Yurak faoliyatining to‘xtashi. Yurak faoliyatining to‘xtashiga yo‘l qo‘ymaslik uchun sun’iy nafas oldirish bilan birga yurakni tashqi yopiq massaj qilish zarur. Shikastlangan kishi qattiq o‘ringa (pol, stol, kushetka)ga chalqancha yotqiziladi. Chap qo‘l kafti pasti qovurg‘alar uchrashgan nuqtadan ikki enlik, o‘ng qo‘l kafti birinchisining ustiga perpendikular holda qo‘yiladi, qo‘llar tirsak bo‘g‘imlarida yozilgan bo‘lishi kerak. Yordam beruvchi bor kuchi bilan ko‘krak qafasini ezadi. Bu harakat minutiga 50-60 martadan qilinadi. To‘sh suyagini bosilganda u 3-4 sm ga umurtqa
pog‘onasi tomon eziladi. Bunda yurak qisiladi va qonni arteriyalarga haydaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |