Dars turi; yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars tipi; aralash,ananaviy.
Darsda foydalanadigan jihozlar; 7- sinf darsligi, tarqatma materiallar, qo`shimcha ma`lumotlar, internet ma`lumotlari qog’ozlar va marker
Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
Qonun — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Qonun davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Qonun davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. qonun uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, qonunning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Qonunlar oʻzida mujassamlashgan normag larning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy qonunlarga boʻlinadi. Oddiy qonunlar, oʻz navbatida, kodifi-katsiya qilingan va joriy qonunlarga boʻlinadi. Federativ davlatlarda qonunlar, shuningdek, federal va federatsiya subʼyektlari qonunlariga ajratiladi. Qonunlarning alohida toifasini favqulodda qonunlar tashkil etadi.
Normativlik qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular qonunchalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Qonunning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni qonun vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari. qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi.
Qonunlar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Qonunda yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Qonun oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.
Qonun zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Qonun eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu Qonun tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi Qonunlar orqaga qaytish kuchiga ega. Qonun makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi qonunlar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, qonunlar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning , huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish yoʻnalishlari va dasturiy vazifalari oʻz aksini topadi. Qonun ustuvorligi - barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaraditan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriqnomalardan ustun turishi. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir. Bu tamoyil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mustahkamlangan: "Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish koʻradilar". Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jab-halarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamla-kat miqyosida barqarorlik, batartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, Konstitutsiya va qonunlarga rioya etilishining kafilidir (93-modda). Prezidentning bu boradagi faoliyati muhim siyosiy-yuridik ahamiyatga ega. U oʻz farmonlari, qarorlari bilan konstitutsiyaviy tamoyillarning , qonunlarda mustahkamlangan qoidalarning hayotga toʻla joriy etilishi uchun yoʻl ochadi, tegishli huquqiy mexanizmlarni yaratadi. Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-tining "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini oʻrganishni tashkil etish toʻgʻrisida" farmoyish qabul qilganligi (2001 yil 4 yanvar) jamiyatda Kon-stitutsiyaning mavqei va nufuzini koʻtarishga qaratilgan muhim tadbir boʻldi. Garchand, farmoyishning asosiy maqsadi aholi orasida konstitutsiyaviy savodxonlikni, huquqiy madaniyatni oshirishdan iborat boʻlsa ham, bu pirovardida, Konstitutsiyaning eʼzozlanishi, unga ustuvor tarzda amal qilinishiga puxta zamin yaratadi.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi — Oʻzbekiston Hukumati qarorlari, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari va boshqa markaziy idoralarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi hujjatlaridan iborat. Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston qonunchiligi butunlay yangidan shakllandi. Qonun tizimida banklar va banklar faoliyatiga doir, xususiylashtirish, bankrotlik, soliq, bojxona, xalqaro shartnomalarga doir yangi qonun tarmoqlari va yoʻnalishlari vujudga keldi. Qonunda ijtimoiy munosabatlarning muayyan bir sohasini tartibga soladigan normativ aktlarni oʻz ichiga olgan QONUN tarmoqlari bilan bir qatorda, majmuaviy tusdagi qonun yoʻnalishlari shakllanmoqda (mas, tabiatni muhofaza etish, transportga doir, xoʻjalik qonunchili-gi, aholining alohida qatlamlari, jumladan, ayollar, bolalarga oid majmuaviy qonun tarmoqlari). Qonunni takomillashtirish maqsadida mamlakat hududida amalda boʻlgan barcha qonun aktlarining Konstitutsiyaga mosligini taʼminlash va shu maqsadda mavjud qonunni qayta koʻrib chiqish, eskirgan, samarasiz normativ aktlarni bekor qilish, yangi qonunlar ishlab chiqish, qonun qabul qilishni takomillashtirish, hajm jihatdan kattalashib ketgan majmuaviy QONUN tarmoqlarini mustaqil tarmoqchalarga ajratish zarur (mas, fuqarolik qonunchiligi tarmogʻidan oila qonunchiligining ajralib, mustaqil qonun tarmogʻiga aylanishi kabi). Qonun chiqaruvchi hokimiyat — hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyath. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi. Federativ davlat tuzilishi shakliga ega mamla-katlarda qonun chiqarish vakolati federatsiya subʼyektlariga ham berilishi mumkin. Mas, AQShda shtatlar, Rossiyada federatsiya subʼyektlari qonun chiqarish vakolatiga ega. Federatsiya subʼyektlari tomonidan qabul qilingan qonunlar federatsiya Konstitutsiyasi va federal qonunlarga zid kelmasligi kerak. Oʻzbekistonda Qonun chiqaruvchi hokimiyath. yaxlit davlat hokimiyatining mustaqil bir tarmogʻi boʻlib, u qonun yaratish jarayonini Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti — Oliy Majlisi faoliyati orqali amalga oshiradi (Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi).
Do'stlaringiz bilan baham: |