1-мавзу: кириш



Download 14,93 Mb.
bet25/112
Sana18.02.2022
Hajmi14,93 Mb.
#454963
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112
Bog'liq
19-20 ТМ УМЛ 2021-2022 лотин

Tayanch iboralar
Tolali nuqsonlar, chigal tola, murakkab chigal tola, pishmagan tolalar dastasi, zararli nuqsonlar, tugunchalar, ballastli nuqsonlar, qazg‘oq, o‘simlik, yovvoyi xashak qismlari, g‘adir-budur, buralgan, tugunsimon va to‘zigan qismlar, dag‘al kimyoviy tola, qirqilmagan kimyoviy tola, yopishgan kimyoviy tola, shoxsimon kimyoviy tola, Ifloslangan ip, moy tekkan va kirlangan ip, davriy yo‘g‘on joylari bor ip, do‘mboqlar, yo‘g‘onlashgan iplar, xom ipakda uchraydigan nuqsonlar, notekislik.


Nazorat savollari
1.Tola nuqsonlariga nimalar kiradi?
2.Kimyoviy tolalarning nuqsonlariga ta’rif bering.
3.Iplarning nuqsonlari deganda nimani tushunasiz?
4.Yigirilgan iplarning sinfini aniqlash standarti haqida ma’lumot bering.
5.Yigirilgan va kompleks iplarda uchraydigan nuqsonlar haqida ma’lumot bering.
6. Xom ipakda uchraydigan nuqsonlarga nimalar kiradi.
7. Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha iplarning sinfini aniqlash.
8. Uster-Tester asbobida ip nuqsonlarini aniqlash.
9. AOPN-5 asbobida ip nuqsonlarini aniqlash qanday amalga oshiriladi.


7-MAVZU: TO‘QIMACHILIK TOLA VA IPLARINING YARIM DAVRLI CHO‘ZILISH DEFORMATSIYASI VA OLINADIGAN KO‘RSATKICHLAR



Ma’ruza mavzusining rejasi:




a) yarim davrli cho‘zilish deformatsiyasi va olinadigan ko‘rsatkichlar;
b) yarim davrli cho‘zilish deformatsiyasiga ta’sir etuvchi omillar;
v) ) yarim davrli cho‘zilish deformatsiyasiga atrof-muhit ta’siri.

To‘qimachilik tola, iplar olinishida va ulardan mahsulot ishlab chiqarish jarayonida har xil mexanik ta’sirlarga uchraydi. Tola va iplarga ta’sir etuvchi kuchlarning miqdoriga yo‘nalishiga va takrorlanishiga nisbatan har xil deformatsiyalar hosil bo‘ladi. Agar tola, iplarga ta’sir etuvchi kuchlarning miqdori ularning uzilish kuchidan katta bo‘lsa, tola, iplar uziladi. Agar kuchlar tola, iplarning uzunligi bo‘yicha ta’sir etsa, ular cho‘ziladi, ko‘ndalangi bo‘yicha ta’sir etsa siqilish, egilish deformatsiyalariga uchraydi. Tola, iplarga kuchlar qisqa yoki uzoq muddat va takrorlanish bilan ta’sir etish mumkin. To‘qimachilik tola, iplarning mexanikaviy xususiyatlarini ta’riflash uchun tajriba asosida olingan 50 dan ortiq ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
Prof. G.N.Kukin to‘qimachilik materiallarning barcha mexanikaviy xususiyatlarini o‘rganib chiqib, mexanik ko‘rsatkichlarni olish usuliga nisbatan tasnif yaratgan. SHu tasnifga asosan har bir deformatsiyada olinadigan ko‘rsatkichlarni uchta davrli sinflarga ajratiladi: yarim davrli sinfda olinadigan ko‘rsatkichlar; bir davrli sinfda olinadigan ko‘rsatkichlar; ko‘p davrli sinfda olinadigan ko‘rsatkichlar.
To‘qimachilik tolalarni titish-tarash, tekislash va yigirish jarayonida, chiqarishda ular doimo cho‘zilish deformatsiyasiga uchraydilar. CHo‘zilish deformatsiyasi uchta sinfga bo‘lib o‘rganiladi:
1.YArim davrli cho‘zilish deformatsiyasida olinadigan ko‘rsatkichlar;
2.Bir davrli cho‘zilish deformatsiyasida olinadigan ko‘rsatkichlar;
3.Ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasida olinadigan ko‘rsatkichlar.
YArim davrli cho‘zilish deformatsiyasida olinadigan ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: uzilish kuchi, nisbiy mustahkamlik, uzilishdagi kuchlanish, uzilishdagi bajarilgan ish va uzilishdagi cho‘zilish.
a) Uzilish kuchi – materiallarning uzilishga qadar ko‘targan yuk miqdori bilan aniqlanadi. Uzilish kuchi materiallarning mutloq mustahkamligini bildiradi. Uzilish kuchi sN, N, daN bilan o‘lchanadi.
Materiallarning mustahkamligini o‘zaro solishtirish uchun quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar ishlatiladi.
b) Nisbiy mustahkamlik, Rn – uzilishdagi mutloq mustahkamlikni tola, iplarning chiziqli zichligiga nisbati bilan aniqlanadi.
(sN/teks); (45)
v) Uzilishdagi kuchlanish,  - uzilishdagi mutloq mustahkamlikni tola, iplarning ko‘ndalang yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi.
(sN/mm2), Pa; (46)
g) Uzilishdagi bajarilgan ish, Rm – ikki xil formula bilan aniqlanadi.
1) mutloq bajarilgan ish – Rm
(47)
CHo‘zilish jarayonida tolani tashkil etuvi moddalarning o‘zaro tortish kuchlarini uzishga sarf etilgan energiya miqdori bilan aniqlanadi.
(48)
Uzilishdagi bajrilgan ish cho‘zilish diagrammasidagi «mutloq cho‘zilish -mustahkamlik» o‘klaridagi egri chiziq bilan chegaralangan yuza miqdori bo‘yicha aniqlanadi. YA’ni funksiya funksiya egri chizig‘i bo‘yicha aniqlanadi.

CHo‘zilishdagi elementar bajarilgan ish quyidagi formula bilan aniqlanadi:



Materialning uzilishga qadar bo‘lgan umumiy bajarilgan ish quyidagi formula bilan aniqlanadi:
(49)
Lekin, cho‘zilish egri chizig‘i bilan chegaralangan yuzani matematik usulda aniqlash murakkab bo‘lganligi uchun datda yuza tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. YA’ni asbobda yozib olingan cho‘zilish egri chizig‘i bilan chegaralangan yuzasi OAVSS, A, O deb belgilab Planimetr bilan ishchi yuza orqali haqiqiy bajarilgan ish aniqlanadi. Uzilish nuqtasi «S» dan koordinat o‘qlariga tik tushirib , bo‘yicha shartli bajarilgan ish aniqlash.
(50)
Haqiqiy bajirilgan ishning shartli bajarilgan ishga nisbati cho‘zilish egri chizig‘ining to‘liqligi ( ) deb ataladi:
(51)
(50) formulasidagi ning qiymatini (51) formulaga qo‘yib haqiqiy mutloq bajarilgan ish aniqlanadi:
[j] (52)
Laboratoriya ishlarida haqiqiy mutloq bajarilgan ishni hisoblashda yuzalarni planimetr bilan aniqlash ko‘p vaqt talab qiladi. SHuning uchun qog‘ozga yozib olingan egri chiziq diagrammmasidan shartli bajarilgan ishning , koordinatlari bo‘yicha kesib olinadi va uning massasi tortiladi. Keyin egri chiziq bo‘yicha kesib olib haqiqiy bajarilgan ish yuzasining massasi aniqlanadi. Haqiqiy massaning shartli massaga nisbati « » koeffitsientini beradi.
; (53)
Koeffitsient « » katta bo‘lsa, tola, iplar cho‘zilishida ko‘p ish bajargan bo‘ladi, ya’ni katta qarshilik ko‘rsatadi. Har xil tola, iplar uchun koeffitsient ga qadar o‘zgaradi.
Uzilishdagi mutloq bajarilgan ish bilan birga quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar ham ishlatiladi:
1) Uzilishdagi solishtirma bajarilgan ish. Bu mutloq bajarilgan ishni material massasiga nisbati bilan aniqlanadi:
(54)
bu erda: -uzilayotgan materialning ishchi qismining massasi, g.
2) Materialning hajmi bo‘yicha bajarilgan ish. Bu mutloq bajarilgan ishni material hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
(55)
Bu erda: -uzilayotgan materialning ishchi qismining hajmi, mm3.
d) Uzilishdagi cho‘zilish-uzilishdagi cho‘zilish ikkita ko‘rsatkich bilan ifodalanadi.
1) Uzilishdagi mutloq to‘liq cho‘zilish. Bu tola, iplarning uzilishi oldidan cho‘zilgan miqdori, «mm» da o‘lchanadi.
(mm) (56)
bu erda: -namunaning boshlang‘ich uzunligi, mm; -namunaning uzilishi oldidan cho‘zilgan uzunligi, mm.
2) Nisbiy to‘liq cho‘zilish - . Bu ko‘rsatkich mutloq to‘liq cho‘zilishni boshlang‘ich uzunlikka nisbati bilan aniqlanadi, foizda.
foiz (57)
har xil tola (a) iplarning (b) cho‘zilish egri chizig‘i 3-rasmda berilgan.

3 (a)-rasm. Tolalarning cho‘zilish egri chizig‘i.
1-shisha; 2-zig‘ir; 3-paxta; 4-lavsan; 5-kapron; 6-viskoza; 7-nitron; 8-ipak; 10-atsetat; 11-jun; 12-kazein.

3 (b)-rasm. Iplarning cho‘zilish egri chizig‘i.
1-paxta ipi; 2-zig‘ir ipi; 3-jun ipi; 4-xom ipak; 5-viskoza oddiy ip; 6-viskoza mustahkamlangan ip; 7-viskoza shtapel toladan yigirilgan ip; 8-kazein ipi; 9-shisha ipi.

YArim davrli cho‘zilish deformatsiyasida olinadigan ko‘rsatkichlarga har xil omillar ta’sir qiladi, ya’ni uzish tezligi, namuna uzunligi (qisqichlar orasidagi masofa, atrof-muhit parametrlari (laboratoriyadagi havoning harorati va namligi) va uzish usuli.



Download 14,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish