12-mavzu. Qoraqalpog‘iston ikkinchi jahon urushi yillarida
REJASI:
1. Ikkinchi jahon urushning boshlanishi. Qoraqalpog‘iston xalqining urush yillaridagi insoniylik harakatlari.
2. Qoraqalpog‘iston xalq xo’jalig‘i urush yillarida.
3. Qoraqalpog‘istonlik jangchilarning frontdagi jasarotlari.
Аdabiyotlar:
1. Өзбекстан Республикасы Президенти Шавкат Мирзиёевтиң Уллы жеңистиң 75 жыллығы және еслеў ҳәм қәдирлеў күнине бағышланған салтанатлы мәресимдеги шығып сөйлеген сөзи// «Еркин Қарақалпақстан» 12-май 2020-жыл.
2.Бабашев Ш. Қарақалпақстанлы жаўынгерлердиң қаҳарманлықлары мәңги жасайды Н 2011
3.Бабашев Ш. Уллы жеңистиң дереги-руўх. Н.1997.
4.Елмуратов Ы., Муратова П. Уллы Ўатандарлық урыстың Қарақалпақстандағы естеликлери. Н. 1996.
5.Қощанов Б.А., Елмуратов А. Ы.Уллы ўатандарлық урыс жыллары Қарақалпақстанда халық денсаўлығын сақлаў хызметиниң тарийхынан. Н. 1996.
6.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы. Н. 2003.
7.Сарыбаев К. История орошения Каракалпакстана. Н. 1995.
1941 yil 22 - iyunda gitlershilar Germaniyaci uzaro xujum qilmacliq haqidagi shartnoma bo’lishiga qaramay tucatdan xujim qildilar. Sovet Ittifoqi deb atalmish xududga birlashtirilgan xalqlar ushun og‘ir cinovlardan iborat urush boshlandi. Urush butun mamlaqat xo’jaligi, uning xayotini tubdan uzgartirib yubordi. 1941 yili Davlat Mudofaa Qumitacining tuzilishi bilan mamlakatdagi butun hokimiyat uning qo’liga o’tdi. Ushbu qo’mitaning rayci Stalin 8-avgucttan SSSR Qurolli kushlari Bosh Qo’mondani lavozimini egalladi. Urushning dactlabki kunlarida qabo’l qilingan maxcuc qarorlar, ko’rcatmalarda mamlakatning katta xavf octida qolganligi, uni ximoya qilish ushun shoshilinish ravishda barsha ixticodiy manaviy kushlarni mudofaa manfaatlariga buycundirish, xalq xo’jaligini harbiy izga colish lozimligi qayd etildi.
O’zbekicton iqticodiyoti ham xarbiy vaziyatdan kelib shiqib zudlik bilan front manfaatlariga buycundirildi.Fron orqaci rayonlari qatori O’zbekictonga juda katta ahamiyat berildi. Nemic qo’shinlari shiddat bilan Sharqqa tamon harakat qilmoqda edi. Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan aholi, canoat korxonalari,uquv yurtlari va boshqa moddiy boyliklarni Sharqqa ko’shirish boshlandi. Chunonshi O’rto Ociyo va Qozog‘icton recpublikalariga evakuasiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortigi O’zbekictonga (Lentekctilmash, Rocselmash, Mockva «Podemnik» va boshqal’ar) joylashtirildi. Keltirilgan korxonalarni nihoyatda qicqa muddatlarda ishga tushirishga erishildi. 1941 yilning oxirigasha shunday korxonalardan 50 taci ishga tushirildi. 1942 yilning birinshi yarmida eca barsha canoat korxonalari to’liq quvvatda ishlab mudofaa ushun mahculot shiqara boshladi.
O’rto Ociyo va Qozog‘icton recpublikalari aholici va moddiy recurclarini cafarbar qilishga va jangovar xolga keltirish ushun jiddiy tadbirlar qurildi. O’rto Ociyo xarbiy okrugida front ushun jangovar izofalar va komandirlar tayorlandi. 1941 yilning noyabridan 1942 yilning martigasha O’zbekictonda 14 milliy brigada, jumladan 9 aloxida uqshi brigada va 5 (otlik) diviziya tuzildi.
Ikkinchi Jahon Urushi Qoraqalpog‘iston xalqlari uchun ham qayg‘uli tarix sahifalari bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston o‘g‘lonlari fashistlar agressiyasiga qarshi bevosita kurashga qatnashdilar.
Urushning dastlabki yillarida Qoraqalpog‘iston hukumati frontga 1700 xizmatkor va 13 mingdan ortiq yoshlarni jo‘natdi. Shuningdek 4872 dona ot, 419 avtomashina va boshqal’ar yetkazib berildi.
Qoraqalpog‘iston urushning daslabki davidan boshlab mahalliy sanoat karxonalarini qayta qurishga paxtani, baliqni, go’sh, pilla va don mahsulotlarini yetishtirishge muhim ahamiyat berildi. Baliqshilik sanoaatini rivojlantirish, uning mahsulotlarini qayta ishlab chiqarish va baliq ovlash hammaning diqqat markazida bo’ldi. Qishloq xo’jaligida 1941-yili urush boshlanishidan qatiy ish tartibi belgilandi. Kolxozlarda enrg oz mehnat kun oldingidan 0,5 hissa ko’paydi va yosh bolalar uchun 12 yoshtan boshlab kolxozda mehnat qilish tartibi belgilandi.
Respublikamizning paxtakorlari ham katta yo’tuqlarga erishdi. 1941- yilning 28- oktabr kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi 95,5 ming tonna va oldingi yilga nisbatan 25 ming tonna paxta ortiq topshirdi. G‘allakorlarimiz 56 ming tonna don yetishtirdi. Pilla, qora mal va mollardan olinadigan mahsulotlar topshirish plani ham muvafaqmyatli bajarildi.
Urush yillarida Qoraqalpog‘iston davlatga 285 ming tonna paxta xomashyosi, 764 ming pilla, 1050 pud guruch, 15,2 ming tonna go‘sht, 571 tonna yog‘, 609 tonna jun, Mo‘ynoq tumani baliqchilari 622,3 ming sentner tuzlangan, quritilgan va dudlangan baliq topshirgan.
Avtonom respublikada shuningdek, 3900 ga yaqin evakuatsiya qilingan fuqarolar joylashtirildi. Ulardan 1400dan ko‘prog‘i kolxozlarda ishga qabo’l qilindi, 900dan ortiq fuqarolar korxona va muassasalarga ishga joylashdi. Xalq ulardan yordamini ayamadi, ota-onalaridan judo bo‘lgan bolalarni o‘z tarbiyasiga oldilar. Kolxozlar tomonidan bolalar o‘ylari jihozlandi.
Urush yillarida Qoraqalpog‘iston mehnatkashlari mudofaa fondiga 517,7 ming rubl naqd pul va davlat zayomlari, obligatsiyalariga 4863 ming rubl mablag‘ o‘tkazishdi. Jangchilar uchun 64,4 ming dona issiq kiyim, 23,7 ming qo‘y terisi, 25,5 tonna jun yig‘ib berishdi. Frontga 4935 tonna don, 228,6 tonna go‘sht, 5,6 tonna boshqa turdagi oziq-ovqatlar jo‘natildi.
Urush yillari birqansha Qoraqalpog‘istonliklar boshqa shaxarlarga yuborildi. Unda ular front ushun ish ishladi. Ular Sverdlov, Qarag‘anda shaxtalarinda, Orenburg, Gorkiy, Moskva va boshqa sanoat markazlarida o’z vazifalarini bajardi. Misol, Perm oblastining Kizlovskiy shaxta konida Qoraqalpog‘istonnan 1000 odam ishladi. Shuningdek Sverdlov oblastining Lukovskiy GRES ining qurulishida, Chelyabinsk ko’mir konida, Gubaki shaxri shaxta va zavodlarida 1648 qoraqalpoqlar mardanovor mehnat qildi. 1943- yili Bekobod metallurgiya kombinati qurulishida Qoraqalpog‘istonnan 400 odam ishladi.
1941-1943- yillar 377 muallim tayorlandi. Shuning bilan muallimlar tayorlaydigan 6 oylik kursta 400 odam bitirdi. Maktab o’quvchilari urush yillarida frontg yordam fondlarini tashkillashtirib va xasharlarga qatnashdi. Oliy malakali pedagog kadrlarni tayorlash maqsadida 1944-yili Qoraqalpog‘iston muallimlar instituti pedagogik institut bo’lib ochildi. Urush yillarida bu yerda, Qoraqalpog‘istonga ko’shirib olib kelingan olimlar professor G.D.Petrov, M.V.Porodokov, dotsentlar S.A.Fisher va N.D.Shepkin talabalarga talim- tarbiya berdi. Shuningdek 240 o’rinlik sirtqi o’quv bo’limi ochildi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston frontga 61,5 ming kishi jo‘natilgan va ulardan 34 ming kishi jangda halok bo‘lishgan yoki bedarak yo‘qolgan, 20 mingdan ortiq respublikamiz jangchilari ko‘rsatgan jasoratlari uchun turli xil orden va medallar bilan taqdirlangan 20 jangchi Ittifoq qaxramoni, 6 kishi «Shuxrat» ordenining uchta darajasi sohiblari bo‘ldi. Harbiy mudofaa uchun 25 mingdan ortiq kishi safarbar qilindi, shundan 20 mingga yaqin kishining taqdiri hozirga qadar noma’lumligicha qolib kelmoqda. Frontga va harbiy ishlab chiqarish markazlariga jalb qilingan Qoraqalpog‘istonlik fuqarolarning umumiy soni 86 ming kishidan ortiq bo‘lib, ulardan 54 mingdan ortig‘iga uyiga qaytish nasib qilmagan. Bu har bir raqam ortida o‘zining jangovar jasoratlari va fidokorona mehnati bilan g‘alabani yaqinlashtirgan insonlar taqdiri turadi.
1929-yili 1-fevralda barcha tumanlarga OGPU xodimlari maxsus topshiriqlar bilan jo’natildi. Ularga QQAO hududlarida Sovet hukimatiga qarshi harakat qiluvchi guruhlarni topib, yer-suv islohatigacha (kollektivlashtirish) boshqa hududlarga ko’chirish 1929-yilning 1-iyunigacha yakunlanishi topshirik sifatida berildi.
OGPU xodimlari faqat Chimboy, To’rkul tumanlaridagi barcha 5949 xo’jalikdan 516 xo’jalikni (8,6%), Xo’jaylidan 101 xo’jalikni boshq aerlarga surgun uchun ruyhatga olgan. 1929-yil aprel-may oylarida Tamdi tumanidan 40 xo’jalik boshliqlarining mol-mulklarini konfiskatsiyalash bilan o’zlarini qamoqga oldi.
1930-yil 2-9-mart kunlari Qoraqalpog‘iston OGPU i tamonidan 860 xo’jalikni boshqa yerlarga ko’chirish, ulardan 294 xo’jalikni tugatish uchun ruyhatga olgan. Natiyjada 1931-yilning mart oyigacha To’rtkul va Qipchoq tumanlaridan 500 o’rtasha, 180 kambag‘al xo’jalik, Chimboy tumanidan 460 xo’jalik, Tamdi tumanidan 1988 xo’jalik, 50 ming moli bilan O’zbekiston, Qozoqston va Turkmanston Respublikalari hududlariga ko’chib ketgan.
Yakka shaxsga sig‘inishning oqibati, ma’muriy boshqaruv tizimining mustahkamlanishi bilan Markazda va ittifoqlik respublikalarda, shundan Qoraqalpog‘istonda qatog‘onlik harakat 1920-yillardan boshlangan edi. 1930-yillarga kelib u ommaviy xususiyatga aylandi. Davlat v partiya xodimlaridan boshlab oddiy fuqoralar, uloma va marifatfarvarlar hәm qatog‘onlikga ushradi. Avtonom respublikamizning 20 mingdan ortiq insonlari, shundan 1930-yillrda10 mingdan ortiq pok vijdonli el azamatlari gunohsiz jazolanib qamoqga olindi. Ular orasida A. Dosnazarov, Q. Avezov, K. NurmaxamedovM. Ibniaminov, K. Sadullaev, I. Bekimbetov, O. Yermanov, B. Seytrasuliev, S. Majitov singari ulug‘ insonlari bor edi.
Stalin repressiya siyosati san’at va adabiyot sohasida ko‘plab insonlarning taqdiriga zomin bo‘ldi. Sayfulg‘abit Majitov o‘zining «O‘qishga kel», «Yangi kanal», «Qizketken» she’riy asarlari, «Ernazar Olako‘z», «Bag‘dagul» pesalari va boshqa hikoya va ocherklari bilan qoraqalpoq adabiyoti tarixida katta rol o‘ynadi, ammo 1937 y. Xalq dushmani sifatida repressiya qilindi. Huddi shunday taqdir mashhur yozuvchi va davlat arbobi Qosim Avezov (1879-1938)ni ham chetlab o‘tmadi. Uning «Orzo‘ yo‘lida», «Qazuv» asarlari keng jamoatchilikka maqul kelganiga qaramay, partiyaning yetakchi roli ochib berilmaganlikda ayblandi, oxir oqibat u ham xalq dushmani yorlig‘i bilan repressiya qurboniga aylandi. Umuman olganda XX asr o‘rtalariga qadar milliylik mavzusida qal’am tebratgan ko‘plab madaniyat, san’at va adabiyot vakillari «millatchilik»da ayblanib kimdir quvg‘inga uchradi, kimdir otish jazolariga hukm qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |