1.6-rasm. Katta kompyuterlarga xizmat ko’rsatish.
Mini-kompyuterlarning barcha modellari 32, 64 va 128 - raziyadli mikroprotsessorlar to’plamlari asosida loyihalashtiriladi. Ularning asosiy xususiyatlari:
• aniq tatbiq sohasidan kelib chiqqan holda unumdorlikning keng oralig’i;
• axborotni kiritish-chiqarish tizimli vazifasining ko’pchiligini apparatli joriy etilishi;
• ko’p protsessorli va ko’p mashinali tizimlarni oddiy joriy etilishi;
• uzilishlarga ishlov berishning yuqori tezligi;
• turli uzunlikdagi axborotlar o’lchami bilan ishlash imkoniyati;
Mini-kompyuterlarning afzalltklariga quyidagilar kiradi:
• yuqori modulli o’zigaxos arxitekturasi;
• meynfreymlarga qaraganda unumdorlik narx nisbatining yaxshiligi;
• hisoblashlarning yuqori aniqligi.
Mini-kompyuterlar boshqaruvchi hisoblash majmua sifatida ishlatilishga mo’ljallangan. Ushbu majmualarga xos bo’lgan tashqi qurilmalarning ko’p turliligi protsessorlararo aloqa bloklari bilan to’ldirilgan, uning sharofati bilan tarkibi o’zgaruvchan hisoblash tizimlarini joriy etilishi ta’minlanadi. Mini-kompyuterlarning texnologik jarayonlarni boshqarishda ishlatishdan tashqari, ularni ko’p foydalanuvchilar uchun moijallangan hisoblash tizimlarida, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlarida, murakkab bo’lmagan obyektlarni modellashtirish tizimlarida va sun’iy intellekt tizimlarida muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Hozirgi zamonaviy mini-kompyuterlarning avlodini boshlovchisi bo’lib DEC firmasining (AQSH) PDP-11 kompyuter lari hisoblanadi va Rossiyada ishlab chiqarilgan SM EVM (Sistema Malix EVM - EXM Kichik Tizimi): SM-1, -2, -3, -4, -1400, -1700 va hokazo. Hozirgi vaqtda PDP-11 mini-kompyuterlar oilasiga ko’p sonli model 1 ami o’z tarkibiga oladi, VAX-11 dan VAX-3600 gacha; mini- kompyuterlarning quvvatli guruh modellariga 8000 (VAX-8250, - 8820); supermini-kompyuterlarning guruh modellariga 9000 (VAX- 9410, -9430) kiradi va hokazo.
VAX modellari keng oraliqdagi ko’rsatkichlarga ega:
• protsessorlar soni - 1 dan 32 tagacha;
• unumdorligi - 10 dan 1000 MIPS gacha;
• asosiy xotira sig’imi - 512 Mbayt dan 2 Gbayt gacha;
• diskli xotira hajmi - 50 Mbayt dan 500 Gbayt gacha;
• kiritish-chiqarish kanallar soni - 64 tagacha.
VAX mini-kompyuterlari shu guruh kompyuterlarining ko’rsat- kichlarining to’liq oralig’ini qoplaydi va ular orasidagi chegarani hamda meynfreymlar o’rtasidaga chegarani yuvib yuboradi.
Boshqa mini-kompyuterlar o’rtasidagi quyidagilarni qayd qilib o’tishimiz kerak:
• bir protsessorli: IBM 4381, HP 9000;
• ko’p protsessorli: Wang VS 7320, AT&T 3B 4000;
• supermini-kompyuterlar: HS 4000, ko’rsatkichlari bo’yicha meynfreymlardan qolishmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |