1-Mavzu: Kompyuter grafikasi haqida tushuncha



Download 73,75 Kb.
bet3/8
Sana01.02.2023
Hajmi73,75 Kb.
#906369
1   2   3   4   5   6   7   8
Grafik qiyofa - bu chizmalar toʻplami boʻlib, oʻzaro bogʻlanishlari bilan birgalikda tushuniladi.
Eksplikasiya - grafik obrazning ma’nosini ochib beradigan ma’lumotlar toʻplamidir. Grafik obraz simvolli yoki geometrik shaklda boʻlishi mumkin.
Shartli belgilar yordamida tuzilmagan degan ma’no uning geometrik shakliga bogʻlanmagan boʻlib, sharoitga bogʻliq holda tushuniladigan obrazlar ya’ni simvolik obrazlarga tegishlidir.
Shartli belgilar qandaydir tushunchalar(simvollar) bilan puxta bogʻlangan boʻlishi, aniq bir sohadagi belgilar toʻplami esa simvollar bilan ifodalanishi mumkin.
Simvollar koʻrinishdagi ikki oʻlchovli grafik obrazlar grafikani tashkil etadi.
Geometrik ma’noga ega boʻlgan, shu shaklda biror tenglamani yoki tengsizlikni ifodalovchi obraz geometrik grafika deyiladi.
Masalan, inflyasiyaning oʻsishini koʻrsatuvchi egri chiziq shu koʻrinishda emas, balki iqtisodiy kategoriya sifatida qiziqarlidir.
Grafik obraz koordinata tizimi yordamida masshtablashtirilgan oʻlchov birligi shaklidagi toʻr, grafika umumiy sarlavhasi, umumiy va xususiy tushuntirish usuli, sonlar chizigʻi sifatida tushuniladi. Grafik obraz butun son koʻrinishida ifodalanishi ham mumkin.
Grafik eksplikasiyasi uch xil koʻrinishga ega boʻlishi mumkin: geometrik, ideografik va xususiylashgan.
Ideografik eksplikasiya shartli belgilarning ma’nosini tushuntiradigan figurali, chiziqli, fonli va boshqalar koʻrinishida boʻlishi mumkin, bu shartli belgilar grafika elementlariga aniq bir ma’no bagʻishlaydi.
Geometrik eksplikasiya - koordinata oʻqlari, toʻr, masshtablardan iborat. Ular yordamida geometrik qiyofalar geometrik xususiyatlarga ega boʻladi, chunki bu vositalar yordamida geometrik yuzalar xossalaridan foydalaniladi.
Xususiylashgan eksplikasiya - sarlavhalar, tushuntirishlar (chiqish sonlari va belgilarga).
Bu tushuntirishlar grafikaning ushbu bilimlar doirasi- ning butun majmuasida qanday joy egallaganini koʻrsatadi va til nuqtai nazaridan grafikaning eng zaruriy elementi hisoblanadi, chunki usiz grafika hyech qanday ma’noga ega boʻlmaydi.
Eksplikasiyadan tashqari grafikada qoʻshimcha ma’lumotlar ham boʻlishi mumkin: raqamli ma’lumotlar, takrorlanuvchi qiymatlar va x.k. Berilgan axborotlarning xronologik ketma-ketligi buzilgan taqdirdagina grafika butunligi buziladi.
Shunday qilib grafika-bu maxsus, fikran yaxlit xayoliy qurilmalarning(ansambillarning) ikki oʻlchovli (yoki uch oʻlchov li) tasvirda ifodalangan grafik qiyofasi va uning eksplika- siyasidir.
Grafiklar qurishning texnologik asosini tashkil etish munosabati bilan, ularda ishlatiladigan shartli belgilarni koʻrib chiqamiz.
Shartli belgilar-bular shunday chizmalarki, ular berilgan sifat koʻrsatkichlarini shartli belgilarda ifodalaydi. Bir xil tushunchalarni belgilashda - bir xil shartli belgilardan, turli tushunchalarni belgilashda turlicha belgilar ishlatiladi. Natijada, toʻliq shu bilan birga dara- jalangan qiyofa vujudga keladi:

  1. Figurali(harflar, raqamlar, ochiq va yopiq figuralar, sxe- mali va kartina koʻrinishidagi tasvirlar);

  2. Chiziqlar(nisbatlarni belgilash uchun, aloqa chiziqlari, geometrik oʻlchovlarni koʻrsatish uchun ishlatiladigan oʻlchov birliklari-uzunligi, yoʻnalishi, koʻrinishi va h.k.);

  3. Fon belgilari-maydon va yuzalarni ranglar yoki shtrixlar bilan (ularning xususiyatlarini koʻrsatish uchun) qoplash.

Shartli belgilar chizma yuzasida ma’lum bir tartibda joylashtiriladi. Masshtabsiz grafiklarda belgilar erkin montaj koʻrinishida, maydon va jadval toʻri koʻrinishida beriladi. Bu yerda grafikani yorqinlashtiruvchi vosita sifa- tida rangdan foydalaniladi.
Maydon toʻri-berilgan maydonni boʻlaklarga boʻlib, har bir boʻlakka maxsus qiymatni biriktirib qoʻyish. Har bir maydon gorizontal yoki vertikal chiziqlar shaklida boʻlinib, oʻz sarlavhasiga ega boʻladi.
Jadval toʻri-bu oʻzaro kesishuvchi maydonlarning kombina- siyasidan iborat.
Grafiklarni tuzishda, uning texnologik asoslarini yuklash muammosini-grafikka chiqariladigan chizmalar sonini ham nazarda tutish kerak. Bu yerda qoʻyiladigan asosiy talab - grafik tomonidan koʻrsatiladigan kompleksning eng asosiy qismlari birinchi navbatda koʻrsatilib, detallar soyada, ikkinchi navbatda ikkinchi darajali detallar, uchinchi navbatda yordamchi detallar koʻrsatiladi va hakozo.
Grafikning yuklamasini kamaytirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:

  1. Ketma-ket detallashtirish usuli(bitta grafik oʻrniga, dastlabkisiga oʻxshash grafiklar majmuasi tuziladi);

  2. Ulanish usuli(umumiy tizimga birlashtirilgan va bir necha turli nuqtalardan olingan tasvir);

  3. Asosiy kontur usuli(umumiy konturga ega boʻlgan grafiklar majmuasini tuzish va har bir grafikka oʻz harakteriga mos keluvchi chizmalarni tushirish);

  4. Oddiy solishtirish usuli(bir-biriga bogʻliq boʻlmagan va bir xil qoidalar asosida tuzilmagan grafiklarni toʻplash).




Download 73,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish