1-mavzu: konstitutsiya asosiy qonunimiz darsning maqsadi



Download 0,5 Mb.
bet16/42
Sana01.06.2022
Hajmi0,5 Mb.
#624690
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Bog'liq
5 sinf konstitutsiya olamiga sayohat

Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari - insonga bekamu koʻst yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqom. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir. OʻzR Konstitutsiyasida qayd etilgan huquq va erkinliklar: qonunlarning mazmuni va qoʻllanilishiga hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hokimiyat faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi; Oʻzbekistonning har bir fuqarosiga, uning jinsi, irqi, millati, tili, diniy eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, maslagi, shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, inson huquqlari va erkinliklari buzilmasligini, sud yoʻli bilan himoya qilinishini ka-folatlaydi. Konstitutsiya barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga asoslangan holda, oʻzgalarning huqukdariga hurmat bilan qarash tamoyillarini, oʻzgalarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini buzish hisobiga oʻz huquq va erkinliklarini roʻyobga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaslikka, ijtimoiy adolat va hamjihatlikni taʼminlashga qaratilgan. OʻzRda Inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari amalga oshirilishiga davlat kafolat beradi. Oʻz navbatida respublika hududida yashovchi shaxslar Konsti-tutsiyada taʼkidlangan huquq va erkinliklarga, xalqaro huquq meʼyorlariga rioya etishi zarur. Umum eʼtirof qilgan mazkur xalqaro meʼyoriy manbalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquklari umumjahon deklaratsi-yasi, Bola huquklari toʻgʻrisida konvensiya va OʻzR qoʻshilgan yana bir qator xalqaro hujjatlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson va davlatning huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, davlat bilan fuqaroning o‘zaro siyosiy-huquqiy mas’ulligi prinsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga tayangan bo‘lib, unda ilk bor inson huquqlari kategoriyasi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yilgan.
Inson huquqlarining yangi konsepsiyasi konstitutsiyaviy qonunchiligimizda o‘z yuridik tasdig‘ini topgan bo‘lib, ular O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqiy maqomi sifatida muayyan prinsiplarga tayanadi. Ushbu prinsiplar universal xususiyatga ega bo‘lib, ular qatoriga quyidagilar kiradi.
Birinchidan, inson va fuqaroning huquq, erkinlik va majburiyatlari tenglik hamda teng huquqlilik asosida amalga oshiriladi. Bu prinsip Konstitutsiyada uch jihatdan ta’riflangan: barcha fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi; fuqarolar huquq va erkinliklarining tengligi; erkaklar va xotin-qizlarning teng huquqliligi.
Ikkinchidan, Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning kafolatlanganligi prinsipi. Jumladan, Asosiy Qonunimizning 2-moddasiga asosan Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar deyilgan.
Shuningdek, Konstitutsiyada demokratik huquq va erkinliklar davlat tomonidan muhofaza qilinishi alohida e’tirof etilgan. 13-moddaning 2-qismida demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi, 19-moddada fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi qonuniy mustahkamlangan. Shuningdek, Konstitutsiyamizning ikkinchi bo‘limi bevosita inson va fuqarolarning asosiy huquqlariga bag‘ishlanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, muhim prinsiplardan yana birifuqarolarning huquq va erkinliklari cheklanishiga yo‘l qo‘yilmasligi. Mazkur prinsip insonga tug‘ilishidan tabiatan tegishli bo‘lgan uning ajralmas huquq va erkinliklari davlat tomonidan tan olinishidan kelib chiqadi. «Davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi» (43-modda). Fuqarolarning huquq va erkinliklari faqat jamiyat hamda davlat xavfsizligi nuqtai nazaridan, aholining sihat-salomatligi, xalqning axloqi va ma’naviyati, ijtimoiy tartibot manfaatlari nuqtai nazaridangina qonunda belgilangan darajada cheklanishi mumkin. Ammo, fuqarolarning yashash huquqi, shaxsiy qadr-qimmatini muhofaza etish huquqi, shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi, vijdon erkinligi va e’tiqod erkinligi huquqi kabilar cheklanishi mumkin emas.
To‘rtinchidan, fuqarolarga beriladigan huquq va majburiyatlar birligi prinsipi. Shaxs nafaqat muayyan huquq va erkinliklarga, balki majburiyatlarga ham ega hisoblanadi. Turli-tuman huquqiy munosabatlar ishtirokchisi bo‘lmish fuqaro faqat huquq va imtiyozlardan foydalanib qolmasdan, jamiyat, davlat va boshqa fuqarolar oldida muayyan majburiyatlarni ham o‘taydi.
Konstitutsiyaning 20-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Konstitutsiyaning 13-moddasida ko‘rsatib o‘tilganday «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi». Bosh Qomusimizning 19-moddasida esa, fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi ta’kidlangan.
Mamlakatimizda «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, 2008 yil 1 yanvardan boshlab ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining sudlarga berilganligi Konstitutsiyada nazarda tutilgan normalarga to‘liq mos keladi. Amaldagi qonunlarga ko‘ra, bu jarayon tomonlarning o‘zaro tortishuvi ta’minlangan holda amalga oshiriladi. Ya’ni, sudda gumon qilinayotgan shaxsga o‘zini himoya qilishga barcha sharoitlar yaratildi. Konstitutsiyamizning 80-moddasi 10-bandiga hamda 93-moddasi 23-bandiga asosan, an’anaviy tarzda qabul qilinayotgan amnistiya aktlari ham mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan demokratik islohotlar amalga oshirilayotganligining yorqin dalilidir.
Konstitutsiyamizning 24-moddasida esa «Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir», deyilgan. Haqiqatdan ham, hayot insonga Alloh taolo tomonidan baxshida etilgan eng buyuk ne’matdir. Undan mahrum etish esa insonparvarlikka ziddir. Jinoiy jazoni liberallashtirish borasidagi muhim yutuqlarimizdan biri, mamlakatimizda 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo sifatida o‘lim jazosi bekor qilindi. Uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. O‘zbekistonda o‘lim jazosining bekor qilinishi insonning yashash huquqini e’lon qiluvchi umume’tirof etilgan xalqaro tamoyillar va me’yorlardan kelib chiqqan Bosh Qomusimizning 24-, 25-moddalari talablariga to‘liq mos keladi.
Ma’lumki, Konstitutsiyaviy huquq maqomi tizimida so‘z va e’tiqod erkinligi muhim o‘rin tutadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini liberallashtirishga, fuqarolarning so‘z erkinligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Lekin, har qanday demokratik jamiyatda demokratiyaning bu shartlari amaldagi qonunlarga asosan, o‘z chegara me’yor va mezonlariga egadir.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish