xarajatlari miqdoridan ham yuqori zarar ko‘radi.
Jiddiy riskdan ko‘ra, o‘ta fojeali risk hududini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. U o‘zining hajmi, bo‘yicha kritik darajadan ortadi, tadbirkorlikning mulkiy holatiga teng bo‘ladi. Fojeali risk faoliyati oqibatida korxona bankrotga uchraydi, uni yopishga va mol-mulkini sotishga olib keladi.
EʼTIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |