1.8. Kompyuter grafikasini qoʻllash sohalari
Kompyuter grafikasi qoʻllaniladigan asosiy sohalarni koʻrsatib oʻtamiz:
Grafiklarni chizishda;
Kartografiya-geografik, tabiiy yoki iqtisodiy xodisalarni oʻzaro chegaradosh mamlakatlar, viloyatlar, oʻlkalar va sh.oʻ. larning aniq tasvirini berishda;
Loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlash tirishda;
Modellashtirish va multiplikasiyada;
Turli texnologik jarayonlarni boshqarish-real dunyo masshtabida interaktiv rejimda ishlash. Texnologik jarayonni eng kerakli nuqtalariga oʻrnatilgan dastlabki axborot manbai boʻlgan datchiklardan kelayotgan axborotlar qiymatini vizual idrok qilishda;
Kanselyariya ishlarini avtomatlashtirish va chop etishning elektron usulida;
Reklama va san’at sohasida-qandaydir fikrni ifodalash va estetik yoqimli tasvirlar orqali jamoaning diqqatini tortishda.
1.9. Kompyuter grafikasi operatsion tizimlari haqida tushuncha
Operasion tizim deganda EHM resurslarini boshqarish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va ularni tashqi qurilmalar va boshqa dasturlar bilan hamkorlikda ishlashini ta’minlash hamda foydalanuvchining kompyuter bilan muloqatini ta’minlashni amalga oshiruvchi dasturiy vositalar majmui tushuniladi. Bunda resurs deganda EHMning tarkibiy qismlari-mikromuharrir, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar, ular tomonidan beriladigan imkoniyatlarni tushunish kerak. Har bir kompyuter operasion tizim bilan ta’minlanib, u mashina ulanganda har doim yuklanadi. U foydalanuvchi uchun hisoblash tizimi bilan qulay muloqot (interfeys) usulini ta’minlaydi. Bunda dastur va foydalanuvchi interfeysi boʻlishi mumkin.
Dastur interfeysi - qurilmalar va dasturlarni hisoblash mashinasida birgalikda ishlashini ta’minlovchi vositalar majmuidir.
Foydalanuvchi interfeysi - foydalanuvchining dastur yoki EHM bilan birgalikda ishlash dasturiy va apparat vositalaridir.
Qobiq deb boshqa dastur ustidan ustqurma boʻlgan yoki qandaydir dastur va foydalanuvchi oʻrtasidagi qavatga aytiladi. Odatda bu ustqurma foydalanuvchi ishini sezirlarli darajada yengillashtirib, unga qator qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatadi. Eng koʻp ommaboplikka erishgan qobiqlardan MS DOS operasion tizimiga kiydirilgan “Norton Commander” va “Volkov Commander” va Windows ga kiydirilgan “Windows Commander” lardir. Bu dasturiy mahsulotlar fayllar va kataloglar bilan qulay ishlash imkoniyatini beradi.
Microsoft Windows - koʻp masalali, koʻp darchali , tizimli muhitdir, foydalanuvchining rivojlangan grafikli interfeysi bilan ta’minlangan tizim muhitidir. MS DOS operasion tizim ustidan tuzilgan grafikli qobiqdir. Bu qobiqning grafikli interfeysi foydalanuvchi uchun komfort sharoit yaratadi , dastur va ma’lumotlar bilan ularning grafik tasviri orqali muloqot qilish imkoniyatini beradi.
Microsoft Windows asosiy funksiyalaridan tashqari muhim grafik imkoniyatlariga ega boʻlib murakkab geometrik obyektlar, rasmlar, fragmentlar va tasvirlar yaratish imkoniyatiga ham ega. Microsoft Windows tizim bilan birgalikda beriladigan standart ilovalar bilan ta’minlangan boʻlib, foydalanuvchining turli xil grafik ehtiyojlarini qondira oladi.
Microsoft Windowsning standart ilovalarida keltirilgan grafik resurslariga Paintbrugh va Paint muharrirlari kiradi.
Paintbruch muhariri rangli bir darchali grafik muharrir boʻlib, murakkab rasmlar yaratish imkonini beradi. Bu muharrir turli xil uskunalar toʻplamiga ega boʻlib, toʻgʻri va egri chiziqlar, toʻgʻri burchaklar, koʻp burchaklar, ellipslar va sh.oʻ. chizishlar uchun moʻljallangan. Uskunalar ichida extiyoriy rasmlar chizish, detallarni turli xil ranglarga boʻyash uchun uskunalar mavjud. Rasmlarni Windows ning shriftlaridan foydalanib, matn bilan toʻldirish imkoniyati ham bor. Rasmlarni tuzatish, oʻzgartirish, boʻlaklarning rangini oʻzgartirish, toʻgʻri burchak va rasmning ixtiyoriy qismini kesib olish va qoʻyish uskunalari va imkoniyatlari mavjud.
Paintbruch rasmlari bmr tipidagi fayllarda saqlanib rastrlidir, ya’ni ular mayda toʻrt burchaklardan tuzilgan.
Rasm detallariga shakli , rangi boʻyicha rastr elementi aniqligida tuzatishlar kiritish mumkin. Rasmning rastrli formati turli xil ilovalar hujjatlariga qoʻshib qoʻyishga qulay. Paintbruch da keng tarqalgan rsx-fayllar yuklanishi va saqlanishi mumkin.
Paintbruch rasmlarining kamchiligi rasmning ayrim detallarini ajratib olib tahrirlash ishlarida ishlatish mumkin emasligidir. Bundan tashqari rasmni rastrli usulda ifodalanishi shunga olib keladiki, qiyshiq va egri chiziqlar yetarlicha silliq boʻla olmaydi.
Paint grafik muharriri oddiy tasvirlarni yaratish, koʻrib chiqish, tahrirlash uchun xizmat qiladi. U kichik matnlarni qoʻshib qoʻyishi va skanerdan olingan tasvirlarni tahrirlash imkoniyatini beradi. Rasm chizish va tahrirlash uchun ma’lum joyni qirqib olish, lastik, zalivka, rang tanlash, qalam, purkagich, chiziq, egri chiziq, toʻgʻri burchak, koʻp burchak, ellips uchun na’munalar toʻplash imkoniyatlari bor. Masalan, chiziq uskunasida har xil qalinlikdagi chiziqlar chizish imkoniyati mavjud.
Palitra bandi 28 xil rangdan iborat boʻlib chizish va fonni boʻyashda foydalaniladi. Bundan tashqari palitrani oʻzgartirish buyrugʻidan foydalanib 48 ta rangdan bittasini tanlash hamda shaxsiy rangni chiqarish mumkin.
“Правка” menyusida quyidagi buyruqlar joylashgan: “Очистить Рабочее поле”, “Отменить” (oxirgi uskuna bilan qilingan ishni bekor qiladi), “Выделение фрагмента” (Fragment ajratish), “Копирование выделенного фрагмента” (ajratilgan fragmentdan nusxa koʻchirish), “Вставить” komandasini ishlatib ham bir necha bor koʻchirish mumkin), “Перемещение выделенного фрагмента” (ajratilgan fragmentni qayta joylash), “Удаление фрагмента” (fragmenti oʻchirish). “Рисунок” menyusi ajratilgan fragmentni rasmda qayta ishlashni va effektlar olishni ta’minlaydi. Unda rasmni qisish, kengaytirish, qirqib olish va burash, ranglarini oʻzgartirish va masshtabni oʻzgartirishlar ta’minlangan.
Paint grafik muharririga kelgusi boblarimizda toʻlasincha ma’lumotlar beramiz
Nazorat uchun savollar
Kompyuter grafikasi nima?
Kompyuter grafikasi fanining vazifalari?
Kompyuter grafikasining boshqa fanlar bilan bogʻliqligi?
Tasvirlashning grafik tili nima?
Grafika necha elementga boʻlinadi?
Eksplikatciyaning mohiyati nima?
Grafik qiyofa nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |