3. Xavfsizlikni ta'minlash choralari.
Xavfsizlikni ta’minlash uslublari. Xavfsizlikni ta’minlovchi uslublarni o‘rganishdan oldin ishchi zona va xavf zonasi kabi iboralarga tushuncha beramiz. Mehnat jarayoni davrida ishchi turadigan yoki harakat qiladigan joy, ishchi zona gomosfera deb yuritiladi.
Doimiy yoki davriy ravishda xavf sodir bo‘ladigan zona-noksosfera deb yuritiladi.
Mehnat jarayoni davrida xavfsizlikni ta’minlash uslublarini quyidagi 3 turga ajratish mumkin:
Gomosfera va noksosferani fazoviy va (yoki) vaqt bo‘yicha ajratishga asoslangan uslub. Bu asosan distansion boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish va boshqa tashkiliy tadbirlar orqali, amalga oshiriladi.
Xavfni bartaraf etish orqali noksosferani me’yorlashtirish uslubi. Bunga insonni shovqin, gazlar, changlar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlar
majmui va jamoa himoya vositalari kiradi.
Ma’lum muhitda insonni himoyalash darajasini oshirishga qaratilgan usullar va vositalar majmui. Bu uslub ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha o‘qitish, ShHVdan foydalanish, psixologik ta’sir etish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar - bu xavfsizlik tamoyillari va uslublarini amalga oshirishdagi konstruktiv, tashkiliy namda material mujassamlikdir.
Tamoyillar, uslub va vosita - bu xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy bosqichdir. Ularni tanlash faoliyatning aniq shart- sharoitlariga, xavf darajasiga, iqtisodiy ko‘rsatkichlarga va shu kabi bir qancha mezonlarga bog‘liq bo‘ladi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi vositalar jamoa himoya vositalari (JHV) va shaxsiy himoya vositalariga (ShHV) bo‘linadi. 0'z o‘rnida JHV va ShHVlar ham xavfning xususiyati, amalga oshish tartibi, ishlatilish sohasi va shu kabi ko‘rsatkichlarga bog‘liq holda bir necha guruhlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta’minlash asosan quyidagi tadbirlar yordamida amalga oshiriladi:
texnikalarni xavfsizlik talablari asosida loyihalash va tayyorlash;
xavfdan himoyalanishning muhandis-texnik vositalaridan foydalanish;
xavfsiz texnologik jarayonlarni tatbiq etish;
ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha malakali o‘qitish;
xavfsiz ish joyi va ish sharoitini tashkillashtirish.
Yuqorida ta’kidlangan tadbirlar amalda birgalikda
qo‘llanilgandagina ijobiy natijalarga to‘liqroq erishiladi. Vaholanki, ushbu tadbirlarni ishlab chiqish, birinchi navbatda xavfning turini, uning kelib chiqish sabablarini o‘rganishni talab etadi
Xavfning turi va kelib chiqish sabablariga bog‘liq holda xavfli faktorlardan himoyalanish usullari ikki xil: faol va passiv turlarga bo'linadi.
Faol himoya xavfli faktorlarni hosil bo‘lishini yoki uning ta’sir darajasini kamaytirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Passiv himoya xavfli faktorlarni insonga ta’sirini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat bo‘lib, u ishni tashkil etish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalardan foydalanish yo‘llari orqali amalga oshiriladi.
Xavfsizlikni ta’minlovchi texnik vositalar jumlasiga to‘siqlar, saqlash qurilmalari, blokirovkalash moslamalari, signalizatsiya, masofadan boshqarish jihozlari va tormoz qurilmalari kiradi.
2 - ilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |