1-mavzu: kirish. Rеja: Konstruktsion materiallar texnologiyasining mashinasozlikdagi ahamiyati



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana08.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#536168
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза

Metallarni ichki tuzilishi 
Kristallarni tashkil etgan zarrachalar shu kristallarni hajmida batartib 
geometrik tarzda joylashadi, bu joylashish kristall panjara deb aytiladi.(1-rasm.)
1-rasm. Kristall panjara va uya 
Rentgen nurlari yordamida tekshirishlar aksari metallarning kristall 
panjaralarini turi quyidagicha bo‘lishligini ko‘rsatdi (2-rasm) 
1)
Markazlashgan kub panjara. Bunda kristall panjaraning uyasida 9 ta atom 
bo‘lib, kub burchaklarini uchlarida 8 ta atom, 1 ta atom esa kubning markazida 
joylashgan.Bunay panjara Fe,Na,Cr., va boshqa metallarga xos. 
2)
Yoqlari markazlashgan kub panjara. Elementar uyada 14 ta atom joylashgan 
bo‘lib,8 ta atom kub uchlarida va 6 ta atom esa kub tomonlari markazlarida 
joylashgan. Bunday kristall panjaraga :Al,qo‘rg‘oshin,oltin, Ni va boshqa
metallarga xos.
3)
Geksogonol panjara (olti yoqli prizma ) metal atomlarini 12 tasi prizma 
burchaklarini uchida, 3tasi esa prizmani o‘rta ko‘ndalang kesimida joylashgan 
va 2 tasi prizmani yuqori va ostki yuza markazida joylashgan Bunday metall 
panjara magniy, rux, titan va boshqa metallarga xos . 


а)
б)
с)
Na, K, Wo, Mo, Cr, Ti,

-Fe ………………..
Cu,Al, Hb, …………..
Ca, Ni, ……………….

-Fe ………………...
Mg, Zn, Te,Ka,Be……
2-rasm.Kristall panjarani turi. 
a) Markazlashgan kub panjara. 
b) Tomonlari markazlashgan kub panjara. 
s) Geksoganal panjara. 
Metallarni xossalari kristallik panjara xiliga va atomlarni hamda atomlar 
orasidagi masofaga qarab o‘zgaradi. Kristal moddalarni atomlari fazoviy panjaraga 
maplum tartibda joylashgan, bu moddalar muayyan erish temperaturasiga ega 
bo‘ladi. Kristall moddalarga hamma metallar va ularni qotishmalari osh tuzi, qand, 
va boshqalar misol bo‘ladi. 
Fazoviy panjarani bir turdan ikkinchi turga o‘tishi muayyan kritik 
temperaturalarda ro‘y berib, allatropik o‘zgarishlar deb yuritiladi 
Kristall moddalarni fazoviy panjarasida atomlar bir tekis va maplum tartibda 
joylashganligi harxil yo‘nalishda ularni xossalari har xil bo‘ladi, chunki atomlar 
orasidagi masofa o‘zgaradi. 
Elementar uyani tashkil etgan atomlarni o‘lchamlari juda kichik ularni 
o‘lchash uchun angestram birligida o‘lchanadi 1A=0,00000001 sm ga teng. 
Kristall panjarani tashkil etgan atomlar markazlari orasidagi masofa qiymati 
ham shunga yaqin. Har bir metal o‘ziga xos kristall panjaraga ega. 
Atomlarni muayyan tartibda joylashuvi natijasida hosil bo‘ladigan 
geometrik jihatdan to‘g‘ri shakl, butun kristall yoki mono kristall deb yuritiladi. 
Butun kristallar uni o‘sishiga biror tashqi qarshilik ko‘rsatilmagan taqdirdagina 
hosil bo‘ladi. Odatda kristall sovuyotgan suyuq metall ichida sodir bo‘la boshlaydi. 
Metall qotgan sari unda o‘sayotgan boshqa kristallar shakllangan kristallarni to‘g‘ri 


shaklini buzib yuboradi, natijada kristallar donlarga o‘xshab qoladi. Demak tashqi 
shakli noto‘g‘ri kristall donlar deb ataladi. Donlar ichida atomlar muayyan tartibda 
joylashganicha qoladi. 
Kristal jismlarning atomlari turli tekisliklarda turlicha zichlikda joylashuviga 
anizatroplik xossa deb aytiladi. Misol bir parcha kristal jismni olib, uni har xil 
tekisliklarda qirqib unga kuch tasir etsak, kuch har xil miqdorda bo‘ladi. 
Kristall jismlar ma’lum bir temperaturada suyuq holatdan qattiq holatga va 
aksincha suyuq holatga o‘tadi. Bu temperaturalarni erish nuqtasi va qotish nuqtasi 
deb aytiladi. Metallarni kristallanish jarayoni ikki etapdan iborat bo‘lib, kristall 
markazlarning hosil bo‘lishi va hosil bo‘lgan markazlar atrofida kristallarni 
o‘sishi.(3-rasm). Kristallarni hosil bo‘lish jarayonini o‘rganish katta amaliy 
ahamiyatga ega, chunki metallarning xossalari donlarni shakliga, joylashishiga va 
kattaligiga bog‘liq. Demak, metallarni suyuq holatdan qattiq holatga o‘tish 
jarayoni, atomlarni to‘g‘ri tartibda joylashishi (kristall panjara hosil qilishi ) dan 
iborat Suyuq metallning qattiq holatiga o‘tish jarayoni birlamchi kristallanish deb 
ataladi. 
3-rasm.Kristallanish jarayonini etaplari . 
Ba’zi bir metall va qotishmalarda kristallanish jarayoni tugagandan keyin ham, 
ularni tuzilishida o‘zgarish davom eatdi. Bu jarayonni ikkilamchi kristallanish deb 
aytiladi. Qattiq holatdagi metall tuzilishida yuz beradigan o‘zgarishlar allotropik 
o‘zgarishlar deb aytiladi. Ikkilamchi kristallanish jarayoni shundan iboratki, 
ma’lum temperaturada metallni kristall panjarasi o‘zgaradi. Bu o‘zgarish vaqtida 
atomlar kayta gruppalanib, yangi kristall panjara hosil qiladi.Ikkilamchi 
kristallanish vaqtida metallni xossalarini o‘zgarishiga sabab shu. Bunday 
o‘zgarishlarni metallarga termik ishlov berish jarayonida kuzatish mumkin. 



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish