1-mavzu: kirish. Rеja: Konstruktsion materiallar texnologiyasining mashinasozlikdagi ahamiyati



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana08.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#536168
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-маъруза



1-MAVZU: KIRISH. 
RЕJA: 
1.
 
Konstruktsion materiallar texnologiyasining mashinasozlikdagi ahamiyati. 
2.
 
Materiallarga ishlov berib turli detal va zagotovkalar tayyorlash. 
3.
 
Metallarning umumiy ta’rifi. 
4.
 
Turli detal va zagotovkalar tayyorlashda qo’yiladigan zamonaviy talablar.
 
Xalq xo‘jaligining taraqqiyotini, rivojlanishini mashinasozlik sanoatini 
rivojlanishisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mashinasozlikni hamda sanoatni asosi 
metalldir. 
Mashinasozlikda eng ko‘p ishlatiladigan asosiy metallar temir va uning 
qotishmalari bo‘lib, qisqacha ularni qora metallar deb yuritiladi (cho‘yan,po‘lat, 
ferro qotishmalar ) Hozirda va kelajakda odamlar xayotini va jamiyatni 
rivojlanishini turli mashina, jihozlar, apparatlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ma’lumki, 
har qanday mashinalarning detallarini po‘lat cho‘yan va boshqa materiallardan 
tayyorlanadi. 
Mashina detallarining ishlash sharoitiga va bajarilgan ish sharoitiga qarab, 
ularga turli talablar qo‘yiladi. 
Masalan: Ba’zi bir detallar cho‘zilishga(balkalar,prujinalar) Ba’zi birlari 
egilishga, Ba’zilari isiqlik sharoitida, ishqalanishga (kesgichlar, tishli g‘ildiraklar) 
ba’zi bir detallar kislota, ishqor,nam sharoitda ishlaydilar. Mashina detallari uchun 
shunday material tanlash kerakki, u pishiq, yengil, orzon va puxta bo‘lishi bilan 
birga talabga javob beradigan bo‘lsin. 
Bunday murakkab injenerlik masalalarini xal qilishda konstruksion 
materiallar texnologiyasi fanini ahamiyati juda katta . Materiallar texnologiyasi 
fani bundan ikki asr muqaddam aloxida fan sifatida vujudga keldi. 
Fanga asos solgan olimlardan Lomonosov M.V, Anosov P.P, Mendeleev D. 
I, Chernov K.K, Bendrass M.A, Marten P, Tomas S va boshqalar fanni 
rivojlantirishda o‘zlarini xissalarini qo‘shganlar. Hozirda respublikamizda xalq 
xo‘jaligini rivojlantirishni asosiy tamoyillari – mashinasozlikda sifat o‘zgarishlar, 
yalpi maxsulot ishlab chiqarishni oshirish, uni sifatini yaxshilash, mexnat 
sharoitini yengilashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va 
avtomatlashtirish, jaxon talablariga javob beradigan avtomatik liniyalarni ishlab 
chiqarishga joriy etish kabi masalalarni xal qilishdan iborat.Metallar texnologiyasi 
fani xalq xo‘jaligida keng ishlatiladigan qora metallar, rangli metallar va ularning 
qotishmalarini rudalardan ajratib olish jarayoni va ulardan ma’lum talablarga javob 


beradigan aniq o‘lchamli turli detallarni tayyorlash jarayonini hamda har turdagi 
konstruksiyalar, zagotovkalarni payvandlash texnologik jarayonini o‘rgatadi. 
Shuning uchun metallar texnologiyasi fani asoslarini kelgusida malakali 
xodimlar bo‘lib yetishuvchi har bir muxandis va texnik tomonidan chuqur 
o‘rganilishi lozim. 
Metallar texnologiyasi fani 7 ta asosiy bo‘limlardan iborat: 
1 . Metallshunoslik. 
2. Metallurgiya . 
3. Quymakorlik. 
4. Metallarni bosim ostida ishlash. 
5. Metallarni payvandlash. 
6. Metallarni kesib ishlash asoslari. 
7. Metallmas konstruksion materiallar. 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish