IV; Mustahamlash;
O`tilgan mavzu bo`yicha savollar beriladi.
1. Militsiyaning qanday vazifalari bor ekan?
2. Profilaktika inspektorlari kimlar va ularning vazifalari nimalardan iborat?
V. O`quvchilarni baholash;
VI. Uyga vazifa;
O`tilgan mavzuni o`qib, konspekt qilish.
11-MAVZU: VOYAGA YETMAGANLAR ISHLARI
BILAN SHUG`ULLANUVCHI KOMISSIYA
Darsning maqsadi;
A) Ta’limiy; O`quvchilarga o`z huquqlari voyagayetmagan yoshlar bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar qanday vazifa bajarishini tushuntirib, bu tashkilotga qanday vakolatlar berilgan, bu komissiya qanday ishlarni bajarishi o`rganamiz.
B) Tarbiyaviy; O’quvchilarni o`z maqsadiga erishish, jamoa bo`lib ishlash, guruhdoshlarining fikrini hurmat qilish,ona vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash va o`z haq-huquqini bilishlariga ko`maklashish.
C) Rivojlantiruvchi; O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, darslik bilan ishlash ko`nikmasini rivojlantirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
Dars o’tish uslubi; mustaqil ishlash va mavzu bo`yicha amaliy tushuncha berish.
Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |