1-usul. YAkka tolalarni tekislab uzunligini millimetrli chizg‘ich bilan o‘lchash. Bu usul kimyoviy shtapel tolalar uchun GOST 10213.4-73 bilan tasdiqlangan.
Namunadan olingan tola kunjut yog‘i surtilgan oyna ustiga qo‘yiladi va tola cho‘zilmasdan asta-sekin tekislanadi. O‘lchash natijasini 1 mm oraliq bilan ayrim guruhlarga yoziladi. ¥aqiqiy o‘rtacha arifmetik uzunlik (6) formula bilan hisoblanadi.
Standartda kimyoviy shtapel tolalarning tasdiqlangan uzunligini nominal uzunlik deb ataladi. Nominal uzunlikning tajriba yo‘li bilan aniqlangan haqiqiy o‘rtacha arifmetik uzunlikdan og‘ish miqdori (foizda) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, (15)
bu erda: - ko‘rsatkichi standartda me’yorlashtiriladi.
Bu usul boshqa tolalar uchun asosan ilmiy ishlarda va uzunlikni o‘lchash bo‘yicha ishlatiladigan asboblarning aniqligini tekshirishda foydalaniladi.
2-usul. YAkka tolani tekislamasdan tasviri orqali aniqlash. Namunadan preparat yasab, mikroskop yordamida tolaning tasviri chiziladi, kurvimetr asbobi bilan uning uzunligi o‘lchanadi. Bu usulning aniqligi yuqori, lekin ko‘p vaqt talab qiladi. SHuning uchun bu usul ilmiy ishlarda ishlatiladi.
Klasser usuli bilan paxta tolasining shtapel uzunligini aniqlash.Klasser - paxta tolasining uzunligini qo‘lda aniqlovchi mutaxassisdir. Bu usulda tajriba uchun olingan namunadan massasi 6-10 g bo‘lgan tola qatlami ikkala qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmoqlari orasiga 1-1,5 sm masofada joylashtiriladi. Mao‘kam qisilgan qatlam sekin-astalik bilan tolalar uzilishiga yo‘l qo‘ymay ikki qismga bo‘linadi. O‘ng qo‘ldagi qism tashlab yuborilib, chap qo‘ldagi qisilgan bo‘lagidan ozod tolalar olib tashlanadi va bir vaqtda qisilgan tolalar uzunligi bo‘yicha tekislanadi. O‘ng qo‘l bilan taramchadan uchlari 2-3 mm chiqib turgan tolalar tortib olinadi. Taramcha asta-sekinlik bilan tortiladi, natijada tolalar tekislanadi.
SHtapelni hosil qilish uchun 3-4 taram tolalarning bir uchi bitta chiziqqa keltirib bir-birining ustiga joylashtiriladi. CHap qo‘ldagi qolgan tolalar tashlab yuboriladi va shu qo‘l bilan o‘ng qo‘ldagi taram tolalari silliqlanib, qisilmagan bo‘sh tolalar olib tashlanadi. So‘ngra o‘ng qo‘ldagi shtapel chap qo‘lga tola uchlarini tekisligini ta’minlab qaytadan joylashtiriladi. Tayyorlangan taramning shtapel uzunligi shu klassyor tomonidan standart namunalardan (etalonlardan) tayyorlangan taramlar bilan solishtirib aniqlanadi yoki shtapelning o‘rtasidan chizg‘ichda o‘lchanadi. Klasser usulida uzunlikni aniqlash uchun ikki marta shtapel tayyorlanadi va uzunligi o‘lchanadi. Agar natija ishonchlilik ehtimoli 0,8 bo‘lganda, ikkita o‘lchovning orasidagi farq 0,5 mm dan farqli chiqsa, uchinchi bor shtapel tayyorlanib uzunligi o‘lchanadi. YAkuniy natija qilib uchta o‘lchashning o‘rtachasi olinadi.