1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri. Reja


- mavzu. Janubiy Orol hududlari dastlabki o’rta asrlarda



Download 181,33 Kb.
bet3/16
Sana04.07.2022
Hajmi181,33 Kb.
#739181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5436024589106810883

3- mavzu. Janubiy Orol hududlari dastlabki o’rta asrlarda


Reja:
1.Janubiy Orol bo’ylari eftalitlar va turk xoqonligi davrida .
2.Janubiy Orol bo’ylari arablarning bosqinchiligi davrida.
3.Qoraqalpoq davlatchiligi tarixida Kerderlarning o’rni.
Kerder madaniyati.


Adabiyotlar:
1.Археология Приаралья. Выпуск VII. Т. 2008.
2.Есбергенов Х. Қоңырат тарийхый ҳәм мәдений естеликлери Н 1993
3.Камалов С., Қощанов Ә. Қарақалпақстан тарийхы Н. 1993.
4.Камалов С. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан Н.2001.
5.Кдырниязов М-Ш, Ягодин В.Н, Мамбетуллаев М.М, Сагдуллаев А.С, Кдырниязов О-Ш. История цивилизации Хорезма. Н. 2017.
6.Мамбетуллаев М., Туребеков М. Қубла Арал бойы халықлары тарийхынан Н.1997.
7.Мамбетуллаев М., Туребеков М., Юсупов О. Қарақалпақстан тарийхы Н. 2010.
8.Кердер мәденияты ҳәм оның тарийхтағы орны. т. I-II. Республикалық илимий-әмелий конференцияның материаллары Н. 200I
9. Өзбекстан ҳәм Қарақалпақстан халықлары тарийхы бойынша дереклер Н. 1996.
10. Хожаниязов., Юсупов О. Қарақалпақстандағы мухадес орынлар. Н. 1994.

Qoraqalpog’istonıng qadimgi xalqlarınıng turmıshida ishlab chiqarish, ayniqsa qishloq-xo’jaligida jamiyatning azolari yetakchi o’rında bo’ladı. Bu jarayon V-VI asrlarda yer egaligi munosabatlarning shakillanishida va iqtisodiy tarafdan jamiyatning oldinga intilmoq imkoniyatini tug’diradi. Sug’orish sohalari yetishtirilgan. Bu vaziyat mehnatkash dexqonlarning yerlarini yaxshı ishlashiga, ekin maydonlarıni kengaytishiga imkoniyat bergan. Yozma malumotlarnıng bo’lmaganligi sababli eldagi yer egalik munosabatlarning shakillanishining anıq yo’llarin ko’rsatish qıyın, lekin qishloq jamiyatlarning tabaqalanishi bosh o’rınnı egallagan. Jamiyatda ijtimoiy tarafdan tabaqaga bo’linish kelib chiqishi asosida avvalgi qishloq qabilalarining inqirozi natijasida ularning bir bo’limi qaram fuqorolar, ya’nı kadivarlar qatlamıga aylandı. Ikkinchi tarafdan ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi bilan yirik yer egalari dexqon, ya’nı yirik yer egalari vakillari paydo bo’ladı.Yer egalik tuzimida dexqonchilik xalqlarıda yerlarni ijaraga berish xalqning ko’pchilik bo’limini qaram etishning oddiy yo’llarinıng biri edi.


VII-VIII asrlarda dexqonchilik elatları katta kanallarinıng tarmoqlari bo’lıb joylashgan. Dehqon ya’nı yirik yer egasi vakillarining hovlilari kanal bo’ylariga yaqin joylashib, sug’orish sohalarini nazorat qilib o’tırgan. Hovlilarning bunday joylashishi jamiyatta qishloq qabilalarining ijtimoiy-iqtisodiy qatlamlarga bo’linganligini va ularning ishidan yirik yerlarga ega bo’lgan dexqon – yirik yer egasining bo’linib chiqqanlıgıdan manba beradi. Xorazmda jamiyatning asosini erkin yakka xojalıqlar tutgan.
V asrning o’rtalarıdan boshlab O’rta Osiyodagi siyosiy turmushi yana hukmronlik eftalitlarning qo’liga o’tgan. Ularning kelib chiqishi bo’yicha ilmda anıqlangan fikr yoq. S.P.Tolstovnıng fikricha, eftalitlar IV-V asrlarda Amudaryo va Sırdaryo bo’yıda yashagan sak-massaget qabilalari avlodlarınıng gunn-turklar bilan aralashıvudan kelib chiqqan. Eftalitlar Xorazm bilan munosabatda bo’lıb turgan. Eftalitlar davlati turklar tarafidan VI- asrning o’rtalarıda qulatılgan.
VI-asrning o’rtalarıda Oltoy dalalarıdagı turkiy qabilalar birlashib «buyuk turk xoqonligi» degan kuchli davlatga asos solınadı. ilk o’rta asrlarda «turk» so’zi etnik ma’noga ega bo’lmagan. U har turli turkiy qabilalarning siyosiy birlashmasin anglatadigan birikma manosiga ega bo’lgan. Afsonalarga qoraganda «turk» so’zi Oltoy tog’larınıng eng qadimgi nomidan kelib chiqqan. «Turk» ataması kuchli degan manoni anglatadı. VI- asrda xoqonlik boshlarida tug'ishgan Tuman xoqon va Istemi turgan. Turk hukimdorları o’zlarin xoqon, turkcha qog’on deb atalgan. Ular O’rta Osiyo yerlarin ham o’zlariga bo’ysundiradi. 582-603-yillardagı o’zaro urushlardan soʻng 603-yili xoqonlik ikkiga, Sharq va g’arb xoqonlıgiga bo’linadi. O’rta Osiyo g’arb xoqonlıkning tarkibida bo’ladı. VII-asrning boshlarida g’arb turk xoqon nomi siyosiy va iqtisodiy tarafdan bir qancha rivojlanadı. Turklar avvaldan shu yerdagi dexqonchilik bilan shug’ıllanuvchı xalqlarga aralashib boshlaydi. Bu davrdagi shaharlardagı hunarmandshlikning rivojlanishı savdo munosabatınıng rivojlanishiga olib keladi. Janubiy Orolbo’yı shaharları Qıyat, Xiywa, Xazarasp karvon yollari orqalı Marı-Buxoro-Sam Shimoliy -Shash-Isfidjan (Sayram) va Sharq Turkiston shaharları bilan munosabat o’rnatadi. Turklar mol chorvachiligi, ovchilik, hunarmandchilik, savdo bilan mashg’ul bo’lgan. VI-VII asrlarda turk yozishmaları va tili keng tarqaladi. Orol atrofidagi xalqlarnıng turklar bilan aralashuvı, bu yerdagi xalqlarnıng shakllanishida, tilining turklashishiga, antropologik tarafdan mongollashıshıga sababchi bo’lgan.
Buyuk Turk yutlar davlati 100 yil davomıda dunyo arenasıda eng kuchli, birlashgan, harbiy ishlarga makam, qurollangan armiyaga ega davlat sıfatıda tanıladı. Bu davlat Baykaldan Karpat tog’lariga qadar oralıqda egallab, dunyonı tang qoldıradıgan katta kuchga aylanadı. Bu davlat qırg’ızlar, poloves (qıpchoqlar), o’g’uzlar – togız og’uz, turkmenlar, uyg’ır v.h. qabilalarni o’z ichiga oladi. Oltoy, xakas, tuva, yakutlar ham kiradi. Turklar yettisuv, Chuy dalası, Vuganıng quyidagi ellarini, Kuban, Irtıshnıng buyuk bo’ylarıni, Amudaryo bo’ylarıni, Kavkaznıng Shimoliy bo’lagini, Sogdiana, Buxoro, Xorazm, Orol bo’ylarıni egallab turgan.
VII-asrning o’rtalarıda O’rta Osiyoda arablar paydo bo’lgan vaqtda Xorazm bir qator kichik yer mustaqil egaliklarga bo’lingan edi. Bu bosqinchilar uchun qulay payt edi. Lekin arablarning O’rta Osiyoga hujumınıng dastlabki davri, mahalliy hukmdorlarnıng kuch-qudratini sınab ko’rish, harbiy , iqtisodiy, siyosiy joylashishini nazorat maqsadida ham bo’ladı. Shu sababdan ham 649-yilgı al-Axnaf boshchiligidagi arablarning Xorazmning poytaxti Qıyatqa hujimı natijasiz tamomlanadi. Lekin bundan keyingi Xuroson hokimi Uboydulla Ibn Ziyod boshchiligidagi hujumdan keyin, Xorazmilardan 400000 dirxam to’lashni talab etadi. Al Xorazmdagi Xurzad boshchiligidagi qozg’olon, arablarning Xorazmni bosib olıshiga imkoniyat yaratib beradi. 710-712 yili Xorazmshox Chag’on arab askar boshisi Qutayba bilan tınchlık sulhini tuzib, arablarga 10.000 qoramol ko’lamida bojı tolaydi. Shu asosida Xorazm o’z mustaqilligin yoqotıb arablarning hukmronligi o’rnatiladi. Qutayba Xorazmga noyib qilib Chag’ondı tayyorlaydı. Lekkin Qutayba ketishi bilan, Xorazm xalqı sotqin Chagandı hokimiyattan oladi. Bunga javob tariqasida Kuteyba o’z ukasi Abdallaqtı ko’p askar bilan Xorazmga yuboradi. U Xorazmga kelib qo’zg’olonchilarni qattiq jazolaydi.
Arablar bosib olgan viloyotlarining fuqarolariga islom dinini tarqatish siyosatin olib bordı. Natijada, Janubiy Orol bo’yı xalqları islom dinini qabul qilgan. Shunday qilib dexqonchilik mahsulotning bir bo’lagini oladigan yer solig’i (xiroj) va islomnı qabul qilmagan odamlar uchun jon solig’i (jizya) ornatıladı. Shunday qilib hukmronlikga qarshi 728-yili Kerder yerida arablarga qarshi qo’zg’olon kelib chiqqan. Qo’zg’olonni turk qabilalari ham quvvatlab va yordam bergan. Keyingi Vaqt yana tarixchı olimlarning tadqiqoti bo’yicha VII-VIII asrlarga tegishli Kuyik qal’adagı o’rnatib yongan kul, temir quduqlariga qaraganda Kuyik shaharda arablarning bosqinchilik urushiga qarshi qo’zg’olonning markazı bo’lgan bo’lıshı kerak deb ko’rsatadi. VIII asrning oxiridagina Orol bo’ylarıda vaziyat biroz yaxshılanıb, mahalliy xalq islom dinini qabul etadi.
VI-VIII asrlarda Qoraqalpog’istonnıng hozirgi hududinıng bir bo’lagi mahalliy sulola tarafidan tuzilgan va X asrga qadar hukimronlik qilgan Afrigidlar davlatiga qarashlı bo’lgan. Bu davlat o’z atamasıga asos qurgan Afrig’nıng nomi bilan bog’liq.
Afrigidlar davlati O’rta Osiyoda yerga egalik munosabatlarning yuzaga kelishi, qudratli Kushon imperiyasınıng qulashi va inqirozi, Eftalitlarning, turklarning, eng soʻngıda arablarning hukmronligi ornatilgandan soʻng hukmronlik almashib turgan tinimsiz davrda umr surdi. Afrigidlar madaniy nomi mahalliy xalqqa Xorazm atroflarida ko’chmanchi qabilalarning aralashuvi natijasida shakllanadi. IV-V asrlarda o’z oldiga qorg’onli makonlar paydo bo’ladı. Bu qishloq jamiyatlarning tabaqalanishidan darak beradi. Shu davrdagi Xorazmning o’zini qurshagan qabilalar bilan o’zaro munosabatlarini bildiradigan tarixıy yodgorliklarga Boraq tam (IV-V) makoni kiradi. Boraqtam makoni Qoraqalpog’istonnıng Taxtako’pir tumanida joylashgan. Boraqtam va uning atrofidagi yodgorliklar, Orolnıng Sharq tarafida ko’chmanchi va yarım ko’chmanchi qabilalar tarafidan solingan. Beruniy shahrınıng yonidagi kichik Sim- Ota va katta Sim-Ota qo’rg’on Afrigidlar zamonıdagı Xorazmning poytaxti bo’lgan Qıyat shahrınıng atrofidagi qishloqlar bo’lgan. O’rta asrda Qıyat shaharınıng maydoni 500 gektardan kam bo’lmagan, u uch bo’limdan turıb, hozirgi Beruniy shaharınıng janubiy g’arbida, Amiwdaryoga yaqin joylashgan. Shaharda katta masjid, madrasa, minamarta, karvon Saroy, katta bazor, turmaxona bo’lgan. 700 yil davomıda o’rta asrdagi Xorazmning poytaxti bo’lgan Qıyat qalasın 994- yili Amudaryonıng degishi olib suvga ketkan. X-asrning oxirida ko’lami 45 gektar bo’lgan Kat qayta tiklanadi. 995-yilga qadar janubiy Xorazmning markazı bo’ladı. Afrigidlar zamonında Xorazmda katta shaharlar ko’p bumagan. Ko’pshilik vaziyatlarda shu davrdagi qo’rg’onlar shaharlarga aylangan.
Qoraqalpog’iston tarixıda Kerder madaniyatınıng o’rni katta. Lekin Kerderlilarning kelib chiqishi haqida yetarli malumotlar kam. Tadqiqotlarning asosida Kerder madaniy nomi ikki davrga bo’linadi. Birinchisiga VII-asrning oxiri VIII asrning o’rtaları yotadı. Bu davrning yodgarliklariga Tokqala, Gawirqala, Kuyikqala, Qırıq jigitshahar, Qırantog’, Hayvonshahar, Qo’rg’onsha, Bagdadlar kiradi. ikkinchi davrga esa VIII-asrning oxiri -XI asrning birinchi yarımın o’z ishiga olinadi. Bu davrdagi yodgarliklarga Darsan (Tokqala), Kerder (Hayvonshahar), Mizdakxonnıng yuksak madaniy qatlamları, Vardarag (Qırantog’) Darıshahar Kokcha qalaları kiradi. Kerderlerning birinchi davridagi moddiy madaniyatıda Sırdaryo bo’yidagi, Shash oazisindagi va Qarotog’ yodgorligidagi turk qabilalarining madaniyatıga o’xshash bo’lıb hisolanadi. ikkinchi davrda esa Xorazmlarning madaniyatınıng ta’siri bor. Kerdber viloyoti xalqları Sharqiy Iran tillariga manva Xorazm va turk tillarida so’zlashgan. Kerderliler VIII-asrlardan bo’shlab o’g’uzlarga, XI-XII-asrlarda qıpchoqlarga aralashadı. Kerderlarning xo’jaliginıng bosh sohasida dexqonchilik, chorvachilik, balıqchılık, hunarmandchilik va savdo bilan mashg’ul bo’lgan. O’rta asrlarda Kerder shaharları orqalı o’tgan savdo yo’li shaharlarning o’sishiga vaziyat yaratdi. Shahar xalqı faqat xo’jalık buyumlarıni ishlab chiqarib gina qo’ymasdan, atrofidagi elatlar va ko’chmanchi qabilalar bilan iqtisodiy va madaniy munosabatta bo’lgan. Xorazmning Urganch va Qıyat shaharlarıdan chiqqan guzor karvon yollari Mizdaxkan, Darsan, Kerder, Kuyikqala, Qo’rg’oncha orqalı, Orolnıng Sharq bo’ylari bilan Sırdaryonı bo’ylab o’tkan «Buyuk ipak yo’li»ga tutashgan. Natijada Kerder viloyoti Farg’ona, Buxoro, Taraz, Otrar bilan savdo munosabatında bo’lgan. Mizdaxkandan Tan imperiyası davridagi Qıtay tanga pulınıng topilishi, chet ellerdan kelgan tog’ xrustalıdan ishlangan munchoqlarnıng uchrashi Kerder shaharlarınıng xalqaro savdo munosabatda bo’lganın dalillaydi. VII-VIII asrlarda yozish, tarix, adabiyot, astronomiya, matematika va arxitekturalık qurılıshlar rivojlanadı. Xorazm madaniyatınıng yaxshı rivojlanganini Burkit shahardan, Tesik shaharlardan topilgan dexqon-aristokrat muhrlari va Xorazm hokimlarining tangalari to’lıqtıradı. ilk o’rta asrlarga shartli eski Xorazm yozuvları Tokqala, Mizdaxkan, Jekke Parsan va Qumbıztepa yodgorliklaridan topildi. Qabristonlıklardan topilgan odam suyagini solib dafn qilingan qutıchalarda (assuariylarda) qadimgi Xorazm tilida tush bilan yozilgan 100 dan ortiq, Qumbız tepadan, Jekke Parsandan topilgan kulol idishlarnıng chetıga yozilgan va afrigid tangaliridagi yozuvlar malumot beradi. Bu yozuvlar Orol bo’yı xalqlarınıng yil sanashı v.h. haqida malumot beradi. Lekkin Arablarning bosqinchiligı O’rta Osiyo xalqlarınıng iqtisodiyatiga va madaniyatıga o’rni to’lmas darajada zarar keltiradi. Eski Xorazm yozuvini bilgan savodli odamlar, olimlar yo’q etilib, darsliklar bilan ilmiy kitoblar, adabiyotlar bilan shajarasin yondirob yubordi.
Keyingi vaqt yana tadqiqotlarning natijasida M.Mambetullaev boshchiligidagi Kerder shaharıda X-XI asrlarga tegishli hammomning o’rni topildi. «Monsha» joyınıng devori va pulları pishgan g’ishdan qalanib ishlangan va u o’choq orqalı qızgan. Turar joylar o’zaro pishgan g’ishdan to’shalgan oyaq yollar bilan bog’langan. Bundan mıng yil burun, Qoraqalpoqlarnıng ota-boboları bo’lgan Kerderlilar o’z shahrınıng tozalıgın shunday ushlagan.
Kerderlarning VII-XI asrlardagi kulol idishlari, Jeti suv, Shosh, Xorazm hunarmanchilarining kulol idishlariga ham juda o’xshash. IX-asrdan boshlab hunarmandlari kulol idishlarnı ishlashning yiltır (glazur) etib sırlash usulin o’ylab topadi. Natijada keramikanıng soni va sifati ortadı.
Kerder shahar xalqı kulolchılıkdan boshqa temirchilik, zargarchilik, to’qımachılık va shisha ishlash hunarmandchligi bilan mashg’ul bo’lgan.
Kerderlar islom dinini qabul etguncha, ularga qo’shni Xorazmlilarning aralashuvi bilan ulardan Zoroastrizm dinini qabul etkan. Lekin o’zlarining avvaldan osmon «tangrisiga» olovga, Umay onaga, hayvonlarnıng «karamotıga», ota bobolarınıng ruxıga sig’inish davom etkan. Kerderlilarning bosh bayramlarınıng biri yangi yil Nawro’z bo’lgan. Yangi yilnıng kelishi bilan Janubiy Orol bo’ylarıda qo’chqor urushtırısh, bellaship kurashib, arqon tortısh , ot choptırısh, ıloq oyınlarıni, xo’roz urushtırısh o’yınları avval Gretsiyada o’tkazilgan Olimpiya oyınlarıga va qadimgi Rimdagi gladiatrlarnıng urushlarıga o’xshab ketgan. Shuning uchun IX-X asrlarda Janubiy Orol bo’yı shahar xalqlarınıng orasida shaxmat o’yını keng tarqalgan.



Download 181,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish