MUSTAQIL TA’LIM MASHG‘ULOTLARI
Mustaqil ishlarni bajarish va topshirish bo‘yicha ushbu uslubiy ko‘rsatmada talabalar bilimlarni mustaqil tarzda o‘rganish va puxta o‘zlashtirish, kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash, axborot manbaalari va manzillaridan samarali foydalanish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarni hosil qilish, elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash, Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishni o‘rganish, berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash, ma’lumotlar bazasini tahlil etish, topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish, ishlab chiqilgan echim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilishga tayyorlanish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
1.Mustaqil ish bajarishning maqsad va vazifalari
Mustaqil ishning asosiy maqsadi-professor-o‘qituvchi rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish hamda talabalarda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
-fanlardan o‘z bilimlarini mustaqil tarzda o‘rganish va puxta o‘zlashtirish;
-kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash;
-axborot manbaalari va manzillaridan samarali foydalanish;
-o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarni hosil qilish;
-elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash;
-Internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishni o‘rganish;
-berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash;
-ma’lumotlar bazasini tahlil etish;
-topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish;
-mshlab chiqilgan echim, loyiha yoki g‘oyani asoslash va mutaxassislar jamoasida himoya qilishga tayyorlanish.
2.Mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Mustaqil ishlarni tashkil etishda o‘quv rejasidan kelib chiqqan xolda kafedra tomonidan muayyan fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
- ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
- berilgan mavzu bo‘yicha referatlar tayyorlash;
- seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
- laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish;
- hisob-grafik ishlarini bajarish;
- kurs ishi (loyihasi)ni bajarish;
- malakaviy bitiruv ishi yoki diplom loyihasi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
- amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topishga (keys-stadi) harakat qilish;
- maketlar, modellar va namunalar yaratish;
- ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
O‘qitilayotgan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar mustaqil ishlarni bajarishda boshqa shakllardan ham foydalanilish mumkin.
O‘quv fanlari bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
Talabalar mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo‘yicha kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy-uslubiy kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talabalarga fanlar bo‘yicha zaruriy uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |