Topologiya tushunchasining ko‘p ma’noliligi nimadan iborat?
9-Mavzu:OSI modeli haqida tushuncha Xalqaro standartlar tashkiloti tomonidan (ISO — International Standards Organization) 1984-yili OSI modeli taqdim qilingan. Shundan buyon hamma tarmoq mahsulotlarini ishlab chiqa- ruvchilar tomonidan foydalanib kelinmoqda. Har qanday universal model singari, OSI modeli ham ancha qo‘pol. Tez o‘zgartirishlarni bajarishi qiyin, shuning uchun turli shakllar taklif qiladigan real tarmoq vositalari qabul qilingan vazifalarni taqsimlashga juda ham rioya qilinmaydi.
Lekin OSI modeli bilan tanishish tarmoqda ro‘y berayotgan jarayonni yaxshi tushunishga yordam beradi. Hamma tarmoqdagi bajariladigan vazifalar (funksiyalar) modelda 7 bosqichga bo‘lingan (4.1-rasm). Yuqori o‘rindagi bosqichlar ancha murakkab, global masalalar bajariladi. Buning uchun quyidagi bosqichlarni o‘z maqsadlari uchun ishlatib, ularni boshqaradilar. Quyida joylashgan bosqichlar maqsadi — yuqori bosqichga xizmat ko‘rsatish, yuqori joylashgan bosqichlar uchun ko‘rsatiladigan bu xizmat mayda qismlarining bajarilish tartibi muhim emas.
Quyi joylashgan bosqichlar sodda bo‘lib, aniq vazifalarni bajaradi. Ideal holda har bir bosqich o‘zidan tepadagi va quyi bosqich bilan muloqot qiladi. Yuqori bosqich ayni vaqtda ilovaga ishlayotgan, amaliy masalaga to‘g‘ri kelsa, quyi bosqich esa, signalni aloqa kanali orqali uzatishga to‘g‘ri keladi. 4.1-rasmda keltirilgan bosqichlar vazifasi tarmoq abonentlarining har biri tomonidan bajariladi.
Uzatuvchi Qabul qiluvchi
Axborotning yo'li 4.2-rasm. Axborotning abonentdan abonentga
o‘tish yo‘li.
Bir abonentdagi har bir bosqich shunday ishlaydiki, u boshqa abonentning xuddi shu bosqichi bilan to‘g‘ri aloqasi bordek, ya’ni tarmoq abonentlarining bir xil nomli bosqichlari o‘rtasida virtual aloqa mavjud. Bir tarmoq abonentlari o‘rtasidagi real aloqa faqat eng quyi birinchi bosqichda mavjud (jismoniy bosqich). Axborot uzatayotgan abonentda axborot barcha bosqichlardan yuqoridan boshlab quyi bosqichda tugaydi. Qabul qiluvchi abonentda esa, qabul qilingan axborot teskari yo‘nalishda, quyi bosqichdan boshlab, yuqori bosqichga harakat qiladi (4.2-rasm).