1.7-rasm. Mikrokompyuterlarning turlari.
Tarmoq kompyuterlari
Ish stansiyalari (workstation) - hisoblash tarmoqlarida bitta foydalanuvchi tomonidan ishlatishga mo’ljallangan, ko’pincha ma’lum ko’rinishdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan (grafik, muhandislik, matbaa va hokazo).
Serverlar (server) - hisoblash tarmoqlaridagi ko’p foydalanuvchi uchun quvvatli mikrokompyuterlar, tarmoqning barcha ish stansiyalaridan keluvchi so’rovlarga ishlov berish uchun ajratilgan.
Tarmoq kompyuterlari (network computer) - soddalashtirilgan mikrokompyuterlar, tarmoqda ishlashni va tarmoq resurslariga ega bo’lishni ta’minlovchi, ko’pincha ma’lum turdagi ishlarni bajarishga maxsuslashtirilgan (tarmoqqa ruxsat etilmagan ega bo’lishni himoyalash, tarmoq resurslarini ko’rishni tashkillashtirish, elektron pochta va hokazo).
Shaxsiy kompyuterlar. Shaxsiy kompyuterlar (SHK) mikrokompyuterlar guruhiga taalluqli bo’lib, lekin ular ommaviy tarqalganligi uchun alohida diqqatga sazovordir. SHK tatbiq etilishdagi ommaboplik va universallik talablarini bajarish uchun quyidagi sifatlaiga ega bo’lishlari kerak:
• atrof-muhitga maxsus talabsiz alohida ishlata olishlik;
• arxitekturasining moslashuvchanligi, boshqarishda, ilm-fanda, ta’limda, ro’zg’orda va boshqa turli sohaiarda tatbiq etilishiga uni moslashtirib beradi;
• hech qanday maxsus tayyorgarchiliksiz foydalanuvchining operatsion tizimining va boshqa dasturiy ta’minotlarining do’stonaligi (ishlata olishligi);
• ishlashining yuqori ishonchliligi (birinchi buzulishgacha ishlash vaqti 5000 soatdan ko’p). Shaxsiy kompyuterlar orasida birinchi navbatda IBM (International Business Machine Corporation) firmasining kompyuterlarini qayd qilib o’tish kerak:
• IBM PC XT (Personal Computer extended Technology);
• IBM PC XT (Personal Computer Advanced Technology) 80286 (16-raziyadli) mikroprotsessorlarida;
• IBM PS/2 8030 - PS/2 8080 (PS Personal System, quyidagilardan tashqari barchasi PS/2 8080, - 16- razryadli, PS/2 8080 - 32- razryadli);
• IBM PC AT 80386 va 80486 mikroprotsessorlarida (32 - razryadli); « IBM PC AT Pentium mikroprotsessorda - Pentium 4 (64- razryadli);
• IBM PC AT VLIW turidagi mikroprotsessorda:
Itanium, Crusoe (64- razryadli);
• IBM PC AT Core (64-razryadli) mikroprotsessor oilasida.
Amerikada quyidagi firmalar tomonidan ishlab chiqariladigan kompyuterlar ham keng tarqalgan va taniqli: Apple (Macintosh), Compaq Computer, Hewlett-Packard, Dell, DEC (Digital Equipment Corporation), shuningdek Angliya firmalari: Spectrum, Amstrad; Fratsiya: Micral; Italiya: Olivetti; Yaponiya. Toshiba, Matsushita (Panasonic) va Partner; Hozirgi vaqtda eng ko’p tarqalgan shaxsiy kompyuterlar IBM firmasining kompyuterlaridir, ularning birinchi modellari 1981-yili ishlab chiqarilgan va ularga o’xshashini boshqa firmalar ham ishlab chiqargan. Lekin ular unchalik ko’p tarqalmagan Apple (Macintosh) firmasi ishlab chiqargan kompyuterlari dunyoda tarqalganligi bo’yicha 2-o’rinni egallaydi. Hozirgi vaqtda kompyuterlarning eng ko’p tarqalgan modeliga Pentium 4 va Core 2 mikroprotsessorli ЮМ PC kompyuterlari kiradi. Hozirgi zamon kompyuter modellarning umumlashtirilgan ko’rsatkichlari 1.2- jadvalda keltirilgan. Rossiya sanoati (MDH davlatlari) quyidagi mikrokompyuterlarni ishlab chiqarmoqda:
• Apple-mos -f “Elektronika MS-1201”; “Elektronika 85”, “Elektronika 32” asosidagi muloqot hisoblash mashinasi DVK-1 - DVK- 4 va boshqalar;
• IBM PC-mos - YES 1840 -YES 1842, YES 1845, YES 1849, YES 1861, “Iskra 1030”, “Iskra4816”, “Neyron 19.66” va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |