Katta portlash
Koinotning qanday tuzilganligi xaqida ma’lumotlar insoniyat yaratgan asboblar yordamida kuzatish mumkin bo’lgan uzoq masofalarni o’rganish orqali aniqlanadi. Ushbu masofalar astronomiyada ishlatiluvchi masofa yorug’lik yili birliklari bilan tavsiflansa (1 yorug’lik yiliq9.5.1012 km yoki ~0.3 parsek, 1 parsek ~ 3.1.1013 km), eng uzoqda joylashgan ob’ektlargacha bo’lgan masofa 5000 million parsek yoki 15 milliard yorug’lik yiliga teng! Xozirgi kunda kuzatilayotgan koinot ulkan yulduzlar yig’indisi – galaktikalardan va yulduzlararo muxitdagi gazlardan iborat. Aslida esa koinot modda va nurlanishlardan iboratdir12.
Dastlab koinotdagi modda xaqida suxbatlashamiz. Ma’lumki, modda atom yadrolaridan – nuklidlardan tashkil topgan. Yadroda esa o’z navbatida protonlar va neytronlar joylashgan. Ularni nuklonlar deb atashadi. Protonlar soni yadroning zaryadini aniqlab beradi (Z), proton va neytronlarning (N) umumiy soni uning massa soni deyiladi (A), ya’ni Z Q N q A. Shunday qilib yadroning ikki parametri – Z va A – nuklid va moddaning xarakteristikasini aniqlab beradi.
1-rasm. Koinotning katta portlashdan keyin kengayishi.
Masalan koinotda eng engil sanalgan va keng tarqalgan Vodorod atomi uchun Zq1 (uning belgilanishi – 1N), og’ir yadrolardan biri sanalgan uran uchun esa Z q 92 (92U). Astrofizikaning asosiy vazifalaridan biri bu koinotdagi mavjud bo’lgan 300 ga yaqin nuklidlarning paydo bo’lishi va tarqalganlik taqsimotini o’rganishdan iborat.
Galaktikalarning uzoqlashishi
Buyuk fizik olimlar I. Nyuton va A. Eynshteynlar koinotni statik deb xisoblaganlar. I. Nyuton koinotning siqilishidan qo’rqib, undagi galaktikalar sonini cheksiz katta deb xisoblagan. A. Eynshteyn 1917 yilda esa o’zining umumiy nisbiylik nazariyasida katta massaga ega bo’lgan osmon jismlarining bir-biridan uzoqlashishini tavsiflash uchun sun’iy ravishda kosmologik xadni kiritgan. Shu yilning o’zida amerikalik olim V. Slayfer kosmik tumanliklarning uzoqlashishi xaqidagi ilmiy ishini chop etgan, 1924 yilda esa rus olimi A. Fridman uzoqlashuvchi galaktikalar nazariyasi – kengayuvchi Koinot nazariyasini ishlab chiqdi.
Ushbu nazariya bizning olamni tushunishdagi tasavvurlarimiz uchui revolyutsion kashfiyot bo’ldi13. 1929 yilda amerikalik E. Xabbl galaktikalarning uzoqlashishini kuzatuv natijalari orqali isbotladi va Fridman gipotezasi uzoqlashayotgan galaktikalardan (razbegayuhie galaktiki) kelayotgan elektromagnit nurlarning qizil siljishi natijasida eksperimental tasdig’ini topdi. Galaktikalarning uzoqlashish tezligi ulargacha bo’lgan masofaga proportsional ekanligi aniqlandi. Ushbu eksperimental natijalar yordamida Koinotning yoshi baxolandi – bu yosh taxminan 15 milliard yilga tengligi aniqlandi. Shunday qilib kosmologiyada yangi davr boshlandi.
Tabiiy savol o’z-o’zidan tug’iladi: Koinot rivojlanishining boshida nima bo’lgan?
XX asrning 40-yillarida buyuk olim G. Gamov olam yaralishining yangi nazariyasini taklif etdi. Unga ko’ra bizning koinot Katta portlash natijasida vujudga kelgan (rasmga qarang).
2-rasm. Katta portlash diagrammasi – Kengayuvchi koinotning xarakteristikasi va paydo bo’lishi xamda asosiy davrlari. 10-43 sekundgacha xamma o’zaro ta’sirlarning Buyuk birlashishi davri xukmronlik surgan va 10-6 sekundda kvarklarning adronlarga birlashishi bilan tugagan. 10 sekunddan boshlab radiatsion era boshlangan, ya’ni nurlanish zichligi modda zichligidan katta bo’lgan. 40000 yildan so’nggina moddaning zichligi nurlanish zichligidan ustun bo’la boshlagan. Buning natijasida atomlar paydo bo’la boshlagan (4.000.000 yildan so’ng). Moddaning dominant davri 15 milliard yil o’tgach xam bizning vaqtimizgacha saqlanib kelmoqda.
Katta portlash bu dastlabki paytdagi Koinotning kichik xajmida mujassamlashgan ulkan zichlik, temperatura va bosimning kengayish jarayonida pasayib borishidir. Dastlabki paytda Koinot 105 gG’cm3 zichlikka va 1010 K temperaturaga ega bo’lgan. Taqqoslash uchun Quyoshning markazidagi temperatura ushbu xaroratdan 1000 marta kichikdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |